Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
39.6K subscribers
31K photos
2.99K videos
96 files
10K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
🔹Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev Termiz shahridagi 7-umumta'lim maktabida bo‘lib, ta'lim muassasasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🔘Maktabning obodligi, ta'lim-tarbiya jarayonlari, o‘quvchilar uchun faoliyat yuritayotgan to‘garaklar ko‘zdan kechirildi.

☑️Tanaffus davomida boshqarma boshlig‘i o‘quvchilar bilan suhbatlashib, yigit-qizlarning kelgusidagi orzu va maqsadlari bilan qiziqdi.

🔸Mas'ullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish orqali ularni turli yot g‘oyalardan asrash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
#Live
#Turon_teatri

🔘"Turon" maktab teatri respublika tanlovining Surxondaryo viloyat bosqichi qizg‘in va iliq taassurotlarga boy tarzda o‘tmoqda.

☑️Tanlovning 3-sharti ham o‘z yakuniga yetdi. Mazkur shartda o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan turli sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

🔹Bunda o‘g‘il-qizlarning teatr, san'at va madaniyat borasida iqtidorlari kashf etildi desak adashmaymiz.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
🎭"Turon" maktab teatri respublika tanlovining Surxondaryo viloyat bosqichi g‘oliblari taqdirlandi

🔹Qizg‘in, bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tgan "Turon" maktab teatri respublika tanlovining viloyat bosqichi o‘z yakuniga yetdi.

☑️Natijalar quyidagicha:

🥇1-o‘rin - Sherobod tumani
🥈2-o‘rin - Qiziriq tumani
🥉3-o‘rin - Denov tumani


🔸G‘olib va sovrindorlar Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev tomonidan munosib taqdirlandi.

🔘1-o‘rin sohiblariga so‘nggi rusumdagi 8 dona kompyuter, 2-o‘rin egalari uchun 8 dona zamonaviy planshetlar va 3-o‘rin sovrindorlariga 8 dona zamonaviy telefonlar topshirildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt