Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.8K subscribers
31.8K photos
3.12K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#imtihon_2024
#Surxondaryo_viloyati

❗️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga
kirish imtihonlari 4-iyul sanasidan boshlanadi.

⚡️Surxondaryo viloyatida ushbu imtihonlarga tayyorgarlik jarayonlari qizg‘in kechmoqda.

📌Bugun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining hududlarga biriktirilgan mas’ullar uchun ZOOM platformasi orqali kengaytirilgan tarzda yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Agentlik direktori imtihon jarayonlarining shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlash bo‘yicha hudud rahbarlariga tegishli topshiriqlar berdi.

Eslatma, talabgorlar imtihon hududiga tug‘ilganlik haqida guvohnomasi hamda ruxsatnoma bilan kelishlari talab etiladi


✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
👍8🥰1
⚡️Surxondaryoda ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari boshlandi

▪️Bugungi kunda Surxondaryo viloyatida ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi 17 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari faoliyat yuritmoqda. 2024-2025-o‘quv yili uchun mazkur maktablarga jami 17 ming 442 ta ariza kelib tushgan.

Bugun Termiz shahrida mazkur maktablarga kirish imtihonlarining dastlabki bosqichi boshlandi.

☑️Bugungi imtihon jarayonlarida 5 ming 761 nafar 5-sinf o‘quvchilari ishtirok etmoqda.

🔹Quyidagi havola orqali jarayonlarni jonli efirda tomosha qiling: https://test2024.uz

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
👍7🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Surxondaryoda ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda

❗️Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari joriy yilning
4-, 5-, 6-iyul kunlari 3 smenada bo‘lib o‘tadi.

Ushbu maktablarga kvota doirasida kirish imtihonlari bir bosqichda, aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5-11-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-10-sinflarga o‘tkaziladi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
👍4🔥1👏1
💻 Firibgarlar tomonidan o‘zgalarning mablag‘lariga egalik qilish maqsadida go‘yoki tadbirkor Alisher Usmonovning "USM Invest" platformasi orqali sarmoya kiritib, tez fursat ichida mo‘may daromad olish mumkinligi mazmunida xabarlar tarqatilmoqda. Mazkur xabarlar yolg‘on va haqiqatga mos kelmaydi.

❗️Fuqarolardan bu kabi yolg‘on ma’lumotlarga ishonmasliklarini hamda virtual firibgarlardan ogoh bo‘lishlarini so‘raymiz.

⚠️ Unutmang! Firibgarlarning maqsadi sizning mablag‘laringizni o‘zlashtirish va shaxsiy ma’lumotlaringizni qo‘lga kiritishdir.

#stop_feyk_kiberjinoyatlar
〰️〰️〰️

"Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasidagi navbatdagi targ‘ibot tadbirlari bugun Angor tumani hokimligida o‘tkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
👍3🎉1