Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
64K subscribers
27.7K photos
2.6K videos
91 files
8.92K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Forwarded from HR Xalq banki
📢 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi bilan butun yurtimiz bo‘ylab har yili o‘tkazib kelinayotgan "Umumjaxon pul haftaligi" loyihasining bu yilgi bosqichi "Pullaringizni himoya qiling, kelajagingizni ta’minlang" mavzusida tashkillashtirildi.

Xalq bankiga biriktirilgan Surxondaryo viloyatining 5 ta umumta’lim maktablaridan 150 nafar 7-8-sinf o‘quvchilarga joriy yilning 7-may sanasida Termiz shahridagi "Imom At Termiziy ilmiy tadqiqot markazi" binosida Xalq banki, Markaziy apparatining tegishli mas’ul xodimlari hamda bankning Surxondaryo viloyati Mintaqaviy markazi mas’ullari bilan birgalikda Moliyaviy savodxonlikni oshirishga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi.
O‘quv seminari shu qadar qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda o‘tdiki, hatto o‘ta bilimli va faol o‘quvchilarni saralab olishda qiyinchiliklarga duch kelindi.

Tadbir so‘ngida bolajonlarga maxsus logotiplar tushirilgan esdalik sovg‘alar topshirildi.

👁 Bizni kuzatishda davom eting...
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira_abadiy
#Qadr_muqaddas

🏢Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Denov tuman 1-son ixtisoslashtirilgan maktabida 9-may - "Xotira va qadrlash kuni" ga bag'ishlangan "Yoshlar e'tiborda - keksalar e'zozda" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o'tdi.

🎷Tadbirda tumandagi urush faxriylari va Hayrobod harbiy orkestrlari va jangovor guruhi ishtirok etdi. Maktab o'quvchilari tomonidan sahna ko'rinishlari va "palovxonto'ra" osh ko'rik-tanlovi bo'lib o'tdi. Urush faxriylari mehmon qilindi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda "Bolamni o‘lasi qilib kaltaklaganlar jazosiz yuribdi" sarlavhasi ostida tarqalgan videoxabar bo‘yicha quyidagilarni ma'lum qilamiz:

Qumqo‘rg‘on tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limining ma'lumotlariga ko‘ra, videoxabarda aks etgan holat joriy yilning 19-aprel kuni sodir bo‘lgan.

Tumandagi 30-maktabning o‘quvchisi H.K. hamda 54-maktab o‘quvchisi I.J. lar o‘rtasida kelib chiqqan o‘zaro kelishmovchilik yuzasidan shu kuni darsdan keyin ko‘chada o‘zaro janjal kuzatilgan.

Natijada, sud tibbiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, 54-umumta'lim maktabi o‘quvchisi I.J. yengil tan jarohati olgan. Holat bo‘yicha 30-umumta'lim maktabi o‘quvchisi H.K.ning otasiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 47-moddasi qo‘llanilgan va tegishli miqdorda jarima undirilgan.

Hozirda 54-maktab o‘quvchisi I.J.ning ahvoli yaxshi bo‘lib, joriy yilning 4-may kunidan buyon dars mashg‘ulotlarida qatnashmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Буюк Ғалабага беқиёс ҳисса қўшган, шу ёруғ кунларга етиб келолмаган азиз инсонларни ёд этамиз, уларнинг хотираси, пок руҳлари олдида таъзим қиламиз. Урушда, меҳнат фронтида иштирок этган мўътабар фахрийларимиз олдида чексиз қарздормиз.

https://t.iss.one/kuranbayev_k
⚡️O‘quvchilar kasb-hunarga yo‘naltirilmoqda

🔘Bitiruvchi sinf o‘quvchilarini kasb-hunarga yo‘naltirish, kelgusida mustaqil hayotda o‘z o‘rinlarini topishlarida ko‘maklashish maqsadida Termiz shahri va Angor tumanidagi umumta'lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida hududlardagi ishlab chiqarish korxonalari, monomarkaz va boshqa qator manzillarga sayohatlar uyushtirildi.

☑️Bunda o‘quvchilar kasb-hunar egalarining faoliyati bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Siyosiy-ma'rifat soati

Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi "Siyosiy-ma’rifat soati" taqdim qilindi.

Shuningdek, mazkur o‘quvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda you tubedagi https://youtu.be/Jj-RHY-CfjQ?si=HQHhwlLUwuu1QwC4 sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
#Live

🔹Seminar: “Umumtaʼlim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar”

🔘Ayni shu mavzudagi seminarlar bugun Surxondaryo viloyatining barcha hududlarida o‘tkazilmoqda. Unda umumta'lim maktablarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va boshqa mas'ullar ishtirok etishmoqda.

☑️Seminarlarda ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, o‘quvchilar tarbiyasida uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf etish hamda sohaga oid boshqa muhim masalalar muhokama qilinmoqda.

🏞Jarayonlar Termiz tumani misolida.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter