Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.8K subscribers
31.8K photos
3.12K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#tadbir

“Hech bir ota o‘z farzandiga go‘zal odobdan ham ortiqroq hadya bera olmaydi”

(Termiziy rivoyati)

Denov tumanidagi 77-umumiy o'rta ta'lim maktabida navbatdagi "OTALAR YIG'ILISHI" bo'lib o'tdi.

Unda 2-sinf o'quvchilarining otalari hamda bobojonlari navbatdagi otalar yig'ilishida ishtirok etishdi. Yig'ilishga tashrif buyurgan otalarga farzand tarbiyasida ularning o'rni, ta'lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan keng-ko'lamli islohotlar hamda o‘quvchi yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va boshqa qator dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Tadbirda 2-sinf o'quvchilari tomonidan tayyorlangan "Otajonim" nomli kichik konsert dasturi ham namoyish etildi.

🌐 Telegram:  t.iss.one/school77denov
🌐 Facebook:
fb.com/school77denov
#Muzrabot_tumani

"3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan Muzrabot tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi vakillari tomonidan imkoniyati cheklangan, yakka tartibda ta'lim oladigan bolalarning holidan xabar olinib, ularga bayram sovg‘alari ulashildi.

Shuningdek, bolalar uchun dasturxon yozilib, ularning ko‘ngillari ko'tarildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Forwarded from Hilola Umarova
Bugun Toshkent shahridagi 102-sonli maxsus maktab-internati hamda "Dialog school" maxsus xususiy ta'lim muassasasiga bordik.

Suhbat avvalida, Davlatimiz rahbarining har bir bolaga, ayniqsa imkoniyati cheklangan bolajonlarga bo’lgan alohida e’tiborini va mehrini yetkazdik.

Uchrashuv davomida yaratilayotgan sharoitlar hamda kelgusida amalga oshirish ko‘zda turilgan rejalar haqida dildan gaplashdik.

Bundan tashqari, bolajonlarning mashg'ulot jarayonlarini kuzatdim, ularning yagi bilimlarni egallashga bo‘lgan qiziqishlari bizda alohida taassurot qoldirdi.

Shubhasiz, yurtimizda ta'lim imkoniyatlari barcha bolalar uchun teng bo'lishi lozim va imkoniyati cheklangan bolalarni ijtimoiy hayotga moslashtirish juda muhim
.

✔️ Ularning qiziqishlari va iqtidorlarini inobatga olgan holda ta'lim berish, o‘quvchilarda birlamchi kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish oldimizda turgan asosiy vazifalardan biri ekanini ham alohida ta'kidlab o‘tish lozim.

Ma'lumot o‘rnida qayd etishim kerakki
, "Dialog school" xususiy ta'lim muassasasi boshlang‘ich sinflarga mo‘ljallangan. Hozirda bu yerda 20 nafarga yaqin pedagoglar faoliyat olib borishmoqda.

Bu kabi maktablarda o‘zaro metodik almashinuvni joriy etish hamda xorij tajribasini o‘rganib, amaliyotga tatbiq etish juda muhim.

Maktab rahbariyati hamda ustozlar bilan tajriba almashinuv hamda maxsus olimpiadalar tashkil etish bo‘yicha kelishib oldik.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sherobod_tumani

Mehr-saxovat - inson bezagi

"3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan Sherobod tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi vakillari tumandagi 27-umumta'lim maktabida yakka tartibda ta'lim oladigan o‘quvchilarning xonadonida bo‘lib, ularning holidan xabar olishdi.

O‘quvchilarga bayram sovg‘alari va mehr ulashildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Boysun_tumani

Mehrga muhtojlarni yo‘qlab!

Har yili "3 dekabr - Xalqaro nogironlar kuni" sifatida nishonlanishi xalqimizning qalbi mehr va saxovatga toʼla ekanligidan dalolat beradi.

Sana munosabati bilan imkoniyati cheklangan bolalarni har tomonlanma qoʼllab-quvvatlash maqsadida Boysun tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi vakillari tumandagi yakka tartibda taʼlim olayotgan imkoniyati cheklangan bolalar holidan xabar olib, ularga turli sovgʼalar va mehr ulashishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👌1