Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.1K subscribers
31.9K photos
3.14K videos
97 files
10.4K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Muhriddin Normurodov Jarqo‘rg‘on tumanidagi 33-umumta'lim maktabiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida dastlab maktabning yangi o'quv yiliga tayyorgarlik holati, obodonlashtirish ishlari bilan tanishildi. Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2020-yil 30-iyuldagi “Umumiy oʼrta taʼlim muassasalari hududi, fayesi, bino yoʼlaklari va sinfxonalarini bezatishning namunaviy talablarini tasdiqlash toʼgʼrisida” 179-sonli buyrugʼi ijrosi bo'yicha maktabda amalga oshirilgan ishlar ko'zdan kechirildi.

Qolaversa, Muhriddin Normurodov manzilda maktab formasi boʼyicha tashkil etilgan koʼrgazma-yarmarkalarda ham qatnashib, mas'ullarga yangi o'quv yiliga puxta hozirlik ko'rish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berib o'tdi.

#Jarqorgon #yangioquvyili
#maktabformasi #yarmarka

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
👍7🎉21🔥1👏1
Jarqo'rgon tumaniga tashrif davomida Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari Muhriddin Normurodov 15-36-65-umumta'lim maktablari hamda 20-IDUMda ham o'rganish ishlarini olib borildi.

Ushbu ta'lim muassasalarida asosan, yangi o'quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishildi. Joriy ta'mirlash yakuni, sinfxonalarning holati, maktabda olib borilgan obodonlashtirish ishlari ko'zdan kechirildi.

Shuningdek, maktab hududi, fayesi, bino yoʼlaklari va sinfxonalarining namunaviy talablar asosida bezatilganligi ham o'rganilib, mas'ullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, yangi o'quv yiliga puxta hozirlik ko'rish, maktabda odob-axloq qoidalari, kiyinish madaniyatiga alohida e'tibor qaratilishi yuzasidan ko'rsatmalar berildi.

#Jarqorgon #yangioquvyili
#maktabformasi #yarmarka

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
👍6👌21👏1
Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Bekzod Tashpulatov Uzun tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida dastlab tumandagi 2024-2025-oʻquv yilidan boshlab oʻqitish va bilimni baholashning yangi tartibi joriy etiladigan
6-sonli ayrim fanlar chuqur o'qitiladigan ixtisoslashtirilgan maktab faoliyati bilan tanishildi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-maydagi PQ-241-son qarori ijrosi boʻyicha Respublika byudjeti hisobidan kompyuter toʻplamlari berilgan 5-9-12-sonli umumta'lim maktablarida yangi o'quv yiliga tayyorgarlik holati, obodonlashtirish ishlari ko'zdan kechirildi.

O'rganish davomida mas'ullarga yangi o'quv yiliga puxta hozirlik ko'rish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berib o'tildi.

#Uzun #yangioquvyili
#yangibaholash #kompyuter

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
👍92🥰2🔥1
▪️Hududlarda maktab formalari boʼyicha koʼrgazma-yarmarkalar tashkil etildi

Bugun viloyatimizning barcha hududlarida maktab formalari boʼyicha koʼrgazma-yarmarkalar tashkil etildi.

Unda maktab o'quvchilari uchun namunaviy maktab formalari ota-onalarga namoyish etildi. Maktabgacha va maktab ta'limi boshqamasi, hududiy bo'limlar hamda maktablar ma'muriyati tomonidan tadbirkorlar bilan hamkorlikda sifatli, hamyonbop narxlarda maktab formalarini sotib olish imkoniyati ham yaratildi.

Ota-onalar bilan bo'lgan muloqot davomida o'quvchining kiyinish madaniyati, maktabda odob-axloq qoidalariga rioya qilinishi bo'yicha so'z yuritildi.

Ma'lumot uchun, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Umumiy oʼrta taʼlim muassasalarining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari”ga muvofiq, yurtimizdagi har bir umumtaʼlim maktabining bu boradagi oʼz ichki Nizomlari qabul qilingan. Unga ko'ra:

Oʼgʼil bolalar uchun:

-toʼq rangli shim, och rangdagi koʼylak, toʼq rangdagi kostyum, galstuk;
-kiyimlar toza va dazmollangan boʼlishi kerak.

Qiz bolalar uchun:


-tizzadan yuqori boʼlmagan toʼq rangdagi yubka va och rangdagi kofta, toʼq rangdagi kostyum;
-kiyimlar bejirim, oʼta tor yoki keng boʼlmagan, ortiqcha bezaklardan holi va rang-barang boʼlmagan, toza hamda dazmollangan boʼlishi lozim.

Sochlar ikki yoki bitta qilib turmaklangan, pardoz-andozlardan holi va taqinchoqlar me'yoridan oshmasligi kerak (faqat ixcham zirakka ruxsat etiladi). Kiyimlar chang-gʼuborni oʼziga tortmaydigan va tabiiy matodan tikilgan boʼlishi lozim.


📸Fotosuratlarda Termiz shahri, Angor, Jarqo'rg'on, Termiz, Sariosiyo, Uzun tumanlaridagi jarayonlar aks etgan.

#maktabformalari #yarmarka
#kiyinishmadaniyati #otaonalar

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
👍141🔥1🥰1🎉1🕊1