Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
62.4K subscribers
27.9K photos
2.62K videos
91 files
8.99K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
🔔Maktablarda "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha zarur vazifalar belgilandi

🔹Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasida boshqarma boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev rahbarligida navbatdagi apparat yig‘ilishi o‘tkazildi.

🔘Unda asosan, maktablarda "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlarini Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan berilgan tavsiyalarga asosan tashkil etish, turli ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish bo‘yicha zarur vazifalar belgilandi va mas'ullarga tegishli topshiriqlar yuklatildi.

☑️Shuningdek, ijro intizomi, ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligi va shu kabi yig‘ilish kun tartibidagi boshqa masalalar ham tegishli tartibda muhokama etildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
⚡️Surxondaryoda bir maktabning 4 nafar o‘qituvchisi vazir jamg‘armasidan ustama oladi

🔘Denov tumanidagi 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining oliy toifali ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi Sharofat Berdiyeva, oliy toifali biologiya fani o‘qituvchisi Saidjon Jabborov, oliy toifali kimyo fani o‘qituvchisi Davron Yusupov hamda oliy toifali fizika fani o‘qituvchisi Ahadbek Umirovlar 2023-2024-o’quv yilida “Vazir jamg’armasi” ustamasi sovrindori bo’lishdi.

🔹Ma'lumot uchun ushbu malakali pedagog kadrlarga 9 oy davomida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining
5,5 baravari
miqdorida ustama to‘lanadi.


☑️Bilimli va mahoratli ushbu ustozlarimizga kelgusida bundanda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
#Эълон
#School_champions

📣 Umumta’lim maktablarining ingliz tili fani o’qituvchilari diqqatiga!

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Britaniya Kengashi hamda Buyuk Britaniyadagi Norvich til taʼlimi instituti hamkorligida maktablarda uzluksiz kasbiy rivojlanish yetakchilarini (School Champions) saralash tanlovi e'lon qilinadi.

Agar Siz:

umumta’lim maktabida ingliz tilidan dars berayotgan bo'lsangiz,
uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimini yangi modelini o’z maktabingizga tatbiq etmoqchi bo’lsangiz — unda ushbu imkoniyat aynan Siz uchun!

Loyihada qatnashish istagida bo’lgan ingliz tili o'qituvchilari quyidagi havola orqali ariza to'ldirishlari mumkin.

❗️
Arizalar joriy yilning 20-iyuniga qadar qabul qilinadi.

Tanlovning saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlar suhbatga taklif etiladi.

Batafsil

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from SARIOSIYO YANGILIKLARI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Спорт зали ёки ўйингоҳи бўлмаган мактаб ўқувчилари вилоятда энг зўр футболчилардан бири деб эьтироф этилмоқда.

Сариосиё туманидаги 80-сонли умумий ўрта таьлим мактабининг 8-11 - синф ўқувчилари вилоят миқёсида ўтказилган футбол мусобақасида туманлардан келган рақиблар билан муросасиз баҳс ўтказиб, фахрли 3-ўринни қўлга киритишди.

Ажабланарлиси, 80-мактабнинг куз - қиш мавсуми учун спорт зали ва ёзги футбол ўйингоҳи йўқ!

Сўз келганда айтиш лозимки, Сариосиёнинг энг маҳоратли футбол жамоаларини мағлуб этган ушбу жамоа барчага ўз устида ишлаш қандай бўлишини кўрсатиб қўйди.

Шу сабабли, "Менда спорт зал йўқ, менда стадион йўқ" деб додлайдиган айрим юртдошларимиз билишини хоҳлардик, мақсад имкониятга қараб белгиланмайди! Чўққини кўзласангиз, ҳеч бўлмаганда ярми сизники бўлади.

https://t.iss.one/sariosiyo_yangiliklari1
#Fotoreportaj

⚡️Termiz shahridagi 11-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari ishtirokida "Xayr bog'cha - salom maktab" tadbiri o'tkazildi.


✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣Brifing: joriy o‘quv yilida Surxondaryodagi 983 ta maktabni 81 ming 71 nafar 9-11-sinf o‘quvchilari tamomlaydi

▪️2023-2024-o‘quv yilida viloyatdagi 983 ta maktab, jumladan, 961 ta umumta'lim maktabi, 17 ta ixtisoslashtirilgan maktab, 1 ta Prezident maktabi va 4 ta nodavlat maktabni 47 ming 982 nafar 9-sinf, 33 ming 89 nafar 11-sinf o‘quvchilari yakunlaydi.

☑️11-sinf bitiruvchilarining 590 nafariga oltin, 129 nafariga kumush medallari topshirilishi ko‘zda tutilgan.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

📣📣📣📣📣

🔔 HURMATLI OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR!

⚡️IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI MAKTABLARGA HUJJATLAR QABULI
EʼLON QILINDI!

🗺 Respublikamizdagi barcha Prezident, Ijod, Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli 2024-yilning 1-iyun sanasidan 20-iyun sanasigacha davom etadi.

🪪 Hujjatlar qabuli ariza.piima.uz sayti orqali faqat ONLAYN tarzda amalga oshiriladi.

#Prezident_maktablari
#Ijod_maktablari
#Ixtisoslashtirlgan_maktablar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Yozgi taʼtilda taʼlim muassasalarida tashkil etiladigan maydonchalarga 175 minga yaqin bolalar bepul qamrab olinadi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan oʻquvchilarning yozgi taʼtil kunlarini mazmunli tashkil etish, ularning boʻsh vaqtlarini maroqli oʻtkazishlarini taʼminlash maqsadida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilgi yoz mavsumi davomida vazirlik tizimidagi 32 ta, jumladan:

Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi — 3 ta;

Jizzax viloyatidagi — 1 ta;

Samarqand viloyatidagi — 2 ta;

Fargʻona viloyatidagi — 2 ta;

Toshkent viloyatidagi — 5 ta;

Xorazm viloyatidagi — 19 ta oromgohga umumiy hisobda 9 ming nafar bolaning qamrab olinishi rejalashtirilgan.

👉 Ma’lumot uchun: hozirgi vaqtda respublika miqyosida 192 ta statsionar oromgoh faoliyat ko‘rsatadi.

❗️ Shuningdek, oromgohlarga jalb etilmagan bolalar uchun joylardagi taʼlim muassasalarida 1 105 ta sogʻlomlashtirish maydonchalari (bepul) tashkil etiladi va ularga 174 297 nafar bola jalb etiladi. Bu maydonchalarda sport, sanʼat va IT yoʻnalishlarida toʻgaraklar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi hamda bolalarga moʻljallangan qiziqarli kino va multfilmlar namoyishi tashkil etiladi.

✔️ Bolalar oʻrtasida kitobxonlikni keng joriy etish maqsadida oromgohlarga 110 ming dona bolalar adabiyotlari yetkazib beriladi va “kitob.uz” platformasidan elektron va audio adabiyotlardan foydalanish imkoniyati yaratiladi.

👉 Yozgi taʼtil davrida oʻquvchilarni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha yurtimizdagi 219 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabida qisqa muddatli “Ijodkorlar oromgohi” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O'quvchilar ham bilim, ham kasb-hunar egasi bo‘lishmoqda

🔹Termiz shahridagi 7-umumta'lim maktabida o‘quvchilarni bolalikdan ma'lum kasbga yo‘naltirish, ularga hunar va til o‘rgatish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
🗣Hurmatli ota-onalar!

🔘Xabaringiz bor, 2022-2023-o'quv yili yakunlangandan so'ng viloyatimizdagi 429 ta maktabni joriy ta'mirlash uchun 7 turdagi qurilish mahsulotlari xaridiga Surxondaryo viloyati hokimi tashabbusi bilan 11 mlrd 195 million so'm mablag' ajratildi va maktablar joriy ta'mirlandi.

2023-2024-o'quv yili yakunida ham maktablar ta'miri uchun viloyat hokimligi tomonidan mablag' ajratilishi ko'zda tutilgan. Ayni kunlarda ta'mirga muhtoj maktablar va ta'lim muassasalariga zarur qurilish mahsulotlarini aniqlash maqsadida viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan o'rganish ishlari olib borilmoqda.

✔️Shunday ekan, hurmatli ota-onalardan maktab ma'muriyati tomonidan turli sabablar bilan pul yig'imlari amalga oshirilayotganligidan xabardor bo'lishsa, Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining ishonch telefoni (
+99876-227-35-45) hamda @svmmtb_bot murojaatlar boti orqali boshqarma mas'ullariga murojaat qilishlarini so‘raymiz.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Forwarded from Zamin Foundation
"Zamin education" loyihasi doirasida xalqaro ekspert tomonidan gibrid shaklda seminar o‘tkazildi. Unda zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalari ixtisoslashtirilgan maktabining yuqori sinf o‘quvchilari ishtirok etdi.

Asosiy e’tibor o‘quvchilarning bo‘lajak kasbini tanlashiga qaratildi. Seminar qatnashchilari gumanitar va tabiiy fanlar, kompyuter texnologiyalari, menejment kabi turli faoliyat turlari va professional kompetensiyalarni muhokama qildilar. Ekspert o‘quvchilarga ularning qiziqishlari va qobiliyatlarini zamonaviy mehnat bozori talablari bilan uyg‘unlashtirgan holda ongli ravishda kasb tanlash to‘g‘risida so‘zlab berdi.

В рамках проекта Zamin education международный эксперт провёл семинар в гибридном формате, в котором приняли участие школьники старших классов специализированных школ-интернатов для детей с нарушением слуха и специализированной школы информационных технологий имени Мухаммада аль-Хорезми.

Основной акцент был сделан на самоопределении учащихся при выборе будущей профессии. Участники семинара обсуждали различные виды деятельности и профессиональные компетенции, такие как гуманитарные и естественные науки, компьютерные технологии, менеджмент и другие. Эксперт рассказал учащимся, как сделать осознанный выбор, совместив их интересы и способности с современными требования рынка труда.

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube