Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
52.7K subscribers
27.6K photos
2.59K videos
91 files
8.89K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Xotira_abadiy
#Qadr_muqaddas

⚡️Millionlab ajdodlarimiz jasorati sabab erishilgan ozodlik bugun bizga obod yurt, go‘zal hayot va farovon kunlarni taqdim etgan. Vatandoshlarimiz qalbida esa bugungi tinch va osoyishta kunlarga shukronalik hissi yashaydi.

🇺🇿Ko‘ksiga davlat bayrog‘ining bir parchasi qadalgan surxondaryoliklar qalbida g‘urur, vatanga muhabbat va osoyishta hayotga shukronalik tuyg‘ulari aks etdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
RADDIYA

Ijtimoiy tarmoqlarda "Sariosiyo MMTB mudiri pora olayotib ushlandi" sarlavhasi ostida tarqalgan xabar bo‘yicha quyidagilarni ma'lum qilamiz:

Mazkur xabar mutlaqo asossiz bo‘lib, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Xabar tarqatilganidan so‘ng bir muddat o‘tib sahifadan o‘chirib tashlangan.

Holat bo‘yicha Sariosiyo tuman MMTB boshlig‘i Tojiddin O‘zbekov xabar tarqatilgan manbaga murojaat qilganida xabar noto‘g‘ri va tuhmat ekanini ma'lum qilishgan.

Ushbu xabarni tarqatgan, davlat xizmatchisiga tuhmat qilgan shaxslarni aniqlash va tegishli chora ko‘rish maqsadida ayni vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish uchun hujjatlar tayyorlanmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
#Sariosiyo_tumani
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni

🎗️ Sariosiyo tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tomonidan 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Motamsaro Ona haykali poyiga gulchambar qoʻyildi.

🖋️ Sariosiyo tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi axborot xizmati.
https://t.iss.one/sariosiyommtb
🇺🇿Biz sharaf lentalarini taqdik, siz-chi?!

⚡️
Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan. El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardog‘idadir. Ana shunday mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatganlarga, jang maydonlarida jonini fido qilgan bobolarimiz, sabr-bardosh bilan katta qiyinchiliklarni yengib o‘tgan nuroniy momolarimizni sharaflash, xotirasini abadiylashtirish, ularga g‘amxo‘rlik va e’tibor ko‘rsatish mustaqillik yillarida yangicha ma’no-mazmun bilan boyidi.

🔹"Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi xodimlari ham erta tongdan yuqori kayfiyatda sharaf lentalarini taqishdi. Tinchlik hukm surayotgan obod diyorda xodimlar ko'ksini bezagan sharaf lentalari har birimizga o'zgacha faxr va iftixor baxsh etdi.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Biz sharaf lentalarini taqdik, siz-chi?!

🔹"Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi xodimlari erta tongdan yuqori kayfiyatda sharaf lentalarini taqishdi. Tinchlik hukm surayotgan obod diyorda xodimlar ko'ksini bezagan sharaf lentalari har birimizga o'zgacha faxr va iftixor baxsh etdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Denov tumani.pdf
83.7 KB
⚡️TISU olimpiadasi natijalari e'lon qilindi!

Xabaringiz bor, joriy yilning 1-6 may kunlari Termiz iqtisodiyot va servis universiteti tashabbusi bilan umum ta'lim maktabi bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadasi o‘tkazilgan edi.

⬆️ Yuqorida olimpiadaning Termiz shahar, Angor, Bandixon, Boysun hamda Denov tuman bosqichi natijalari bilan tanishishingiz mumkin.

❗️Eslatib o‘tamiz, olimpiadaning viloyat bosqichi 15-may kuni bo‘lib o‘tadi. Unda shahar va tuman bosqichida 1-o‘rinni egallagan o‘quvchilar ishtirok etishadi.

⚡️ Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!

Instagram l Telegram l Website l You Tube | Facebook