Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ
53.8K subscribers
31.8K photos
3.12K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Ta'mirtalab maktab zamonaviy ko'rinishga keltirildi

Termiz shahrida joylashgan 16-umumta'lim maktabi binosi
1992-yilda qurilgan bo'lib, so'nggi marta 2005-yilda ta'mirlangan. Joriy yilda respublika budjetidan yo'naltirilgan 3 mlrd 978 million so'm mablag' evaziga 1 ming 176 o'rinli mazkur maktab to'liq qayta ta'mirlanib, zamonaviy ko'rinishga keltirildi. Maktabda o'quvchilar uchun zarur barcha sharoitlar yaratilgan.

Bugun mazkur maktabning tantanali ochilish marosimi o'tkazildi. Unda viloyat hokimi U.Qosimov, Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mas'ullari, nuroniylar, o'quvchi va o'qituvchilar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlar e'tirof etilib, yangi ko'rinishdagi maktab uzoq yillar xalqimiz farzandlariga samarali xizmat qilishi ta'kidlandi.

โœ๐Ÿป Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
๐Ÿ‘2โค1๐Ÿ‘1
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ
Ta'mirtalab maktab zamonaviy ko'rinishga keltirildi Termiz shahrida joylashgan 16-umumta'lim maktabi binosi 1992-yilda qurilgan bo'lib, so'nggi marta 2005-yilda ta'mirlangan. Joriy yilda respublika budjetidan yo'naltirilgan 3 mlrd 978 million so'm mablag'โ€ฆ
Tantanali ochilish marosimidan so'ng viloyat rahbari, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari 16-maktabda yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan tanishishdi. Axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan sinflar, musiqa xonasi, keng va yorug' sinfxonalar, minglab adabiyotlar jamlangan kutubxona, o'quvchilarni kasb-hunarga o'rgatish xonalari zamon talablariga mos ravishda jihozlangan.

Yaxshi sharoit ish unumdorligini oshirishda muhim bo'lganidek, zamonaviy sharoitlar ta'lim-tarbiya sifatini yaxshilashda ham o'z natijasini ko'rsatadi degan umiddamiz.

16-maktab jamoasiga yangicha ko'rinishdagi zamonaviy maktab qutlug' bo'lsin deymiz!

โœ๐Ÿป Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
๐Ÿ‘5โค1๐Ÿฅฐ1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ta'mirtalab maktab zamonaviy ko'rinishga keltirildi

Termiz shahridagi 16-maktab binosi zamonaviy ko'rinishga keltirilib, tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

โœ๐Ÿป Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
โค1๐Ÿ”ฅ1๐Ÿฅฐ1๐Ÿ‘1
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Muzrabot tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'ining haqoratli so'zlari deya talqin qilingan audioxabarlar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz:


Mazkur xabar bo'yicha viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mutasaddilari hamda boshqa mas'ullar tomonidan tegishli tartibda o'rganish ishlari olib borilmoqda.

O'rganish yuzasidan qo'shimcha axborot beriladi.

โœ๐Ÿป Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
๐Ÿ‘1๐Ÿ”ฅ1
Ko'rsatkichi past maktablarga metodik yordam ko'rsatilmoqda

2022-2023-o'quv yilida oliy ta'lim muassasalariga kirishda past ko'rsatkichlarni qayd etgan maktablarga metodik yordam ko'rsatish maqsadida viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan tajribali maktab rahbarlari va o'rinbosarlari, shuningdek malakali pedagoglardan tarkib topgan mobil metodik guruhlar tashkil etildi. Ayni kunlarda mazkur guruhlar o'tgan o'quv yilida ko'rsatkichlari past bo'lgan maktablarda bo'lib, metodik yordam ishlarini amalga oshirishmoqda.

Bundan ko'zlangan asosiy maqsad ta'lim-tarbiya jarayonlari sifatini yuqori darajaga olib chiqish va bitiruvchilarning oliy ta'lim muassasalariga kirishida yaxshi natijalarga erishishni ta'minlashdir.

โœ๐Ÿป Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
๐Ÿ‘3๐Ÿ‘1