Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
64K subscribers
27.7K photos
2.6K videos
91 files
8.92K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
SURXONDARYODA PSIXOLOGLAR FORUMI BO'LIB O'TDI

Bugun Termiz shahrida joylashgan 26-umumta'lim maktabida "Maktabgacha va maktab ta‘limi tizimidagi ijtimoiy-psixologik xizmat va kasb-hunarga yo‘naltirishda innovatsion yondashuv" mavzusidagi psixologlar forumi bo‘lib o‘tdi.

Forumda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i X.Mamadiyev ishtirok etib, bugungi shiddatli davrda yoshlar tarbiyasida psixologlarning tutgan o'rni haqida to'xtaldi va forum ishtirokchilarini bayram bilan tabrikladi.

Shuningdek, forumda O'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi va boshqa hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi. Forum yakunida yil davomida faol mehnat qilgan soha xodimlariga boshqarma va hamkor tashkilotlarning qimmatbaho esdalik sovg'alari va tashakkurnomalari topshirildi. 

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SURXONDARYODA PSIXOLOGLAR FORUMI BO'LIB O'TDI

Bugun Termiz shahrida joylashgan 26-umumta'lim maktabida "Maktabgacha va maktab ta‘limi tizimidagi ijtimoiy-psixologik xizmat va kasb-hunarga yo‘naltirishda innovatsion yondashuv" mavzusidagi psixologlar forumi bo‘lib o‘tdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Tabriklaymiz

Kuni kecha Termiz shahridagi Yoshlar markazida Mental arifmetika bo'yicha respublika ochiq olimpiadasi bo'lib o'tdi. Unda Termiz shahridagi 10-maktabning 7-sinf o'quvchisi Shirinoza Saitova ishtirok etib, bir vaqtning o'zida mutloq g'oliblikni va oliy o'rinni qo'lga kiritdi.

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi jamoasi ushbu muvaffaqiyat bilan o'quvchimiz Shirinoza Saitovani, uning ota-onasini va ustozi Saodat Tashtemirovani muborakbod etadi! Kelgusida bundanda ulkan zafarlar yor bo'lsin!

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Xalqaro_tajriba

O‘zbekistonning PISA 2022 tadqiqotidagi natijalari eʼlon qilindi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Jahon banki va OECD tashkiloti hamkorligida O‘zbekistonning PISA 2022 tadqiqoti natijalariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tdi.

❗️Mazkur tadbir PISA 2022 tadqiqoti natijalarining xalqaro darajada eʼlon qilinishi munosabati bilan tashkil etildi.

Konferensiyani kirish so'zi bilan vazir Hilola Umarova ochib berdi:

Prezidentimiz tomonidan zamonaviy ko‘nikmalarga ega, keng dunyoqarashli zamonaviy kadrlar tayyorlash hamda ta’lim tizimini takomillashtirishdagi xalqaro integratsiya masalalariga alohida e’tibor qaratib kelinayotganligi barchaga yaxshi ma’lum.

Bugun e'lon qilingan O‘zbekiston ta’lim tizimining PISA tadqiqotlaridagi ilk natijalarini oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erishishdagi keyingi qadamlarimiz uchun juda muhim omil bo‘lib xizmat qilishiga ishonaman.


Albatta, sohada yutuqlarimiz qatorida ba’zi muammolarimiz ham bor, buni yashirmaymiz. Ammo niyatimiz ham, maqsadimiz ham shuki, biz bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solganmiz. Buning uchun malakali mutaxassislarimiz, mehnatkash ustoz-o‘qituvchilarimiz bilimi va salohiyatiga suyanamiz.
___________

PISA 2022 tadqiqotida, O‘zbekistondagi 15 yoshli o‘quvchilar matematika fanidan jami 364 balni qo'lga kiritdi.

❗️Mazkur yo‘nalishda o‘g‘il bolalar qizlarga qaraganda balandroq, maktablar joylashuvi bo‘yicha tahlil qilinganda shahar maktablari qishloq maktablaridan yaxshiroq natija qayd etdi.

Shuni alohida ta'kidlash joizki, PISA 2022 tadqiqotda ustuvor yo‘nalish etib matematika belgilangan edi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SVBK

8 dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Viloyat bolalar kutubxonasida Termiz shahridagi 4-sonli umumta'lim maktab o'quvchilari ishtirokida "Konstitutsiya o'zimizniki "nomli tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda o'quvchilar tomonidan  Vatan haqidagi kuy qo'shiqlar va adabiy kecha sahna ko'rinishlari namoyish etildi.


Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram🎞You tube📱Facebook💟Instagram 🌐Web site