Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.8K subscribers
31.8K photos
3.12K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i o'rinbosarlari tomonidan hududlarda o'rganish ishlari davom ettirilmoqda. Bugun boshqarma boshlig'i o'rinbosari Muhriddin Normurodov viloyatning Denov tumanida bo'lib, ta'lim muassasalarida "Surxondaryo tajribasi" sifatida yo'lga qo'yilayotgan "Ma'naviyat sektorlari" faoliyati bilan tanishdi.

Yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, ularni turli yot g'oyalardan asrash maqsadida tashkil etilayotgan "Ma'naviyat sektorlari" asosan xalqimizning milliy an'analari, ma'naviy-ma'rifiy durdonalarni o'zida mujassam etgan. O'rganish davomida sektorni yanada boyitib borish bo'yicha mas'ullarga taklif va tavsiyalar berildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
👍6👏1
#Kun_hikmati

Xato qilmaydigan inson bo'lishga urinmang, balki xatosidan dars oladigan inson bo'ling!

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
👍5👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida Oltinsoy tumanidagi 48-umumta’lim maktabining 30 nafar pedagog-o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan 4 kunlik o‘quv-amaliy seminar o'z nihoyasiga yetdi. Darslar jarayonida o‘qituvchilar bugungi kundagi zamonaviy ta’lim texnologiyalari, pedagogika va psixologiya yo‘nalishidagi yangiliklar bo‘yicha malaka oshirishdi.


Batafsil videoda👆

⚡️ Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!

Instagram l Telegram l Website l You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Oʼzbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni

2016-yil 19-dekabrdagi OʼRQ–414-son Qonunga asosan 8 yanvar – Oʼzbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni etib belgilangan.

Eslatib oʼtamiz, Bosh prokuror va unga boʼysunuvchi prokurorlar Oʼzbekiston hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.

Prokuratura organlari xodimlarini bugungi kasb bayrami bilan qizgʼin tabriklab, xalqimizning haqiqiy himoyachisi, adolat va qonuniylik posboni boʼlib, xalq manfaati yoʼlida ogʼishmay xizmat qilishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
👍3🔥1
#Sherobod_tumani
#Maʻnaviyat_sektori

Viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Taʼlim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtirish shoʼbasi mas'ullari tomonidan Sherobod tumanidagi umumtaʼlim maktablari va maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tashkil etilgan “Maʼnaviyat sektorlari” faoliyati, xonalarning jihozlanishi va meʼyoriy hujjatlarning yuritilish holati oʼrganildi. O'rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy yordam ko'rsatildi va mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berib o'tildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
👍3
Ayrim bog‘cha tarbiyalanuvchilarining davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi oziq-ovqat xarajatlari davlat budjetidan qoplab beriladi

❗️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PF-221-son Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-son hamda 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmonlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.

Unga ko‘ra:

2030-yil 1-yanvarga qadar maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi muassasa va tashkilotlarning (vazirlik markaziy apparati va uning hududiy bo‘linmalaridan tashqari) budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarga ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilanadi;

davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga to‘lanadigan ota-onalar badalidan ozod qilingan (boquvchisini yo‘qotgan xotin-qizlarning farzandlari) tarbiyalanuvchilarning davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi oziq-ovqat xarajatlari to‘liq davlat budjetidan qoplab beriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
👍4
📣 Attestatsiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborish 15-yanvardan boshlanadi

Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarining joriy yilgi attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlari 2024-yil 15-yanvardan boshlanadi. Ushbu toifadagi pedagoglar joriy yil yanvar-iyun oylarida o‘tkaziladigan attestatsiyada ishtirok etishlari uchun 15-yanvardan 1-martga qadar ro‘yxatdan o‘tishi va murojaat yuborishi mumkin.

❗️Buning uchun pedagoglar Vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan pedkadr.uzedu.uz platformasi orqali:

Nizomda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishi va murojaat yuborishi;

shaxsiy kabineti orqali malaka sinovi o‘tgan kunning o‘zidayoq attestatsiya natijalari bilan tanishishi;

attestatsiya yakunida pedagoglarga beriladigan QR-kod qo‘yilgan elektron shakldagi sertifikatlarni yuklab olishi mumkin.


🔹Mazkur platformani hozirgi kunda tegishli vazirlik va idorlarning elektron tizimlari bilan integratsiya qilish ishlari yakunlanmoqda.

Ma’lumot uchun: 2023-yilning 5-7-dekabr kunlari “pedkadr.uzedu.uz” elektron platformasi orqali 20 ta tuman (shahar) pedagoglari ishtirokida malaka toifalari berishning yangi tizimi kompyuterda real vaqt rejimida (onlayn) tajriba-sinovdan o‘tkazildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
👍6🔥1👏1
Forwarded from Surxondaryo viloyat Bolalar kutubxonasi📚📚📚 (Mahliyo Zoirovna)
❇️❇️ QISHKI TA'TIL KITOB BILAN

Surxondaryo Viloyat bolalar kutubxonasida

📚📚 TO'RTINCHI TASHABBUS
📝"Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish bo'yicha tizimli ishlarni tashkil  qilish maqsadida o'quvchilar "Kitob bilan bir kun" nomli tadbir bo'lib o'tdi. O'quvchilar kitob haqida  she'rlar va hikmatli so'zlar sahna ko'rinishlari namoyish etishdi.

Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram🎞You tube📱Facebook💟Instagram 🌐Web site
👍5🔥1🥰1