Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
65.6K subscribers
27.6K photos
2.6K videos
91 files
8.9K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Maktablarga futbol toʼplari topshirildi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-apreldagi 115-sonli qarori hamda FIFАning «Football for schools» - «Maktablarda futbol» loyihasi boʼyicha Surxondaryo viloyati futbol Assotsiatsiyasi va Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi hamkorligida viloyatdagi, xususan, Termiz shahar, Qiziriq va Qumqoʼrgʼon tumanlaridag 36 ta umumiy oʼrta taʼlim maktablarida tashkil etilgan futbol toʼgaraklari faoliyatini rivojlantirish va iqtidorli oʼquvchilarni aniqlash va Oʼzbekiston Milliy, Olimpia va turli yoshdagi terma jamoalarga yetkazisb berish maqsadida umumiy oʼrta taʼlim maktablariga futbol toʼplari Oʼzbekiston Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan o'tkazib berish rejalashtirilgan.

Shu jumladan, Termiz shahridagi loyihaga kiritilgan 12 ta, jumladan, 1-, 2-, 3-, 5-, 7-, 8-, 9-, 11-, 12-, 13-, 24- va 26-maktablarga 5 tadan, jami 60 dona futbol toʼplari topshirildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram
Boysunlik o'quvchilarimiz "Huquqiy-ma'rifiy bilimdon" ijodiy ko'rik-tanlovining respublika bosqichida ishtirok etishmoqda

Boysun tumanidagi 5-maktab o‘quvchilaridan tarkib topgan jamoa ayni vaqtda "Huquqiy-ma'rifiy bilimdon" ijodiy ko'rik-tanlovining respublika bosqichida viloyatimiz sha'nini himoya qilishmoqda.

Jamoaga omad va muvaffaqiyat tilab qolamiz!

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Surxondaryoda malaka toifa berishning yangi tartibi tajriba-sinovdan oʼtkazildi

Umumtaʼlim muassasalarida faoliyat koʼrsatayotgan pedagoglar uchun toifa berishning yangi tartibi asosida 6-7-dekabr kunlari Boysun va Sherobod tumanlaridan 400 nafarga yaqin pedagoglar ishtirokida tajriba-sinov jarayonlari o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Bugun Termiz shahridagi 26-umumtaʼlim maktabida mazkur jarayonlarga start berildi. Qayd etish joizki, malaka-sinov natijalaridan test topshiriqlari va tajriba-sinov jarayonlari tahlili uchun foydalaniladi.

Eslatma: pedagoglarni tajriba-sinovda qatnashganlik natijalari ularga malaka toifalarini belgilashga yoki lavozimiga loyiqlik masalalarini koʼrib chiqishga taʼsir qilmaydi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube