Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
39.7K subscribers
31K photos
2.98K videos
96 files
10K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Kun_hikmati

Ko’zlaringiz yulduzlarda, oyoqlaringiz esa yerda bo’lsin.

Teador Ruzvelt


✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Siyosiy-ma'rifat soati

Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida maʼlumot berib boruvchi "Siyosiy-maʼrifat soati" taqdim qilindi.

Shuningdek, mazkur oʼquvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda you tubedagi https://youtu.be/BBywxDHeL80?si=Hc6H2NmRGjJJ1A26 sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

Boshlangan yangi ish kuningiz muvaffaqiyatli va xayrli oʼtsin!

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Infografika
#Sarhisob

🔰 Surxondaryoda 3-6 yoshdagi 255 ming 705 nafar bolalar mavjud bo'lib, 2023-yil boshida 154 ming 975 nafar(60,6 %) bolalar 2 ming 444 ta maktabgacha ta'lim tashkilotiga qamrab olingan edi.

🔰 Bugungi kunga kelib 158 ming 494 nafar(62 %) bolalar mavjud
2 ming 743 ta maktabgacha ta'lim tashkilotiga qamrab olindi.

🔰 Viloyatda maktabgacha ta'lim tashkilotlari soni 299 taga ortdi, qamrov darajasi esa 60,6 % dan 62 % ga oshirildi.


✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#kitob_marafoni

🔰 Bugun, Sariosiyo tumanidagi 35-sonli umumtaʼlim maktabida "MAKTABIMGA KITOB SOVGʻA QILAMAN" aksiyasi doirasida kitoblar marafoni o'tkazilmoqda.

✔️Bunda ko'zlangan asosiy maqsad:

🔹O'quvchi yoshlarni ma'naviyatini yuksaltirish;
🔹Kitobga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish;
🔹Kitobning hayot chirogʻi ekanligini anglatish va ho-kazolar

📌Edisondan hayotining oxirida "Muvaffaqiyatlaringizning sababi nima?" deb soʻrashganda u:
"Uzluksiz, bardavom kitob mutolaa qilib, noumid boʻlmasdan ishlaganim", deb javob bergan.


Shunday ekan Kitob oʻqing, zero u bizning qadrdon do`stimizdir... U bizni farovonlik sari yetaklaydi...

✍️Sariosiyo tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi matbuot xizmati.

🌐Bizni
kuzatib boring
🔽
Telegram|Facebook|YouTube|Instagram.
🔴Maktabgacha maktab ta'limi vazirligining 2023-yil 14-dekabrdagi 06-06/3-3389-sonli ko'rsatma xati bilan ta'lim muassasalarida Yangi yil bayrami tadbirlarini o'tkazish bo'yicha tavsiyalar berildi.

Unga ko'ra:

ta’lim tashkilotlari hududi, binosi hamda sinf xonalarini tartibga keltirish, maktab hovlisidagi tabiiy archani (agar bo‘lsa) o‘quvchi va tarbiyalanuvchilar tomonidan yasalgan turli bezaklar bilan bezatish;

maktab foyesi, faollar yoki sport zallarini o‘quvchi va tarbiyalanuvchilar tomonidan yasalgan turli bezaklar bilan bezatish;

bayram tadbirlarini ta’lim tashkilotlari hududida, qiziqarli holda tashkil etish va muassasa hududini bayramona bezatish;

bayram tadbirlarini ta’lim tashkilotlarining guruhlarida va boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun sinf xonalarida, dars mashg‘ulotlariga xalaqit bermagan holda o‘tkazish;

ta’lim tashkilotlarining yuqori sinflari o‘rtasida o‘quvchilar tomonidan tayyorlanadigan bezaklar (qog‘ozdan yasalgan qor parchalari va boshqa Yangi yil bayramiga xos bo‘lgan bezaklar) tanlovi, “Eng chiroyli bezatilgan sinf” va “Eng yaxshi Yangi yil tabriknomasi” (sinf nomidan maktabga, o‘qituvchilarga, ota-onalarga) kabi ko‘rik-tanlovlar tashkil etish tavsiya etiladi.

❗️Quyidagilar taqiqlanadi:

bayram bahonasida tabiiy archa daraxtlarining shoxlarini sindirish yoki ularni boshqa joyga ko‘chirish;

maktabni turli xil elektr yoritgichlar bilan yasatish;

o‘quvchilar tomonidan turli xil pirotexnik vositalarni olib kelish hamda ulardan foydalanish;

bayramni nishonlash bahonasida o‘quvchilar va pedagog xodimlar tomonidan noqonuniy pul yig‘imlarini tashkil etish;

bayramni restoran, kafe va boshqa umumiy ovqatlanish shoxobchalarida o‘tkazish;

o‘quvchilar va ularning ota-onalari tomonidan bayram munosabati bilan ta’lim tashkiloti rahbariyati va pedagog xodimlariga turli xil sovg‘alar taqdim etish.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Jurnalist va blogerlar hamda Axborot xizmatlari rahbarlari uchun navbatdagi seminar-trening o‘tkazildi

Surxondaryo viloyati hokimining tashabbusi bilan axborot makonida Surxon vohasi imijini shakllantirish, OAV vakillari va ijtimoiy tarmoq faollari bilan davlat boshqaruvi hamda mahalliy hokimiyat organlarining o‘zaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida navbatdagi seminar-trening o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston milliy axborot agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari, huquqshunos, bloger Hushnudbek Xudoyberdiyev ishtirok etdi. Axborot xizmatlari, jurnalist va blogerlar uchun OAV etikasi hamda kopirayterlik mahorati mavzusida bo‘lib o‘tgan seminar-trening qiziqarli va ochiq muloqot shaklida o‘tkazildi.

Axborot makonida imijni shakllantirish, bunda axborot xizmatlarining roli, jurnalist va blogerlar uchun OAV etikasi hamda boshqa masalalarda batafsil axborotlar hamda tushuntirishlar berildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan batafsil javoblar olishdi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
t.iss.one/axborot_xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
“Direktorlar kengashi” qanday tuzilma?

❗️“Direktorlar kengashi” tarkibi joylardagi eng tajribali umumta’lim muassasalari direktorlaridan iborat.

Kengash umumta’lim muassasalari direktorlarini lavozimiga tayinlash bo‘yicha tavsiya beruvchi maslahat organi hisoblanadi.

U o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida yuritadi, oshkoralik, kollegiallik, o‘zaro hurmat, teng huquqlilik tamoyillariga amal qiladi va Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisobdor hisoblanadi. Kengash tarkibi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

“Direktorlar kengashi” tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar vazirlikning hududiy bo‘linmalari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
🎄 Surxondaryo viloyatida Yangi yilning bosh archasi o‘rnatilgan manzillar hamda bayram konsert tomoshalari o‘tkaziladigan vaqtlar bilan tanishing:

📍 Termiz shahar hududida (2023-yil 25-dekabrdan – 2024-yil 5-yanvarga qadar har kuni soat 10:00, 16:00, 19:00):
● “San’at saroyi” majmuasi;
● “Alisher Navoyi” haykali oldidagi maydon;
● “Yoshlar saylgohi” istirohat bog‘i;


📍 Angor tumani hududida (2023-yil 25-dekabrdan – 2024-yil 5-yanvarga qadar har kuni soat 11:00, 15:00, 19:00):
● Sport maktabi o‘yingohi;

📍 Bandixon tumani hududida (2023-yil 25-dekabrdan – 2024-yil 5-yanvarga qadar har kuni soat 10:00, 15:00, 19:00):
● “Bektepa” mahallasi hududi;

📍 Boysun tumani hududida (2023-yil 25-dekabrdan – 2024-yil 5-yanvarga qadar har kuni soat 11:00, 15:00, 19:00):
● “Yoshlar istirohat bog‘i”;

📍 Denov tumani hududida (2023-yil 25-dekabrdan – 2024-yil 5-yanvarga qadar har kuni soat 11:00, 15:00, 19:00):
● “Denov baraka yashil olami” savdo majmuasi hududi;

📍 Jarqo‘rg‘on tumani hududida (2023-yil 25-dekabrdan – 2024-yil 5-yanvarga qadar har kuni soat 11:00, 15:00, 19:00):
● “Asr” savdo majmuasi oldidagi ochiq maydon;

📍 Muzrabot tumani hududida (2023-yil 25-dekabrdan – 2024-yil 5-yanvarga qadar har kuni soat 10:00, 15:00, 19:00):
● “Shodlik” istirohat bog‘i;

📍 Oltinsoy tumani hududida (2023-yil 25-dekabrdan – 2024-yil 5-yanvarga qadar har kuni soat 11:00, 15:00, 19:00):
● “Yangi O‘zbekiston” istirohat bog‘i;

📍 Sariosiyo tumani hududida (2023-yil 25-dekabrdan – 2024-yil 5-yanvarga qadar har kuni soat 11:00, 15:00, 19:00):
● “Shaxtiyorlar” o‘yingohi;

📍 Termiz tumani hududida (2023-yil 25-dekabrdan – 2024-yil 5-yanvarga qadar har kuni soat 11:00, 15:00, 19:00):
● At-Termiziy ko‘chasi, tuman hokimligi binosi oldidagi maydon;

📍 Uzun tumani hududida (2023-yil 25-dekabrdan – 2024-yil 5-yanvarga qadar har kuni soat 10:00, 16:00, 19:00):
● “Turon” o‘yingohi;

📍 Qiziriq tumani hududida (2023-yil 25-dekabrdan – 2024-yil 5-yanvarga qadar har kuni soat 11:00, 15:00, 19:00):
● “Bolajon” istirohat bog‘i;

📍 Qumqo‘rg‘on tumani hududida (2023-yil 25-dekabrdan – 2024-yil 5-yanvarga qadar har kuni soat 10:00, 15:00, 19:00):
● Bolalar sport maktabi o‘yingohi;

📍 Sherobod tumani hududida (2023-yil 25-dekabrdan – 2024-yil 5-yanvarga qadar har kuni soat 10:00, 14:00, 18:00):
● Yangi sport majmuasi oldi qismi;

📍 Sho‘rchi tumani hududida (2023-yil 25-dekabrdan – 2024-yil 5-yanvarga qadar har kuni soat 11:00, 15:00, 19:00):
● “Charog‘on” istirohat bog‘i.

Surxondaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Sevimli_zamon

Denov tumanida "Ustozlar bog'i" tashkil etildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Huquqiy_savodxonlik

MАNSАB SOXTАKORLIGI
davlat organlari yoki mahalliy oʼzini-oʼzi boshqarish organlari mansabdor shaxslari yoxud xizmatchilari tomonidan gʼarazgoʼylik yoki boshqa manfaatlarni koʼzlab rasmiy hujjatlarga bila turib soxta maʼlumotlar va yozuvlar kiritishi, hujjatlarni qalbakilashtirishi yoki bila turib soxta hujjatlar tuzishi va taqdim etishga oid korrupsiya jinoyati.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
O'smirlarga kitob sovg'a qilindi

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mas'ullari tomonidan bugun viloyat voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markazidagi o'smirlar uchun turli 10 nomdagi badiiy adabiyotlar va 50 nusxa kitoblar sovg'a qilindi.

Manzildagi bolalarga ushbu kitoblar taqdimot qilinib, kitobxonlikning hayotimizdagi ahamiyati borasida tushuntirish berildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube