Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.8K subscribers
31.8K photos
3.12K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Jonli_efir

📣 Hurmatli pedagoglar!


Ertaga — 16-may kuni soat 12:00 da Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy facebook sahifasida 2023/2024-o‘quv yilida bitiruvchi sinf o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish jarayonlariga bagʻishlangan jonli muloqot bo’lib o’tadi.

Xususan:

9- va 11-sinf o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari uchun belgilangan fanlar va imtihonlarning bo‘lib o‘tish tartibi, sanalari,

Imtihonlar o‘tkaziladigan fanlar ro‘yxati, imtihon savollari spesifikatsiyasining ishlab chiqish jarayonlari,

Bitiruvchi sinf o‘quvchilariga yakuniy attestatsiya imtihonlarida beriladigan imtiyozlar,

Bitiruvchi sinf o‘quvchilariga taqdim etiladigan oltin va kumush medallarining berilish tartibi va shartlari, imtiyozlari haqida so'z yuritiladi.

❗️Muloqot doirasida vazirlik masʼullari tomonidan mavzuga doir savollarga atroflicha javob berib oʻtiladi.

🖥 Savollaringizni mazkur havola izohida qoldirishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9👏2🔥1
TISU olimpiadasi natijalari.pdf
208.7 KB
⚡️TISU olimpiadasining navbatdagi natijalari e'lon qilindi!

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti tashabbusi bilan umumta'lim maktabi bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida o'tkazilgan fan olimpiadasining viloyat bosqichi yakunlandi.

⬆️ Yuqorida olimpiadaning viloyat bosqichi natijalari bilan tanishishingiz mumkin.

⚡️ Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!

Instagram l Telegram l Website l You Tube | Facebook
👍6🕊2🔥1
“Yosh chegarachilar” harbiy-vatanparvarlik musobaqasining Respublika bosqichiga start berildi

Tadbirning ochilish marosimida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari rahbariyati, Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi, shuningdek boshqa bir qator hamkor vazirlik va idoralarning vakillari ishtirok etishdi.

❗️Mazkur musobaqada har bir hududdan maktab o'quvchilaridan tashkil topgan jamoalar o‘zaro kuch sinashmoqda.

📍Tadbirning ochilish marosimi akademik M.Mirzayev nomli ilmiy tadqiqot instituti dala maydonida bo‘lib o‘tdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏2
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda "Oltinsoy tumani 59-maktab yaqinida 9 nafar maktab o'quvchilari 2 nafar bolani kaltakladi" sarlavhasi ostida tarqalgan xabar bo'yicha quyidagilarni ma'lum qilamiz:


Oltinsoy tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining bergan ma'lumotlariga ko'ra, mazkur holat joriy yilning 9-aprel kuni dars mashg'ulotlaridan so'ng maktab hududidan tashqarida sodir bo'lgan. Tumandagi 15-sonli hamda 59-sonli umumta'lim maktablarining bir guruh 11-sinf o'quvchilari hamda tumanning "Qiziltepa" mahallasida yashovchi fuqaro o'rtasida o'zaro kelishmovchilik yuzasidan janjal kelib chiqqan.

Holat bo'yicha Oltinsoy tuman IIB tomonidan jinoyat ishi ochilgan bo'lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
👍8👏1
☘️Surxondaryolik o'quvchilar eko oromgohga qatnashishdi

⚡️Bugun Termiz shahridagi yoshlar markazida iqlim o'zgarishi muammolari haqida bolalarning xabardorligini oshirish va "yashil" ta'lim dasturini targ'ib qilish maqsadida uzluksiz tarzda pedagog va o'quvchilar uchun milliy hamda xalqaro ekspertlar, Termiz shahridagi qator umumta'lim maktablarining o'quvchilari ishtirokida bir kunlik ta'lim oromgohi tashkil etildi.

🔘Ochilish marosimida viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Xusniddin Mamadiyev va boshqa mas'ullar ishtirok etishdi. Tadbirda "Eco-Schools Uzbekistan" loyihasi taqdimot qilindi. Ekologiya bilan bog'liq global muammolar va ularning yechimlari, tabiatni asrash borasida o'quvchilar bilan o'zaro fikr almashildi.

☑️Mavzuga doir savol-javoblar, jamoaviy o'yinlar bilan tadbir yanada qizg'in tus oldi. Yakunda faol ishtirokchilar tadbir tashkilotchilari tomonidan rag'batlantirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
👍10👏21🥰1