☄️O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligining Surxondaryo viloyatida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi, ochiqlikni ta’minlash yuzasidan natijalarni tahlil qilib, ko‘rsatkichlarni yaxshilash bo‘yicha metodik va amaliy ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan majlisi bo‘lib o‘tdi📈Majlisda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari
, Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi raisi o'rinbosari
, Agentlik mas’ul xodimlari, Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi a’zolari, xalq deputatlari viloyat Kengashining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari, mutasaddi tashkilot, korxona va muassasa rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
🔔Surxondaryo viloyatida mahalliy hokimliklar va davlat boshqaruv organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining bugungi holatining tahlili hamda korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan choralar muhokamasi to‘g‘risida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari ma’ruzasi tinglandi.➡️Bundan tashqari yig‘ilishda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, viloyat mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshliqlarining hisobotlari eshitildi.Telegram | Facebook |
Instagram |
You tube |
Twitter |
Veb-sayt