Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.8K subscribers
31.8K photos
3.12K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
▪️Termiz shahridagi maktablarning yangi o'quv yiliga tayyorgarlik holati o'rganildi

Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Xusniddin Mamadiyev Termiz shahridagi umumta'lim maktablarida yangi o'quv yili uchun olib borilayotgan tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi.

Jumladan, shahardagi 22-23-sonli maktablardagi o'rganish ishlari davomida maktabning obodligi, sinfxonalar, moddiy-texnika bazasining holati, joriy ta'mirlash ishlari yakuni bilan tanishildi. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berildi.

Ma'lumot uchun Termiz shahrida bugungi kunda 26 ta umumta'lim maktablari mavjud bo'lib, yangi o'quv yili oldidan ushbu maktablarning 25 tasida joriy ta'mirlash ishlari olib borildi.

#yangioquvyili #tayyorgarlik
#Termizshahri

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
👍122🎉2🤩1🕊1
Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Muhriddin Normurodov Jarqo‘rg‘on tumanidagi 33-umumta'lim maktabiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida dastlab maktabning yangi o'quv yiliga tayyorgarlik holati, obodonlashtirish ishlari bilan tanishildi. Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2020-yil 30-iyuldagi “Umumiy oʼrta taʼlim muassasalari hududi, fayesi, bino yoʼlaklari va sinfxonalarini bezatishning namunaviy talablarini tasdiqlash toʼgʼrisida” 179-sonli buyrugʼi ijrosi bo'yicha maktabda amalga oshirilgan ishlar ko'zdan kechirildi.

Qolaversa, Muhriddin Normurodov manzilda maktab formasi boʼyicha tashkil etilgan koʼrgazma-yarmarkalarda ham qatnashib, mas'ullarga yangi o'quv yiliga puxta hozirlik ko'rish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berib o'tdi.

#Jarqorgon #yangioquvyili
#maktabformasi #yarmarka

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
👍7🎉21🔥1👏1
Jarqo'rgon tumaniga tashrif davomida Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari Muhriddin Normurodov 15-36-65-umumta'lim maktablari hamda 20-IDUMda ham o'rganish ishlarini olib borildi.

Ushbu ta'lim muassasalarida asosan, yangi o'quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishildi. Joriy ta'mirlash yakuni, sinfxonalarning holati, maktabda olib borilgan obodonlashtirish ishlari ko'zdan kechirildi.

Shuningdek, maktab hududi, fayesi, bino yoʼlaklari va sinfxonalarining namunaviy talablar asosida bezatilganligi ham o'rganilib, mas'ullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, yangi o'quv yiliga puxta hozirlik ko'rish, maktabda odob-axloq qoidalari, kiyinish madaniyatiga alohida e'tibor qaratilishi yuzasidan ko'rsatmalar berildi.

#Jarqorgon #yangioquvyili
#maktabformasi #yarmarka

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
👍6👌21👏1