Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.8K subscribers
31.8K photos
3.12K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Forum
#2_kun

▶️ Uchinchi “Ustozlar milliy forumi” ning ikkinchi kuni doirasida mahorat darslari bo’lib o’tmoqda.

✔️Kunning birinchi qismida tasviriy san’at va chizmachilik fani ustozlari uchun oromgoh hovlisida amaliy mashg’ulotlar tashkil etildi.

🔽Shuningdek, fanlar kesimida darslar sho’balarga bo’lingan holda davom etmoqda.

🖥Jarayonlarda surxondaryolik pedagoglarimiz faol qatnashishmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔔Surxondaryoda "Hayot maktabi - maktab o‘quvchilarini kasb-hunarga o‘qitishning yangi tizimi" shiori ostida kasblar festivali o‘tkazildi

▶️Jarayonlar ushbu videorolikda.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32🕊2🔥1👌1
⚡️Angordagi ta'lim muassasalarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi

📌Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev Angor tumaniga tashrif buyurdi.

✔️Manzildagi 18-, 31-, 33-, 36-umumta'lim maktablari faoliyati o‘rganildi.

🔽Xususan, ta'lim muassasalarida yangi o‘quv yili uchun tayyorgarlik jarayonlari, bino va moddiy-texnik bazaning holati, obodonlashtirish ishlari bilan tanishildi.

🔼Shuningdek, boshqarma boshlig‘i maktablardagi darsliklar va 1-sinf o‘quvchilari uchun "Prezident sovg‘alari"ning yetkazib berilganlik holatini ko‘zdan kechirdi. O‘rganish davomida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

#Angor #yangioquvyili #organish

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🥰21👌1🕊1
🏅O‘quvchilarga kasb-hunar o‘rgatishda namunali maktab direktori vazir tomonidan rag‘batlantirildi

✔️Termiz shahridagi 26-umumta'lim maktabi kasb-hunar va ikkinchi xorijiy tilni o‘qitish bo‘yicha tayanch maktab bo‘lib, 213 nafar o‘quvchilarga duradgorlik va tikuvchilik, 145 nafar o‘quvchilarga sartaroshlik, qandolatchilik o‘rgatiladi. Maktabda rus, ingliz tillarida ta'lim beriladi. Shuningdek, ikkinchi xorijiy til sifatida 180 nafar o‘quvchi nemis tilini o‘rganmoqda.

⚡️Maktabning mazkur ko‘rsatkichlarga erishishi, ma'naviy sog‘lom muhitning tashkil etilganligi, o‘quvchilarga kasb-hunarni o‘rgatishda namuna ko‘rsatganligi va tizimdagi jonkuyarligi sababli 26-maktab direktori Ziyotov Ixtiyor Baxtiyorovich Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri tomonidan "Xalq ta'limi a'lochisi" ko‘krak nishoniga munosib ko‘rildi. Bugun viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev ushbu ko‘krak nishonini maktab direktoriga tantanali ravishda topshirdi.

📈Ixtiyor Ziyotov 17 yildan beri ta'lim-tarbiya tizimida, 3 yildan buyon 26-maktab direktori lavozimida faoliyat yuritmoqda.

➡️Ushbu yutuq bilan Ixtiyor Ziyotovni qutlab, kelgusida bundanda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍141🔥1🕊1
⚡️Muzrabotdagi ta'lim muassasalarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi

📌Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev Muzrabot tumaniga tashrif buyurdi.

✔️Manzildagi 14-, 21-, 28-, 31-, 51-umumta'lim maktablari faoliyati o‘rganildi.

🔽Xususan, ta'lim muassasalarida yangi o‘quv yili uchun tayyorgarlik jarayonlari, bino va moddiy-texnik bazaning holati, obodonlashtirish ishlari bilan tanishildi.

🔼Shuningdek, boshqarma boshlig‘i maktablardagi darsliklar va 1-sinf o‘quvchilari uchun "Prezident sovg‘alari"ning yetkazib berilganlik holatini ko‘zdan kechirdi.

⚡️Maktab jamoasi bilan bo‘lgan suhbat davomida boshqarma boshlig‘i yangi o‘quv yiliga puxta hozirlik ko‘rish, ta'lim sifatini oshirish borasida so‘z yuritdi. Shuningdek, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

📊Ma'lumot uchun, bugungi kunda Muzrabot tumanida mavjud 57 ta umumta'lim maktabi 365 million so‘m mablag‘ evaziga joriy ta'mirdan chiqarildi.


#Muzrabot #yangioquvyili #organish

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2🔥2🕊2👏1🤩1