Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.8K subscribers
31.8K photos
3.12K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Kun_hikmati

Eng og‘ir jang bu: aql bilan yurak o‘rtasidagi jangdir. Qay biri g‘olib bo‘lmasin, qurbon o‘zingsan.

             Said Ahmad

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
👍239🥰1🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Dolzarb_mavzu
#Mobil_qaramlik

Mobil qaramlik: zamonamiz kasalligidan farzandlarimizni qanday asrash mumkin?

➡️Mobil qaramlik o'zi nima? Uning qanday zararlari bor?

➡️Farzandi maktabda telefon ishlatsa, buning uchun ota-onalar jarimaga tortiladimi?

➡️Bolada mobil qaramlik aniqlanganda, mutaxassislar tomonidan qanday korreksion metodlardan foydalanish mumkin?

❗️Ko'pchilik o'quvchilarimiz korreksion metoddagi o'yinning yarmiga borib, davom ettirishni istashmaydi. Chunki, ular telefonga qaramlik ortidan nimalarni yo'qotib borishayotganini yaxshi tushuna boshlashadi.


“Dolzarb mavzu” loyihasining navbatdagi sonida ushbu mavzularga mas'ullar tomonidan javob berildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥42🕊1
#Kun_hikmati

O‘zing xohlagan narsalar uchun kurashmasang, yo‘qotadigan narsalaring uchun ham yig‘lama.

               Will Smith

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
👍182🎉2👌1🕊1
Ayrim maktablarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobarida mablag‘ ajratiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” Farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2024-yilda:

Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning bilimlarni baholash tizimi qo‘shimcha 1 000 ta maktabga joriy qilinadi.

2024-2025-o‘quv yilidan boshlab:


“Mening maktabim” loyihasi doirasida maktablarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobarida mablag‘ ajratiladi;

maktab direktorlari har besh yilda bir marotaba attestatsiyadan o‘tkaziladi.

2024-yil 1-sentabrdan boshlab:

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida maktablarga olis hududlardan qatnaydigan o‘quvchilar uchun bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
👍171👏1
Prezident farmoni:

2024-yil 1-sentabrdan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida tajriba-sinov tariqasida umumiy o‘rta ta’lim maktablariga olis hududlardan qatnaydigan o‘quvchilar uchun autsorsing asosida bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍324🔥1👌1🕊1
STEM fanlar olimpiadasining Surxondaryo viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Jarqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida bugun STEM fanlar olimpiadasining hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi.

🔹Olimpiadaning ochilish marosimida Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev ishtirok etdi.

📚Olimpiada jarayonlari fizika, kimyo, biologiya fanlaridan 3 bosqichda o‘tkazilayotgan bo‘lib, olimpiadaning viloyat bosqichiga jami 1200 nafarga yaqin 5-11-sinf o‘quvchilari qamrab olindi.


Ma'lumot uchun, hududiy bosqichda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar respublika bosqichiga yoʻllanma olishadi.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
👍112🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👩‍🏫Surxondaryo viloyatining olis hududlaridagi umumta'lim maktablarida ta'lim sifatini yuqori darajaga ko‘tarish maqsadida respublikaning turli hududlaridan jalb etilgan jami 116 nafar malakali o‘qituvchilar o‘quvchi yoshlarga ta'lim-tarbiya berib kelmoqda.

📽Viloyatning Boysun tumanida joylashgan 37-umumta'lim maktabi misolida tayyorlangan lavha "Mening yurtim" telekanalining "Hudud" axborot dasturi orqali efirga uzatildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
👍93🥰1🕊1
#Kun_hikmati

Ko‘ngilga kirmoq oson, ko‘ngildan chiqmoq ham oson. Ammo, chiqqan ko‘ngilga qayta kirmoq juda mushkul.

          Jaloliddin Rumiy

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
👍22🥰1
#Respublika_tashkilotlari

Ta'limga oid eng so'nggi yangiliklarni kuzatib borishni istaysizmi?

💬 Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi tashkilotlar hamda oliy ta'lim muassasalarining rasmiy sahifalari bilan tanishib boring:

✔️ Maktabgacha ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, sohaga doir yangiliklar ➡️ t.iss.one/mdokanal

✔️ Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar haqidagi eng qaynoq xabarlar ➡️ t.iss.one/piimauz

✔️ Pedagoglarning kasbiy rivojlanishi bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar ➡️ t.iss.one/avloniyuz

✔️ O'qituvchilar uchun foydali havolalar hamda sohaga doir yangiliklar ➡️ t.iss.one/uzluksiz_rivojlanish

✔️ Ustozlar uchun pedagogik ko'mak
➡️ t.iss.one/rtm_metodik_xizmat

✔️ Barkamol avlod bolalar maktablari haqida ➡️ t.iss.one/Barkamolbolalarmaktabi

✔️ Toshkent davlat pedagogika universiteti va uning faoliyati ➡️ https://t.iss.one/TDPU_uz

✔️ "Yangi O'zbekiston" universiteti faoliyati bilan bog'liq yangiliklar ➡️ t.iss.one/newuzbekistanuniversity

✔️ Fan olimpiadalari bo’yicha eng sara xabarlar
➡️ https://t.iss.one/olimpdep

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👩‍🏫O‘qituvchi iltimosi

Maktabga keldim deb, darsga kirmasa,
Yonida yo kitob, daftar boʼlmasa,
Yuragim achishib aytay bir narsa,
Uygʼoning onalar, gʼaflatda qolmang,
Iltimos, farzandlar yonini olmang.

Ilmsiz boʼlmasin, qalbi qotadi,
Qotgan qalbda esa zulm yotadi,
Qoʼyib bersak agar yurtni sotadi,
Uygʼoning onalar gʼaflatda qolmang,
Iltimos, farzandlar yonini olmang.

Maktabga kelishin nazorat qiling,
Ilmni asosiy maqsad deb biling,
Tilagim ustozning hamkori boʼling,
Uygʼoning, otalar, gʼaflatda qolmang,
Iltimos farzandlar yonini olmang.

Oʼqisin, ulgʼaysin, kamolga yetsin,
Kelajak kuniga ziyolar bitsin,
Keksalik gashtingiz rohatda oʼtsin,
Uygʼoning, onalar, gʼaflatda qolmang,
Otalar, iltimos eʼtiborsiz boʼlmang

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
👍444🔥3👏3🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev tumanning 68-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi

Batafsilhttps://t.iss.one/sariosiyohokimligi/39166

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulashish:
https://t.iss.one/sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|Twitter
👍17🤩31
26-fevral kuni "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" ko‘rik-tanlovining shahar va tuman bosqichlari bo‘lib o‘tadi

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘tkaziladigan "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" ko‘rik-tanlovining birinchi shahar va tuman bosqichi Surxondaryo viloyatining barcha hududlaridagi belgilangan manzillarda soat 11:00 da boshlanishi belgilangan.

🤝Shu munosabat bilan jurnalist, blogerlar, ijtimoiy tarmoq faollari va keng jamoatchilik vakillarini mazkur tanlov jarayonlarining ochiq, shaffof holda o‘tishini ta'minlash hamda jarayonlarni keng ommaga xolis yetkazib berish maqsadida hamkorlikka chaqiramiz.

☑️Ma'lumot uchun, tanlovning tuman bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan maktab jamoasiga 100 million so‘m, 2-o‘ringa 75 million, 3-o‘rin uchun esa 50 million so‘m pul mukofotlari ajratiladi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
👍182👌1