Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
40.1K subscribers
30.5K photos
2.93K videos
96 files
9.86K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
“Ta’lim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar faoliyati samaradorligini oshirish: muammo va yechimlar” mavzusida viloyat seminari o'tkazildi

Tajribali fan metodistlari va umumta’lim maktablarida faoliyat olib borayotgan tajribali (lider) o‘qituvchilar tomonidan “Ta’lim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar faoliyati samaradorligini oshirish: muammo va yechimlar” mavzusida bugun Termiz tumanidagi
8-umumta'lim maktabida viloyat seminar-treningi o'tkazildi.

Unda Termiz tumanidagi ko'rsatkichi past maktablarning o'qituvchilari ishtirok etishdi. Tajribali pedagoglar tomonidan seminarlar davomida tizimdgi ilg'or o'zgarishlar, zamonaviy metodlar borasida yig'ilganlarga zarur ma'lumotlar berildi.

Qizg'in va bahs-munozaralarga boy tarzda o'tgan seminarda o'qituvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi, qolaversa hamkasblari bilan o'zaro tajriba almashishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
Surxondaryolik o'quvchilar ta'tilni maroqli o'tkazishmoqda

Fotosuratlarda Sherobod, Muzrabot va Uzun tumanlaridagi jarayonlar aks etgan.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
Sizga ma'lumotlarni asosan qaysi shaklda yetkazishimizni istaysiz?
Anonymous Poll
46%
Matn
23%
Rasm
32%
Videorolik
12%
Infografika
9%
Intervyu
MA'NAVIYAT MILLAT KO'ZGUSIDIR

Termiz shahridagi 12-umumta'lim maktabida Prezidentimizning tashabbusi bilan faoliyat yuritayotgan "Ma'naviyat sektori" doirasida "Ma'naviyat millat ko'zgusidir" mavzusida tadbir o'tkazildi. Tadbirda maktab o'qituvchilari shoiralar Nodirabegim, Uvaysiy, Saroymulkxonim, Zulfiyaxonim timsollarini yaratishdi. Ularning sheʼrlari, g'azallari yod olindi. Hayoti va ijodi guruhlar tomonidan keng yoritib berildi. Tadbir davomida o'qituvchilar "Ma'naviyat" tushunchasiga keng baho berib, aynan avlodlarimiz meroslari kelajagimiz uchun ko'zgu bo'lishini tushuntirib berishdi.

Tadbirda Termiz shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi xodimlari, mahalla, keng jamoatchilik vakillari, shuningdek, shahardagi maktablarning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari ishtirok etishdi. Tadbir so'ngida jamoalar Termiz shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi bo'limining faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter