Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.8K subscribers
31.8K photos
3.12K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#live
#olimpiada
#Sariosiyo_tumani

⚡️Sariosiyo tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi boshlig‘ining tashabbusi bilan bugun tumanda ilk bora boshlangʻich sinf oʻquvchilari oʻrtasida ingliz tili, ona tili, matematika fanlaridan olimpiada bo‘lib o‘tmoqda.

☑️Unda tumandagi umumta'lim maktablarining 300 nafarga yaqin boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ishtirok etib, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishmoqda.

🔘Olimpiada g‘oliblari qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
👍143🥰3🤩1🕊1
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Har biringizda noyob isteʼdod, o‘ziga xos qobiliyat borki, ular dunyoni o‘zgartirib yuborishga qodir. Shunday ekan, erishgan yutuqlaringizda to‘xtab qolmay, faqat olg‘a qadam bosing, ijod qiling, boshqalarni ham ilhomlantiring!

Qatʼiyatingiz, azm-u qaroringiz uchun tashakkur aytaman!

-

Ваш труд и достижения в мире технологий не только вдохновляют, но и демонстрируют, что мир IT может быть местом для всех, независимо от пола.

Спасибо за ваше стремление и решимость!
👍61
#Direktorlar_kengashi
#Seminar_trening
#Termiz_shahri

⚡️Ayni paytda Surxondaryo viloyati direktorlar kengashining hududdagi maktab direktorlari va direktor o‘rinbosarlari uchun “Farovon maktab — zamonaviy rahbarlar boshqaruvida” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu seminar zamonaviy liderlarni kashf etish, ularning liderlik qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, 180 ga yaqin rahbar xodimlarni jalb qilmoqda.


✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
👍122🤩2🥰1👌1🕊1
Forwarded from Hilola Umarova
"Raqamli avlod qizlari-2024" Respublika tanlovining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Saida Mirziyoyeva ham qatnashgani ishtirokchi qizlarimizni behad quvontirdi va ular uchun katta motivatsiya bo‘ldi.

❗️5 kun davom etgan ushbu IT tadbirimizda butun Respublika bo‘ylab 3000 nafarga yaqin qizlarni qamrab oldik.

Zamonaviy kasblarni egallashga ishtiyoqi bo‘lgan qizlarimiz sonining kundan-kunga oshib borayotgani juda quvonarli holat, albatta.

Ularning shijoati, yangi bilimlarni egallashga chanqoqligi ko‘ngillarimizni faxr va iftixorga to‘ldiryapti.

⚡️Yakuniy natijalarga ko‘ra ishtirokchi qizlarimiz 4 ta yo‘nalishda g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi:

Digital Art yo‘nalishida: "Milliy va zamonaviy liboslar uyg‘unligi" loyihasi,

Startap loyihalar yo‘nalishida: "Choose and cook" loyihasi,

Grafik dizayn yo‘nalishida: 70 yil avval va so‘nggi 7 yilda xotin qizlarga berilayotgan imtiyozlar tahliliga bag’ishlangan taqdimot,

Startap loyihalar yo‘nalishida: "Bir qadam" loyihalari g‘olib deb topildi.

Gʻoliblar Birlashgan Arab Amirliklariga ta’lim sayohatini qo‘lga kiritishdi.

Barcha ishtirokchilarimizni samimiy tabriklab, ularning kelgusi faoliyatida ham omad tilayman!

⚡️Qizlarimiz o‘z ustlarida ishlab, bundan keyingi “Raqamli avlod” loyihalarida ham muvaffaqiyatli ishtirok etishadi, deb umid qilaman.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍131👏1
Forwarded from Denov tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi (Мусаев Анвар Зиядуллаевич)
"Yashil makon" loyihasi amalda

🌱 Bugun Denov tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tomonidan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida navbatdagi tadbir amalga oshirildi.

🌿 Unda bo‘lim boshlig‘i U.Xojiyev va boshqa mas'ullar, shuningdek, Denov tumanidagi 78-umumta'lim maktabi xodimlari faol ishtirok etib, maktab ekin maydonlariga turli mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekishdi.

Ma'lumot uchun, Denov tumanida bugungi kunga qadar "Yashil makon" dasturi doirasida jami 35 ming 828 dona daraxt ko‘chatlari ekilgan, ta’lim muassasalarida yashil maydonlarni ko‘paytirish uchun qator amaliy tadbirlar muntazam olib borilmoqda.


🕰 Sana: 30.03.2024-yil

Denov tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi matbuot xizmati

🌍 Kanalga ulanish: https://t.iss.one/denov_mmtb

I Facebook  I Telegram I Youtube I
👍112