Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
64.3K subscribers
27.8K photos
2.62K videos
91 files
8.98K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
🔔Surxondaryoda psixologlar forumi bo'lib o'tdi

➡️Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan “Maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi ijtimoiy-psixologik xizmat va kasb-hunarga yo‘naltirishda innovatsion yondashuv” mavzusida bugun Jarqo'rg'on tumanidagi 66-umumta'lim maktabida psixologlar forumi bo'lib o'tdi.

ℹ️Unda maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari psixologlari uchun sohaga doir taqdimotlar qilindi. Tizimda kelgusida amalga oshiriladigan istiqbolli vazifalar belgilandi.

✔️Forum davomida sohada faollik ko'rsatib kelayotgan bir guruh psixologlar munosib rag'batlantirildi.

#Psixologlarforumi #taqdimotlar

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Hududlarga tashrif: maktablarda qurilish ishlari yakunlari bilan tanishildi

🖥Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Xusniddin Mamadiyev hududlarga tashrifi davomida maktablarning yangi o'quv yiliga tayyorgarligini o'rgandi.

➡️Xususan, Termiz shahridagi 20-sonli, Sherobod tumanidagi
15-sonli, Boysun tumanidagi 47-sonli, Bandixon tumanidagi
3-sonli hamda Qiziriq tumanidagi 30-sonli
umumta'lim maktablarida olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlari yakuni bilan tanishildi. Bino, sinfxonalar ta'mirida sifatga alohida e'tibor qaratilib, yangi o'quv yiliga puxta hozirlik ko'rish, mavjud kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish bo'yicha mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berildi.

ℹ️Ma'lumot uchun, viloyatda joriy yilda investitsiya dasturi bo'yicha
7 ta maktabda mukammal ta'mirlash, shuningdek, 48 ta maktabda kapital rekonstruksiya, qurilish-ta’mirlash ishlari bajarildi va 3 ta yangi maktab qurilyapti.

#Hududlar #organish #yangioquvyili

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM