Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
58.9K subscribers
28.1K photos
2.66K videos
91 files
9.09K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Live

⚽️Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Viloyat hokimi kubogi uchun” sportning futbol turi bo‘yicha musobaqaning viloyat bosqichi o‘tkazilmoqda


🔘Ayni damda Termiz shahridagi "Alpomish" o‘yingohida umumta'lim maktablarining 8-11-sinf o‘quvchilaridan tarkib topgan o‘g‘il bolalar jamoalari o‘rtasida futbol, qiz bolalar o‘rtasida esa mini futbol sport turidan “Viloyat hokimi kubogi uchun” musobaqaning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

▪️Unda tuman, shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktab jamoalari qatnashmoqda.

☑️Musobaqa jarayonlarida viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Muhriddin Normurodov ishtirok etib, o‘quvchilarga omad tiladi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
🔹"Fan bilimdoni" tanlovi g'oliblari taqdirlandi

▪️
Jarqo'rg'on tumanidagi 1-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida "Fan bilimdoni” tanlovi bo‘lib o‘tdi.

▪️Bugun ushbu tanlov yakunlari bo'yicha g'oliblar Jarqo'rg'on tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i Sirojiddin Adinayev tomonidan faxriy yorliq va medallar bilan taqdirlandi hamda  kelgusida bundanda yuqori cho'qqilarni zabt etib, yurtimizga kerakli inson bo'lib yetishishlariga ishonch bildirildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
🖐Besh tashabbus – besh imkoniyat

⚡️Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, kasb-hunarga o‘qitish hamda malakali kadrlar bo‘lib yetishishlariga ko‘maklashish ishlari samaradorligini yanada oshirish maqsadida Sariosiyo tuman hokimligi, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida 17-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchi-yoshlar ishtirokida “Besh tashabbus – besh imkoniyat” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

🎭Tadbirda besh tashabbus yo‘nalishlari bo‘yicha madaniyat, adabiyot, san’atga qiziquvchan yoshlar o‘z iqtidorlarini namoyish etishdi. Tasviriy san’at asarlari, o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan liboslar ko‘rgazmalari, pazandachilik, sport, san’at va madaniyat to‘garagi a’zolarining chiqishlari yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt