Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.8K subscribers
31.8K photos
3.12K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#barchamiz_birmiz

Viloyat bolalar kutubxonasi jamoasi tashabbusiga ko'ra Termiz shahrida  "3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan imkoniyati cheklangan fuqarolar, jumladan, yakka tartibda ta'lim oladigan o‘quvchilar yashaydigan xonadonlarga borilib, ular bilan suhbatlashildi, kitoblar to'plami sovg'a qilindi.

Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram🎞You tube📱Facebook💟Instagram 🌐Web site
👍3🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#YO‘RIQNOMA

Diagnostika testiga ilk tayyorgarlik: “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasidan roʻyxatdan oʻtish boʻyicha YOʻRIQNOMA

➡️Xabaringiz bor, joriy yilning 4-15 dekabr kunlari oʻtkaziladigan Diagnostika jarayonlari “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasi orqali onlayn ravishda tashkil etiladi.

Unda o‘qituvchilar o‘zlarining ish joylarida va qulay sharoitlarda testlarni topshirishlari mumkin.

Testlarni barcha gadjetlar, ya’ni, kompyuter, telefon, planshet, noutbuklar yordamida topshirish imkoniyatlari yaratilgan.

Maktab o‘qituvshilarining malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarini diagnostikadan o‘tkazishdan asosiy maqsad, o‘qituvchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash orqali malaka oshirish kurslarini tashkil etishdir.

“Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasidan ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha
➡️YO‘RIQNOMA matn shaklda

Murojaat va savollarga @onlinedu_uz_bot orqali javob beriladi.
#Sherobod_tumani

Bugun Sherobod tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi boshlig‘i A.Pirmatov boshchiligida tumandagi maktablarda yakka tartibda ta'lim oladigan imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning holidan xabar olindi.

Bolalarga "3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan bayram sovg‘alari topshirildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tub
👍2
#Qiziriq_tumani

Bugun Qiziriq tumanida "3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tomonidan imkoniyati cheklangan, yakka tartibda ta'lim oladigan o‘quvchilar uchun dasturxon yozildi.

Tadbirda Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i X.Boboqulova ishtirok etib, bolajonlarga esdalik sovg'alarini topshirdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tub
👍1
Forwarded from Аngor tumani hokimligi |Rasmiy kanal| (GAVHAR JUMAYEVA I MATBUOT KOTIBI)
Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmaydi

Angor tumanida bugun, 3-dekabr – Nogironlar kuni munosabati bilan alohida taʻlim ehtiyojlari boʻlgan koʻzi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan “Nurli maskan” maktab-internatida tadbir oʻtkazildi.

Tadbirning badiiy qismida konsert dasturi namoyish etildi. Unda oʻquvchilar tomonidan sheʼr va qoʻshiqlar ijro etildi.

Shuningdek, bolajonlarga tadbir davomida sovgʻalar taqdim etildi.

🔷Bizni kuzatishda davom  eting.


Kanalga ulanish 👉
https://t.iss.one/angormatbuot

🔘 Kanalga ulanish:👇
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍2