Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
55.1K subscribers
28.2K photos
2.68K videos
91 files
9.12K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov investitsiya dasturi va “Tashabbusli budjet” loyihalarining ijrosi, infratuzilmani yaxshilash hamda ijtimoiy soha obyektlarining qurilishi bilan tanishish maqsadida Qumqo‘rg‘on va Sho‘rchi tumanlariga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Uyas mahallasi hududidan o‘tuvchi 4K-595 avtomobil yo‘lini asfaltlash, 9-sonli maktabning 840 o‘rinli o‘quv binosini ta’mirlash, 22-sonli maktabning 330 o‘rinli, 3-sonli maktabning 990 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binolari va yangi 330 o‘rinli maktab qurilishi hamda “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida Baxshtepa mahallasi ichki ko‘chalarini astfaltlash ishlari bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2198

#Surxondaryo #Qumqurgon #Shurchi #qurilish #maktab #asfaltlash #infratuzilma #muhokama

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Termiz tumanidagi 16-sonli ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan maktab o‘qituvchilarini majburiy mehnatga jalb qilish holati, deb aytilayotgan xabar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz:

Mazkur holat mas'ullar tomonidan manzilga chiqib o'rganildi. Aniqlanishicha, Termiz tumanidagi 16-АFCHO'M direktori ishchi xodimlarning xizmat vazifalariga kirmaydigan ishlarni bajartirganligi sababli qonun hujjatlari buzilishiga sababchi boʼlgan va mazkur holatda Oʼzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksning 49-moddasi 1-qismi buzilgan.

Yuqoridagi qonun hujjatlaridan kelib chiqib, Termiz tumanidagi
16-АFCHO'M direktoriga Oʼzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksning 49-moddasi 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining oʼn baravari miqdorida maʼmuriy jarima jazosi tayinlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
🔔"Boshqarma boshlig‘i kubogi" uchun ayollar o‘rtasida voleybol sport musobaqasi bo'lib o‘tmoqda

📈Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘iga asosan, boshqarma, tuman, shahar bo‘limlari ayol xodimalari hamda ta'lim muassasalarining ayol rahbarlari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqalar bo'lib o'tmoqda.

➡️Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, sportni ommalashtirishdan iborat.

☄️Yakunda musobaqa g‘olib va sovrindorlari boshqarma boshlig‘ining maxsus sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

#boshqarmaboshligikubogi #voleybol

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM