Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
59.2K subscribers
28.1K photos
2.66K videos
91 files
9.09K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
O'smirlarga kitob sovg'a qilindi

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mas'ullari tomonidan bugun viloyat voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markazidagi o'smirlar uchun turli 10 nomdagi badiiy adabiyotlar va 50 nusxa kitoblar sovg'a qilindi.

Manzildagi bolalarga ushbu kitoblar taqdimot qilinib, kitobxonlikning hayotimizdagi ahamiyati borasida tushuntirish berildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Maktab oshxonalaridagi holat o'rganilmoqda

Viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining ishchi guruhi tomonidan Termiz shahridagi umumta'lim maktablari oshxonalari o'rganilmoqda.

Bunda maktab oshxonalari holati va tadbirkorlar tomonidan oshxonalarda sotilayotgan mahsulotlar va tayyorlanayotgan taomlar sifati o'rganilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas'ullarga tushunchalar berilmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Мактаб ўқувчилари учун қишки таътил қачондан бошланади?

Мактаб ўқувчилари учун II чоракнинг сўнгги куни 27 декабрга тўғри келиб, 28 декабрь куни қишки таътилнинг илк куни саналади.

Таътил 14 календарь кун, яъни 2024 йил 10 январгача давом этади. III чорак 2024 йилнинг 11 январидан бошланади.

Эслатиб ўтамиз, талабалар учун қишки таътил 25 декабридан бошланиб, 2024 йилнинг 7 январига қадар давом этиши эълон қилинган эди.

🌐 https://t.iss.one/AOKA_Surxondaryo

Telegram | Facebook | You Tube | Web-site
#Denov_tumani

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri kubogi uchun Denov tumanidagi maktablarning 10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Vatanparvarlar" harbiy sport musobaqasi o‘tkazildi.

Qizg‘in kechgan musobaqa natijalariga ko‘ra, tumandagi 24-umumta'lim maktabining "Janub qalqonlari" jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Yakunda g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Mavsumni betalofat o‘tkazish - bosh maqsad

Bugun viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari M.Normurodov va boshqarma mas'ullari tomonidan Bandixon tumanidagi umumta'lim maktablarida isitish tizimining holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida isitish qozonlarining mavsumga shayligi, isitish bosimi ko‘zdan kechirildi.

Mavsumni betalofat o‘tkazish, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Sariosiyodagi 62-maktabga qo‘shimcha bino qurib berildi

Sariosiyo tumanidagi 62-umumta'lim maktabining homiylar ko‘magi asosida qurilgan 90 oʻrinli yangi binosi bugun tuman hokimi, keng jamoatchilik vakillari va nuroniylar ishtirokida foydalanishga topshirildi.

1 mlrd 200 mln so‘m mablag‘ evaziga qurilgan yangi binoda o‘quvchilarning sifatli ta'lim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

1982-yilda qurilgan 62-maktab ilgari 200 o‘ringa ega bo‘lgan bo‘lsa, endilikda 290 o‘ringa ega bo‘ldi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube