Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
54.7K subscribers
28.3K photos
2.69K videos
91 files
9.15K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Oliy ta'lim muassasasi bilan hamkorlik asosida o‘qituvchilarning malakasi oshirilmoqda

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti o‘rtasidagi hamkorlik asosida Oltinsoy tumanidagi 48-umumta’lim maktabining 30 nafar pedagog-o‘qituvchilari uchun ayni kunlarda 4 kunlik o‘quv-amaliy seminarlar bo'lib o'tmoqda.

Bugun navbatdagi o‘quv jarayonlarida viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev ishtirok etib, tizimda 2023-yil davomida olib borilgan ishlar va 2024-yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar yuzasidan so‘z yuritdi.

Ma'lumot uchun, seminar jarayonlarida o‘qituvchilar bugungi kundagi zamonaviy ta’lim texnologiyalari, pedagogika va psixologiya yo‘nalishidagi yangiliklar bo‘yicha malaka oshirishmoqda. Bu oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlikni mustahkamlabgina qolmay, bitiruvchilarni oliy ta'limga qamrab olish darajasini oshirishda ham xizmat qiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Kun_hikmati

Intizom - bu maqsadlar va ularga erishish o'rtasidagi ko'prik.

Jim Rohn

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
17:00:00-18:00:00
RADIO 24
#OAV_biz_haqimizda
#Oʻzbekiston_24_radiokanali

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev 2023-yil davomida tizimda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma'lumot berdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Vazirlikdan_tuhfa

📣📣 Farzandingiz qishki ta'til kunlarini mazmunli o'tkazishi uchun maxsus loyiha!

❗️Zamonamizning eng talabgir sohalaridan birini chuqurroq o'rganish uchun ajoyib imkoniyat!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Informatika va axborot texnologiyalari fanidan 5-11 sinf o'quvchilari uchun 200 dan ortiq video-darslar yaratildi.

Bu darslar orqali o'quvchilarimiz ta'til kunlarida o'z bilimlarini mustaqil oshirishlari mumkin!

👇 Darslar bilan quyida tanishing:

1. Matnli hujjat bilan ishlashni boshlash
2. Matnda sichqon va klaviaturadan amallari
3. Matnni belgilash, tahrirlash va o‘chirish
4. Matnni ko‘chirish
5. Asosiy tugmalarni tanlash. Hujjatni chop etish
6. Save tugmasi va hujjatni qulay nom bilan saqlash
7. Matnni tekshirish
8. Tasvirlar bilan ishlashni boshlash. Line uskunasidan foydalanish
9. Pencil va Brush uskunalaridan foydalanish
10. Chiziqning qalinligi va rangini oʻzgartirish. Shakllar chizish
11. Tasvir qismlaridan nusxa olish, kesib tashlash yoki joylashtirishdan foydalanish
12. Eraser uskunasi. Tasvirni saqlash
13. Diagrammalar bilan ishlashni boshlash. Axborotni tasniflash(guruhlash)
14. Axborotni qiymatini hisoblash. Piktogramma yaratish
15. Jadvallar yaratishda Microsoft Excel dasturidan foydalanish
16. Diagramma va unga maʼlumotlar kiritish. Diagramma turini tanlash. Diagrammaga x-oʻqi, y-oʻqi hamda diagramma nomini joylash
17. Diagrammadan xulosa chiqarish. Ustunli diagramma ustunlari rangini oʻzgartirish
18. Dasturlashni boshlash. Robotni labirint boʻylab harakatlantirish
19. Blok-sxema yaratish. Burchaklar bilan ishlash
20. Spraytlarni oldinga va turli yoʻnalishlarga harakatlantirish
21. Debaglash (xatolar aniqlash) jarayoni
22. Qidiruv tizimlarida ishlashni boshlash
23. Veb-brauzerlar. Qidirish tizimlari
24. Elektron pochtada ishlash. Elektron pochta
25. Yangi elektron xat yozish. Amaliy mashgʻulot
26. Qabul qiluvchining manzilini kiritish. Xatni oʻqish va unga javob qaytarish
27. Elektron pochtada xabarlarni uzatish va formatlash
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yil sarhisobi: Maktablar sharoitlarini yaxshilash va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha bajarilgan ishlar

Surxondaryo viloyatida 2023-yil 2 ta yangi maktab qurildi, 38 ta maktab rekonstruksiya qilindi va 62 ta maktab mukammal ta’mirlandi, 429 ta maktab joriy ta’mirlanib, 200 mingdan ortiq o‘quvchilar uchun zamonaviy ta’lim olish sharoitlari yaratildi.

Viloyatdagi 948 ta maktab 5 mingdan oshiq kompyuter, 1 520 ta doska, 460 to‘plam o‘quv partasi hamda 7 turdagi musiqa asboblari hamda sport jihozlari bilan ta’minlandi. 150 ta maktab hojatxonasi zamonaviy talablar asosida ta’mirlandi va 124 ta maktab devor bilan o‘raldi.

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan “Otalar yig‘ilishi” va “Otalar qabuli kun”lari tashkil etilishi natijasida o‘quvchilarning sababsiz dars qoldirishi 12,5 foizga kamayib, o‘zlashtirish darajasi 30 foizga oshdi.

Foto: Termiz tumanida umumiy qiymati 15,6 mlrd so‘m bo‘lgan 528 o‘rinli maktabning foydalanishga topshirilishi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
🔰Xabaringiz bor, taʼlim islohotlarini birgalikda amalga oshirish, mavjud muammolarni muhokama qilish va ularning yechimi boʻyicha qishki taʼtil davrida oʻqituvchilar ishtirokida oʻquv seminar-treninglar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Shu maqsadda joriy yilning 6-yanvar kuni Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamkorligida “Ustuvor maqsad – sifatli ta’lim” mavzusida oʻquv seminari tashkil etildi.

Mazkur seminarda barcha fan yoʻnalishlarida soha mutaxassislari, ilmiy darajaga ega professor-o‘qituvchilar hamda fan metodistlari tomonidan treninglar hamda ochiq muloqotlar olib borildi.

Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi matbuot xizmati 👇👇👇

Telegram|Facebook|Website|Youtube|Instagram
⭕️⭕️⭕️

“Kitob bilan bir kun” shiori ostida onlayn tanlov e’lon qilinadi!

📚 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘quvchilarning qishki ta’tilini maroqli o‘tkazish maqsadida "Kitob bilan bir kun" shiori ostida respublika onlayn tanlovi e’lon qilinadi!

TANLOV SHARTLARIGA KO"RA:

1️⃣ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan kitoblardan birini o‘qishi va videorolik tayyorlash;

2️⃣ Asar haqida qisqacha tushuncha berib, asar qahramonlaridan birini ijro etib berish;

3️⃣ Videorolik 10 MBdan oshmasligi va 5 daqiqa bo‘lishi talab etiladi.

Videoroliklar 2024-yilning 6-16-yanvar kunlari soat 18:00 ga qadar telegramdagi @tanlov_admin05 manziliga yuborilishi lozim.

🏆G‘oliblar 17-yanvar kuni e’lon qilinadi.

🧷 Eng yaxshi deb topilgan videoroliklar Maktabgacha va maktab talimi vazirligining quyidagi sovg‘alari bilan taqdirlanadi!

🥇1-o‘rin: 2 ta tikuv moshinasi, ovoz kuchaytirgich hamda smart soat;

🥈2-o‘rin: 1 ta tikuv moshinasi, ovoz kuchaytirgich hamda smart soat;

🥉3-o‘rin: 2 ta tikuv moshinasi va smart soat.

🎁Sovg‘alar g‘olib va sovrindor bo‘lgan ishtirokchilarning ta’lim muassasalariga taqdim etiladi (smart soat ishtirokchining o'ziga).


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryolik 2 nafar o'qituvchi respublika kuchli o'nligi safida

Bugun poytaxtimizda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘qituvchilari o‘rtasida “Lider o‘qituvchilar” hamda o‘quvchilar o‘rtasida “Robo-Coding” olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

Unda surxondaryolik o'qituvchi va o'quvchilar faol ishtirok etishdi. Termiz shahridagi Prezident maktabining kimyo fani o'qituvchisi Sadriddin Xolmatov hamda Denov tumanidagi 2-son ixtisoslashtirilgan maktabining kimyo fani o'qituvchisi Davron Yusupovlarning bilim va malakalari yuqori baholanib, ular kimyo fani bo'yicha Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi o'qituvchilarning respublika bo'yicha kuchli o'nligidan o'rin egallashdi. O'qituvchilarimizga Kimyo fani kengashi a'zoligiga qabul qilinganliklari bo'yicha maxsus sertifikatlar topshirildi.

Faol pedagogoglarimizni ushbu yutuq bilan qutlaymiz va kelgusida bundanda ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter