Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
62.4K subscribers
27.6K photos
2.59K videos
91 files
8.9K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
ASOSIY FAN OLIMPIADASINING VILOYAT BOSQICHI GʻOLIBLARI TAQDIRLANDI

28-30-noyabr kunlari bo'lib o'tgan asosiy fan olimpiadasining viloyat bosqichida shahar va tuman bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan
1 ming 377 nafar 9-10-11-sinf o'quvchilari ishtirok etib, ona tili va adabiyot, o‘zbek tili, rus tili va adabiyoti, qozoq tili, tojik tili hamda qoraqalpoq tili va adabiyoti, tarix, geografiya fanlaridan o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Bugun, 1-dekabr kuni o'tkazilgan tantanali taqdirlash marosimida viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i
X.Mamadiyev tomonidan olimpiadaning viloyat bosqichida
1-2-3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarga diplom hamda pul mukofotlari topshirildi.

❗️Eslatib o'tamiz, amaldagi tartib bo‘yicha asosiy olimpiadaning
III bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar 1-o‘rin uchun 1 980 000 so‘m, 2-o‘rin uchun 1 320 000 so‘m, 3-o‘rin uchun 990 000 so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.


📖Natijalar👉9-sinf, 10-sinf, 11-sinf

https://t.iss.one/surxonvmmtb
#Sherobod_tumani

“Maʼnaviyat sektori” faoliyat boshladi

Davlatimiz rahbarining joriy yil 16-17-noyabr kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifida respublikada birinchi “Maʼnaviyat sektori”ni tashkil etish boʼyicha “Surxondaryo tajribasi”ni yaratish vazifasi belgilab berilgan edi. Sherobod tumani hokimi rahbarligida umumtaʼlim maktablarining direktorlari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha oʼrinbosarlari ishtirokida “Taʼlim muassasalarida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada yaxshilash” mavzusida yigʼilish boʼlib oʼtdi.

Yig'ilishda viloyat tajribasi sifatida 5-sektor - “Maʼnaviyat sektori”ni tashkil etish boʼyicha amalga oshiriladigan ishlar, taʼlim muassasalarida “Maʼnaviyat xonalari”, oʼqituvchilar va oʼquvchilarning odob-axloq qoidalari, kiyinish madaniyati, oʼquvchilarning badiiy adabiyotlarga boʼlgan munosabati, voyaga yetmagan oʼquvchilar oʼrtasida jinoyatchilik masalalari muhokama etildi. 

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
ASOSIY FAN OLIMPIADASINING VILOYAT BOSQICHI GʻOLIBLARI TAQDIRLANDI 28-30-noyabr kunlari bo'lib o'tgan asosiy fan olimpiadasining viloyat bosqichida shahar va tuman bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 1 ming 377 nafar 9-10-11-sinf o'quvchilari ishtirok…
Asosiy fan olimpiadasining viloyat bosqichida “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi o'quvchilari faol ishtirok etishdi

Asosiy fan olimpiadasining viloyat bosqichida Termiz shahrida joylashgan Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari tasarrufidagi “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi o'quvchilari ham faol ishtirok etishdi. Faxrli o'rinlarni qo'lga kiritgan litsey o'quvchilari viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i X.Mamadiyev tomonidan tantanali ravishda taqdirlandi.

Ma'lumot uchun, “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi o'quvchilari tarix fanidan yaxshi natijalarni qayd etishgan. Xususan, tarix fani bo'yicha 10-sinf o'quvchisi A.Xoltojiyev faxrli 1-o'rinni, 11-sinf o'quvchisi X.Mo'minov faxrli 2-o'rinni hamda 11-sinf o'quvchisi Q.Xushboqovlar faxrli 3-o'rinni qo'lga kiritishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube