Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
55.2K subscribers
28.2K photos
2.67K videos
91 files
9.11K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Viloyatimiz hokimi Ulug‘bek Qosimov Sariosiyo tumanida 4,6 mlrd so‘mlik loyiha asosida yangidan qurilgan 180 o‘rinli bog‘cha binosini foydalanishga topshirish tadbirida ishtirok etdi.

Shuningdek, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid bilan tumandagi 18-sonli maktab faoliyati bilan tanishib, “Otalar yig‘ilishi”da qatnashishdi.

Tashrif davomida “Anorzor” kichik sanoat zonasida yo‘lga qo‘yilgan loyihalar bilan ham tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2014

#Surxondaryo #bogcha #yangibino #maktab #Otalaryigilishi #KSZ

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Videobayonot

⚡️"Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining Surxondaryo viloyat bosqichi bo‘lib o‘tadi

☑️
Joriy yilning 26-aprel kuni soat 11:00 da Prezident sovrini uchun o‘tkazilayotgan "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining ikkinchi - Surxondaryo viloyat bosqichi Termiz shahridagi 16-umumta'lim maktabida o‘tkaziladi.

🔘Tanlovda tuman bosqichida g‘olib bo’lgan maktablar terma jamoalari kuch sinashishadi.

🔹Mazkur hududiy bosqichda g‘olib bo‘lgan jamoalar:

🥇
1-o‘rin uchun – 250 mln so‘m;
🥈 2-o‘rin uchun – 200 mln so‘m;
🥉 3-o‘rin uchun – 150 mln so‘m
miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
🔹Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev Sariosiyo tumanida bo‘lib, "Lutfikor" mahallasi hududida joylashgan 35-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🔘180 o‘rinli mazkur maktabgacha ta'lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, manzildagi "Ma'naviyat sektori" ko‘zdan kechirildi.

☑️Boshqarma boshlig‘i tomonidan mas'ullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, tarbiyalanuvchilarni muntazam xorijiy tillar, mental arifmetika, musiqa va sport to‘garaklariga jalb etib borish bo‘yicha ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
✔️Musobaqalar va olimpiadalar oʻz qobiliyatingizni namoyon etish, oʻziga boʻlgan ishonchni oshirish va yetakchilik fazilatlarini rivojlantirish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Uzun tumanidagi 4-umumta'lim maktabining 1-2-3-4- sinf o’quvchilari o’rtasida;
Ona tili (diktant);
Matematika ( yozma ish):
O’qish ( test):
Tabiiy fan ( test) yo‘nalishlarida o’tkazilayotgan "Iqtidorli avlod" ko’rik-tanlovi zamirida ham ayni shu maqsadlar mujassam. Bugun mazkur maktabda ko’rik-tanlovning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi hamda o'quvchilar o'rtasidagi bellashuvlar boshlandi.

🔘"Iqtidorli avlod" ko’rik-tanlovi 4-umumta'lim maktabida ushbu hafta mobaynida davom etadi. Bizni kuzatib boring yakuniy natijalarni e’lon qilamiz!

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt