Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
63.7K subscribers
28K photos
2.64K videos
91 files
9.03K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Seminar_trening
#3_kun

Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida Singapurning “Marshall Cavendish Education” xalqaro ta’lim tashkiloti dasturi asosida o‘tkazilayotgan treninglar davom etmoqda.

7-avgust kuni o‘tkazilayotgan treninglarda 51 nafar menejer direktorlar, 49 nafar matematika fani bo‘yicha mentor trenerlar va 52 nafar tabiiy (Science) fan yo‘nalishi bo‘yicha mentor-trenerlar qamrab olindi.

#seminar #tabiiyfan #aniqfan

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Bekzod Tashpulatov Termiz tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida 8-, 13-, 29-, 36-umumta'lim maktablari hamda 12-sonli ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan ixtisoslashtirilgan maktab faoliyati bilan tanishildi.

Ushbu maktablarda yangi o'quv yiliga tayyorgarlik holati, obodonlashtirish ishlari ko'zdan kechirildi.

O'rganish davomida mas'ullarga yangi o'quv yiliga puxta hozirlik ko'rish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berib o'tildi.

#Termiztumani #yangioquvyili
#tayyorgarlik #jihozlash

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
▪️Oltinsoy tumanidagi maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev Oltinsoy tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida hududdagi 27-umumta'lim maktabida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari, 420 o‘rinli yangi qo‘shimcha o‘quv binosining qurilish jarayonlari bilan tanishildi.

Maktab jamoasi bilan bo‘lgan uchrashuv davomida ta'lim sifatini, ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish borasida so‘z yuritildi.

Mas'ullarga yangi o‘quv yiliga puxta hozirlik ko‘rish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

#Oltinsoy #yangioquvyili
#yangibino #manaviymarifiyishlar

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt