Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
50.6K subscribers
28.4K photos
2.7K videos
91 files
9.18K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Live

▪️Surxondaryoda "Barkamol avlod bolalari" festivali boshlanish arafasida

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan muntazam o‘tkazib kelinayotgan "Barkamol avlod bolalari" festivalining navbatdagi manzili - Surxondaryo viloyati.

Festival bugun Termiz shahridagi qo‘g‘irchoq teatrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, erta tongdan manzilda o‘quvchi yoshlar gavjum.

Bizni kuzatishda davom eting. Festival jarayonlaridan xabar qilib boramiz.

#festival #barkamolavlodbolalari

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
📌 “BARKAMOL AVLOD BOLALARI” FESTIVALI SURXONDARYODA

🌍Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan Respublika bo‘ylab yil davomida bo’lib o’tadigan "Barkamol avlod bolalari” festivaliga START BERILDI.

⌨️Festival Surxondaryo viloyatida quyidagi yoʻnalishlarda boʻlib oʻtdi:

“Madaniyat va san’at” — yo‘nalishi (Tasviriy san’at va libos);
“Texnika, konstruktorlik va modellashtirish” yo‘nalishi (Robototexnika va konstruktorlik);
“Jismoniy tarbiya va sport” yo‘nalishi (Shaxmat-shashka);
“Hunarmandchilik va qo‘l mehnati” yo‘nalishi (Munchoqli bezak);
“Turizm va ekologiya” yo‘nalishi (Karving);
“Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov” yo‘nalishi (Mental arifmetika);
“Xorijiy tillar” yo‘nalishi (Ingliz tili).

Eslatib oʻtamiz, festivaldan maqsad:
📌to‘garaklarda o‘quvchilar qamrovini oshirish,
📌ichki turizmni rivojlantirish,
📌tajriba almashish,
📌to‘garaklar faoliyati bilan tanishish,
📌madaniy-ommaviy tadbirlarni samarali tarzda o‘tkazish,
📌ta'lim jarayonini turli innovatsion metodlardan foydalangan holda tashkil etishdan iborat.

🌐Festivalda Surxondaryo viloyatidan umumiy 20 mingdan ortiq oʻquvchi-yoshlar qatnashdi.

🎉Festivalning yakuniy qismi bugun Surxondaryoda ko'tarinki kayfiyatda o'tkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌 “BARKAMOL AVLOD BOLALARI” FESTIVALI SURXONDARYODA

🌍Festivalda Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Xusniddin Mamadiyev, Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi mas'ullari ishtirok etib, iqtidorli o'quvchilarni aniqlash va kashf etishga xizmat qilgan ushbu tadbir viloyatda qizg'in tus olganligini ta'kidlashdi.

Shundan so'ng festival doirasidagi tanlov va musobaqa g'oliblari munosib taqdirlandi.

🎉Mazkur festivalni yuqori saviyada tashkil etishdagi xizmatlari uchun viloyat Maktabgacha va maktab ta'imi boshqarmasi boshlig'i Xusniddin Mamadiyevga Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabining tashakkurnomasi topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM