Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
62.9K subscribers
27.8K photos
2.62K videos
91 files
8.98K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Farzandingizga faqat gaplashishga mo‘ljallangan oddiy telefon olib berganmisiz yoki zamonaviy smartfonmi?
Anonymous Poll
48%
Oddiy telefon olib berganman
52%
Farzandim zamonaviy smartfondan foydalanadi
Farzandingiz ta’lim muassasasida bo‘lgan vaqtida, xususan dars jarayonlarida mobil telefondan foydalanadimi?
Anonymous Poll
18%
Ha, foydalanadi
82%
Yo‘q, u dars vaqtida telefonini o‘chirib qo'yadi
Farzandingizning telefonidagi dastur va u foydalanadigan veb-saytlarni muntazam ravishda nazorat qilib borasizmi?
Anonymous Poll
80%
Ha
20%
Yo‘q
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sherobod_tumani
#Seminar_trening

⚡️Sherobod tumanida psixologlarning bilim va malakasini oshirish maqsadida o'quv-seminari tashkil etildi.

Seminar jarayonida yoshlarni xulq-atvoridagi salbiy o'zgarishlarni bartaraf etish, ta'lim muassasalarida sog'lom psixologik muhitni yaratish, xulq-atvorida o'zgarishi bor o'quvchilarga psixologik yordam ko'rsatish masalalari ko'rib chiqildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
#malaka_toifasi

📣📣 Pedagoglar uchun muhim eslatma!

2022-yilda ta’lim tashkilotlarida 15 yillik uzluksiz ish stajiga ega bo‘lganligi uchun navbatdagi-majburiy attestatsiyadan ozod qilingan oliy malaka toifali (bosh o‘qituvchi lavozimidagi) pedagog kadrlar joriy yilgi navbatdagi-majburiy attestatsiyalarga jalb qilinmaydi.

O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 41-bandiga asosan normativ-huquqiy hujjatlar orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan qo‘llanilishi ko‘rsatib o‘tilgan.

⚡️ Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori bilan pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga kiritilgan o‘zgartirishlar 2022-yilning 2-avgustiga qadar 15 yil uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan hamda oliy toifaga ega (bunda oliy toifaga ega bo‘lganlik davri muhim emas) bo‘lgan pedagoglarga nisbatan tatbiq etilmasligini hamda mazkur masala bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 12-sentabrdagi 03-03/1-4619-son xati hozirgi kunda ham o‘z kuchida ekanligini ma’lum qilamiz.

❗️ Bu haqida vazirlikning ijtimoiy tarmoq sahifalarida ham o‘z vaqtida rasmiy munosabat berilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta'lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagoglar ro‘yxati keltirib o‘tilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Denov tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi (Mansurbek в сети)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🤵🤵‍♀Minbarda yoshlar

🔹"Ishonch" teleradiokompaniyasi hamda Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamkorligida yo‘lga qo‘yilgan "Minbarda yoshlar" teleloyihasining navbatdagi mehmonlari viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabining iqtidorli o‘qituvchi va o‘quvchilari bo‘lishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_hikmati

Eng og‘ir jang bu: aql bilan yurak o‘rtasidagi jangdir. Qay biri g‘olib bo‘lmasin, qurbon o‘zingsan.

             Said Ahmad

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
#Kun_hikmati

O‘zing xohlagan narsalar uchun kurashmasang, yo‘qotadigan narsalaring uchun ham yig‘lama.

               Will Smith

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
Ayrim maktablarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobarida mablag‘ ajratiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” Farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2024-yilda:

Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning bilimlarni baholash tizimi qo‘shimcha 1 000 ta maktabga joriy qilinadi.

2024-2025-o‘quv yilidan boshlab:


“Mening maktabim” loyihasi doirasida maktablarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobarida mablag‘ ajratiladi;

maktab direktorlari har besh yilda bir marotaba attestatsiyadan o‘tkaziladi.

2024-yil 1-sentabrdan boshlab:

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida maktablarga olis hududlardan qatnaydigan o‘quvchilar uchun bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
Prezident farmoni:

2024-yil 1-sentabrdan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida tajriba-sinov tariqasida umumiy o‘rta ta’lim maktablariga olis hududlardan qatnaydigan o‘quvchilar uchun autsorsing asosida bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
STEM fanlar olimpiadasining Surxondaryo viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Jarqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida bugun STEM fanlar olimpiadasining hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi.

🔹Olimpiadaning ochilish marosimida Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev ishtirok etdi.

📚Olimpiada jarayonlari fizika, kimyo, biologiya fanlaridan 3 bosqichda o‘tkazilayotgan bo‘lib, olimpiadaning viloyat bosqichiga jami 1200 nafarga yaqin 5-11-sinf o‘quvchilari qamrab olindi.


Ma'lumot uchun, hududiy bosqichda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar respublika bosqichiga yoʻllanma olishadi.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter