Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
62.9K subscribers
28K photos
2.65K videos
91 files
9.05K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
📈Sherobodda ham yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi

➡️Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev hududlardagi o‘rganishlari davomida Sherobod tumanidagi ta'lim muassasalarining ham yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi bilan tanishdi.

🖥Xususan, boshqarma boshlig‘i 14-, 17-, 27-, 31-, 56-, 67-, 72-, 77-umumta'lim maktablarida binoning jihozlanishi, sinfxonalarning, maktab darsliklari va 1-sinf o‘quvchilari uchun "Prezident sovg‘alari"ning yetkazib berilganlik holatini ko‘zdan kechirdi.

✔️O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va o‘quv yiliga puxta hozirlik ko‘rish bo‘yicha mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

#Sherobod #yangioquvyili
#organish #prezidentsovgasi

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
RADDIYA

Ijtimoiy tarmoqlarda bugun "Muzrabot bog‘chasida bola o‘ldi" sarlavhasi ostida xabar tarqaldi.

Ushbu xabar mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Nafaqat Muzrabot tumani, balki, Surxondaryo viloyatida "Yo‘ldoshobod" nomli mahalla mavjud emas. Surxondaryo viloyatidagi hech bir maktabgacha ta'lim tashkilotida o‘tgan va joriy yilda bolalarning o'limi bilan bog‘liq holatlar kuzatilmagan.

Bu kabi asossiz ma'lumotlarni ommaga tarqatishdan ilgari Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mas'ullari bilan aniqlik kiritilishi maqsadga muvofiq, deb o‘ylaymiz.

Ijtimoiy tarmoq faollari yolg‘on va asossiz ma'lumotlarni tarqatib, davlat xizmatchilarini chalg'itmasliklari va ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilarida turli noo‘rin fikrlar uyg‘otmasliklari, qolaversa, ommaga taqdim etilayotgan har bir ma'lumotga jiddiy yondashib, uning aniq va xolis ekanligiga ishonch hosil qilinganidan so‘ng jamoatchilik e‘tiboriga havola etishlari mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
⚡️Maktab formasi - tenglik ifodasi

📈Termiz shahridagi 16-umumta'lim maktabida ota-onalar majlisi o‘tkazildi. Unda asosan, yangi o‘quv yiliga munosib tayyorgarlik ko‘rish, o‘quvchilarning maktab formalari, odob-axloq qoidalari yuzasidan so‘z yuritildi.

✔️Majlis davomida ota-onalar va keng jamoatchilik vakillari o‘quvchilar uchun yagona maktab formasini joriy etish taklifini bildirib, maktab formasining bir turda bo‘lishi o‘quvchilar orasida o‘zaro tabaqalanish holatlarining oldini olishda muhim ekanligini ta'kidlashdi.

➡️Maktab ma'muriyati tomonidan mazkur taklif inobatga olindi. Bu borada kelib tushgan takliflarga muvofiq ushbu masala maktabning pedagogik kengashida ko'rib chiqilishi va tegishli qaror qabul qilinishi ko‘zda tutildi. Shuningdek, yangi o‘quv yilida ota-onalar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan istiqbolli rejalar belgilandi.

#Termiz #yangioquvyili
#maktabformasi #otaonalar

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🖥Apparat yig‘ilishi: yangi o‘quv yiliga puxta hozirlik ko‘rish bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi

📈Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev rahbarligida boshqarma xodimlari uchun navbatdagi apparat yig‘ilishi o‘tkazildi.

🔼Unda asosan, yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish, ijro intizomi, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimining holati, shuningdek, ta'lim-tarbiya sifatini oshirishga oid kun tartibidagi qator masalalar muhokama qilindi.

➡️Boshqarma boshlig‘i yangi 2024-2025-o‘quv yilini har bir maktabda ko‘tarinki kayfiyatda kutib olish, o‘quvchi yoshlarning sifatli ta'lim olishlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish muhim vazifa ekanligini ta'kidladi.

ℹ️Yig‘ilish davomida ko‘rib chiqilgan har bir masala yuzasidan aniq vazifalar belgilandi va mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

#apparatyigilishi #yangioquvyili
#ijrointizomi #murojaatlar

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM