Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.9K subscribers
31.8K photos
3.12K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Ижтимоий тармоқлардаги муҳокамалар: Миллий гвардия нима учун мактаб ўқувчилари давоматига қизиқмоқда?

2023 йил давомида 3,5 минг жиноят айнан вояга етмаганлар томонидан содир этилган. Мазкур жиноят қатнашчиларининг 2.280 нафарини эса мактаб ўқувчилари ташкил этади.

Ўтган йил якунларига кўра, 50 минг нафар бола мунтазам равишда мактабга бормаган. Мактаб ўқувчилари томонидан содир этилган жиноятлар эса, асосан кундузги соат 9 дан 15 лар оралиғига тўғри келган.

Ёшлар ўртасида бундай ҳуқуқбузарликларнинг олдини олиш учун ўқувчи ёшлар диққатини интернетдан ажратиб олиш, уларни таълимга сидқидилдан ёндашишга ундаш учун эса катта куч, жиддий амалий ҳаракат зарур эди.

Бугун ўша ҳаракат бошланди. Ёшлар орасида профилактик тадбирларни амалга ошириш, хусусан сабабсиз дарсга келмаётган ўқувчиларни мактабга қайтариш мақсадида Миллий гвардия мактабларга жалб этилди.

Ижтимоий тармоқларда Миллий гвардия инспектор-психологлари томонидан ўқувчиларнинг давомати билан бирга, ўқитувчиларнинг фаолияти ҳам назорат қилинаётганлиги ҳақида хабарлар тарқалмоқда. Ҳозирда, айрим экспертларнинг фикрича, дарсга қатнашмаслик муаммо, лекин жиноят эмас.

Албатта, ижтимоий тармоқлардаги бундай фикрлар жозибадор, оммани ўзига қаратиши мумкин. Лекин, тўғри фикр эмас!

Барчамиз билишимиз зарурки, дарсга қатнашмаслик бугун жиноят эмасдир лекин, бу эртанги ишсизлик, эртанги миграция, эртанги маиший бузуқбозлик, эртанги экстремизм умуман олганда эртанги жиноятчилик учун потенциал омил ҳисобланади.

Хулоса ўзингиздан!

🌐 https://t.iss.one/AOKA_Surxondaryo
👍486🤩2🕊1
RASMIY MUNOSABAT

⚠️Ijtimoiy tarmoqlarda Denov tumanidagi 95-maktabda "Itlar jangi" uyushtirilganligi bo‘yicha tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz:

☑️Mazkur holat bo‘yicha Denov tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi hamda Milliy gvardiya qo‘riqlash bo‘limi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

95-maktab binolari 4 ta kuzatuv kamerasi orqali nazorat qilinadi. Maktabga Milliy gvardiya qo‘riqlash bo‘limi tomonidan "Tashvish tugmasi" o‘rnatilgan va nazoratga olingan.

Maktabda jami 3 nafar qorovul ishlaydi. Ta'lim muassasasi atrofi o‘ralgan bo‘lib, maktabning orqa tomonida yashovchi o‘quvchilarning kirib-chiqishi uchun qo‘shimcha darvoza mavjud.

🔹Videotasvirdagi holatlar maktab hududida doimiy kuzatilmagan. Joriy yilning 16-fevral kuni maktab qorovuli B.X. o‘z xizmat vazifasini bajarmay, ish vaqtida maktab hududini nazoratsiz qoldirganligi evaziga videotasvirdagi holat kelib chiqqan. O‘z ishiga mas'uliyatsizlik bilan yondashganligi sababli maktab qorovuli B.X. tegishli tartibda vazifasidan ozod etildi.

❗️Maktab hududida o‘zboshimchalik bilan noqonuniy harakatlarni sodir etganligi uchun videotasvirdagi fuqarolar bo‘yicha maktab direktori tomonidan tegishli organlarga murojaat qilindi. Ularga qonuniy chora ko‘rilishini ma'lum qilamiz.

🔸O‘rganish davomida maktab jamoasiga kelgusida bu kabi holatlar sodir bo‘lmasligining oldini olish bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
👍28🤩32
Сурхондарё вилояти ҳокими Улуғбек Қосимов иштирокидаги очиқ мулоқот давом этмоқда

Очиқ мулоқот «Сурхондарё» телеканали ва вилоят ҳокимлиги Ахборот хизматининг Youtubeдаги расмий саҳифаси орқали тўғридан-тўғри эфирга узатилмоқда.

Жонли эфирни томоша қилиш учун ҳавола:
https://www.youtube.com/live/dN9wIPVUYC4?si=9DeqXb1ppA8A7SWw

Савол, таклиф ва мурожаатларни эфир студиясига боғланган +998762235458 ва +998762235467 телефон рақамлари орқали ҳамда +998994820077 телеграм рақамига йўллашингиз мумкин.

🌐 https://t.iss.one/AOKA_Surxondaryo
👍171
Ulug‘bek Qosimov:
Ta’lim – maktabda, tarbiya – oilada bo‘lishi kerak. Afsuski, ayrim ota-onalarimiz farzandlarining tarbiyasiga, ayrim o‘qituvchilarimiz esa o‘quvchilar ta’limiga mas’uliyatsiz bo‘lmoqda.

Ba’zi maktablarga borganimizda o‘quvchilarning fanlardan hattoki daftari yo‘q, 11-sinf o‘quvchisi kompyuter haqida yosh bolalar bilishi kerak bo‘lgan bilimlarni ham bilmaydi.

Biz bolalarimizning ta’lim-tarbiyasini bugun to‘g‘ri yo‘lga qo‘ymasak ertaga kech bo‘ladi. Shuning uchun o‘qituvchilar uchun samaradorlik ko‘rsatkichlarini ishlab chiqyapmiz
"


Ochiq muloqotni jonli efirda tomosha qilish uchun havolalar:

You tube:
https://www.youtube.com/live/dN9wIPVUYC4?si=9DeqXb1ppA8A7SWw

Telegram: https://t.iss.one/tvsurxon

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍324
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ta'lim taraqqiyoti

📽"Ishonch" TRK hamda Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamkorligida tayyorlanayotgan "Ta'lim taraqqiyoti" teleko‘rsatuvida Sho‘rchi tumanida joylashgan 44-umumta'lim maktabi faoliyati xususida so‘z bordi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
👍104🔥1
🔴Surxondaryoda vazir jamg‘armasiga da’vogar pedagoglarni saralash imtihonlari boshlandi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan 2024-yilda har oylik ustamaga da’vogar pedagoglarning saralash imtihonlariga start berildi.

Viloyatimizda ayni vaqtda mazkur saralash jarayonlarining birinchi bosqichi — nomzodlarning dars beradigan umumta’lim fani bo‘yicha bilim darajasini baholash uchun test sinovlari o‘tkazilmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
👍302🥰2🕊2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ustoz_shogird

📍Ustoz va shogird maktablarda Milliy gvardiya bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar haqida.

⚡️Ta’limga barchamiz birdek mas’ulmiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
👍143
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Surxondaryo viloyati maktablarida o‘quvchilarga xorijiy til va kasb o‘rgatish amaliyoti keng yo‘lga qo‘yilmoqda

📺Denov tumanidagi maktablar misolida jarayonlardan tayyorlangan lavha "O‘zbekiston 24" telekanali orqali efirga uzatildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
👍114🤩1👌1🕊1
#Kun_hikmati

Vaziyat, vaqt va makondan qatʼiy nazar, qanday boʻlsa, xuddi shunday qolgan odamlar hurmatga loyiqdir.

Mixail Lermontov

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
👍205🕊2🔥1👏1
Diqqat!
Ommalashtirish.uz platformasi 1-mart kunidan ishga tushuriladi.

Hurmatli pedagoglar, Sizdan ommalashtirishga topshiriladigan metodik ishlarni 2024-yilning 1-mart sanasigacha maktab pedagogik kengashida tasdiqlatish so'raladi.

Shuningdek, 2024-yilning 20-fevralidan boshlab ommalashtirishga oid barcha savollar Ommalashtirishuzbot orqali qabul qilinadi va barcha savollarga javob beriladi.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
👍65🔥1
Brifing | Viloyat hokimining “Xalq bilan muloqot” ko‘rsatuvidagi chiqishida kelib tushgan murojaatlar tahlili

Xabaringiz bor, joriy yil 18-fevral kuni Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov “Surxondaryo” teleradiokanali orqali to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatiladigan “Xalq bilan muloqot” ko‘rsatuvida ishtirok etib, 2,5 soat davomida jurnalist hamda aholining savollariga javob bergan edi. Muloqotga fuqarolarimiz tomonidan fikr va mulohazalardan tashqari 1 268 ta murojaat yuborildi.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati tomonidan o‘tkazilgan brifingda mazkur ochiq muloqot davomida hamda undan keyin efir studiyasiga ulangan telefon raqamlari va telegram raqamiga kelib tushgan murojaatlar tahlil qilindi. Brifingda mas’ullar tomonidan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi muddatlari hamda ijrosi yuzasidan axborot berildi.

https://youtu.be/1ygxqK_XGLI
👍164
#Survey
#Сўровнома

Hurmatli kuzatuvchilar
!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘quvchi yoshlarning mobil telefondan foydalanishlari hamda ota-onalarning bu boradagi fikrlarini o'rganish maqsadida anonim so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

❗️Savollarga haqqoniy javob berishingizni so‘raymiz.


⚡️Faolroq bo’ling, sizning javobingiz biz uchun muhim!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
👍10🤩1
Farzandingizga faqat gaplashishga mo‘ljallangan oddiy telefon olib berganmisiz yoki zamonaviy smartfonmi?
Anonymous Poll
48%
Oddiy telefon olib berganman
52%
Farzandim zamonaviy smartfondan foydalanadi
👍2
Farzandingiz ta’lim muassasasida bo‘lgan vaqtida, xususan dars jarayonlarida mobil telefondan foydalanadimi?
Anonymous Poll
19%
Ha, foydalanadi
81%
Yo‘q, u dars vaqtida telefonini o‘chirib qo'yadi