Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
60.7K subscribers
27.9K photos
2.63K videos
91 files
9K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Sherobod_tumani

“Maʼnaviyat sektori” faoliyat boshladi

Davlatimiz rahbarining joriy yil 16-17-noyabr kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifida respublikada birinchi “Maʼnaviyat sektori”ni tashkil etish boʼyicha “Surxondaryo tajribasi”ni yaratish vazifasi belgilab berilgan edi. Sherobod tumani hokimi rahbarligida umumtaʼlim maktablarining direktorlari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha oʼrinbosarlari ishtirokida “Taʼlim muassasalarida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada yaxshilash” mavzusida yigʼilish boʼlib oʼtdi.

Yig'ilishda viloyat tajribasi sifatida 5-sektor - “Maʼnaviyat sektori”ni tashkil etish boʼyicha amalga oshiriladigan ishlar, taʼlim muassasalarida “Maʼnaviyat xonalari”, oʼqituvchilar va oʼquvchilarning odob-axloq qoidalari, kiyinish madaniyati, oʼquvchilarning badiiy adabiyotlarga boʼlgan munosabati, voyaga yetmagan oʼquvchilar oʼrtasida jinoyatchilik masalalari muhokama etildi. 

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
ASOSIY FAN OLIMPIADASINING VILOYAT BOSQICHI GʻOLIBLARI TAQDIRLANDI 28-30-noyabr kunlari bo'lib o'tgan asosiy fan olimpiadasining viloyat bosqichida shahar va tuman bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 1 ming 377 nafar 9-10-11-sinf o'quvchilari ishtirok…
Asosiy fan olimpiadasining viloyat bosqichida “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi o'quvchilari faol ishtirok etishdi

Asosiy fan olimpiadasining viloyat bosqichida Termiz shahrida joylashgan Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari tasarrufidagi “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi o'quvchilari ham faol ishtirok etishdi. Faxrli o'rinlarni qo'lga kiritgan litsey o'quvchilari viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i X.Mamadiyev tomonidan tantanali ravishda taqdirlandi.

Ma'lumot uchun, “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi o'quvchilari tarix fanidan yaxshi natijalarni qayd etishgan. Xususan, tarix fani bo'yicha 10-sinf o'quvchisi A.Xoltojiyev faxrli 1-o'rinni, 11-sinf o'quvchisi X.Mo'minov faxrli 2-o'rinni hamda 11-sinf o'quvchisi Q.Xushboqovlar faxrli 3-o'rinni qo'lga kiritishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Denov_tumani

"MA'NAVIYAT SEKTORI" FAOLIYATINI YO‘LGA QO‘YISH BO‘YICHA SEMINAR TASHKIL ETILDI

Davlatimiz rahbarining joriy yil 16-17-noyabr kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida respublikada “Maʼnaviyat sektori”ni tashkil etish bo‘yicha “Surxondaryo tajribasi”ni yaratish vazifasi belgilab berilgan edi.

Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti faollar zalida Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari, Denov tuman hokimi, institutning professor-o‘qituvchilari, Denov tuman Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi tasarrufidagi ta’lim muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari hamda maktab kutubxona mudiralari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda jamiyat ma'naviyatini yuksaltirish borasida bildirilgan taklif va mulohazalar yuzasidan sektor faoliyatini tashkil etish bo‘yicha dasturga kiritilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
ASOSIY FAN OLIMPIADASINING VILOYAT BOSQICHI GʻOLIBLARI TAQDIRLANDI 28-30-noyabr kunlari bo'lib o'tgan asosiy fan olimpiadasining viloyat bosqichida shahar va tuman bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 1 ming 377 nafar 9-10-11-sinf o'quvchilari ishtirok…
Xusniddin Mamadiyev: "O'quvchining har bir yutug'i - ustozning mashaqqatli mehnati samarasi!"

Bugun bo'lib o'tgan asosiy fan olimpiadasining viloyat bosqichi g'oliblarini taqdirlash marosimida Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i X.Mamadiyev o'qituvchilarning tizimda olib borayotgan mehnatlarini alohida e'tirof etdi. Boshqarma boshlig'i erishilayotgan yaxshi natijalar zamirida ustoz va murabbiylarning fidokorona xizmatlari mujassam ekanligini ta'kidlab, ularga chuqur minnatdorchilik izhor etdi.

Shuningdek, boshqarma boshlig'i asosiy fan olimpiadasining viloyat bosqichida o'quvchilari g'oliblikni qo'lga kiritgan o'qituvchilarni samimiy muborakbod etib, kelgusida ularga bundanda ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube