Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.8K subscribers
31.8K photos
3.12K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
«Najot – ta'limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda!»

Sherobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o`quvchilar yig`ini tadbiri o‘tkazildi. Bunda I-chorakda amalga oshirilgan ishlar va erishilgan yutuq hamda kamchiliklar muhokama qilindi. II-chorak davomida bajarilishi kerak bo`lgan vazifalar belgilab olindi.

Puxta bilim olib, yuqori natijani qo`lga kiritgan maktabining
11-sinf o‘quvchisi Choriyev Og‘abek ingliz tili fanidan "Chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi B2 darajali milliy sertifikatini qo‘lga kiritganligi uchun maktab direktori hamda ingliz tili fan o`qituvchilarining estalik sovg`alari tantanali ravishda topshirildi.


✍🏻 Bizni kuzatib borishda davom eting!
🌐 Sherobod tuman IM Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
Telegram            |        Facebook
👍5
Forwarded from Аngor tumani hokimligi |Rasmiy kanal| (GAVHAR JUMAYEVA I MATBUOT KOTIBI)
Ma'naviyat marafoni

Angor tumanidagi 24-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tuman hokimligi, Ma'naviyat va ma'rifat bo'linmasi, Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi, Madaniyat bo'limi hamkorligida “Biz bir boʻlsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!” g'oyasi asosida “Ma’naviyat marafoni” ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

"Ma'naviyat marafoni" tadbirlarida "O'zbekiston mening Vatanim" mavzusida insholar tanlovi, "Kitob bilim bulog'i", "Milliy qadriyatlar" loyihalari hamda rasmlar tanlovi o'tkazildi. Unda mahallalardagi uyushmagan yoshlar va maktab o'quvchilari ishtirok etishdi.

🔷Bizni kuzatishda davom eting.

✍🏻 Angor tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
🥰1
#Angor_tumani

Navbatdagi "Otalar yig‘ilishi" o‘tkazildi

Bugun Angor tumanidagi 1-maktabda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari M.Normurodov ishtirokida navbatdagi "Otalar yig‘ilishi" o‘tkazildi.

Unda farzand tarbiyasida otaning rolini oshirish, yoshlarni kasb-hunar va chet tillarini puxta o‘zlashtirishga jalb etish borasida fikr yuritildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍1👏1
Улуғбек Қосимов: Бу йил қишда барча мактабларимиз иссиқ ва зарур шароитларга эга бўлиши лозим!

Сурхондарё вилояти ҳокими Улуғбек Қосимов ҳудудларга ташрифи давомида мактабларнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ва мавжуд шароитларига эътибор қаратмоқда. Бугун ҳам вилоят раҳбари қатор туманларда ижтимоий соҳа объектларининг мавсумга шайлик ҳолатини кўздан кечирди.

Жумладан, Термиз туманидаги касб-ҳунар мактаби, Ангор туманидаги 35-сонли, Музработ туманидаги 32-сонли ва Шеробод туманидаги 20-сонли мактабларда жорий этилган марказлашган иситиш тизими ва таълим маскани ҳудудини ободонлаштириш ҳолати кўздан кечирилди. Ҳар бир туманда мутасаддиларнинг ижтимоий соҳа объектларини куз-қиш мавсумига тайёрлаш ва марказлашган иситиш тизимини жорий этилиши бўйича ҳисоботлари тингланди.

Вилоят раҳбари мактабларнинг мавжуд шароитлар ва иситиш тизимини кўздан кечирар экан, жорий йил қиш мавсумида синфхоналар меъёр талабларида иситилиши ҳамда таълим-тарбия жараёнлари узлуксизлиги таъминлаш бўйича кўрсатмаларни берди.

Шунингдек, Термиз, Ангор, Музработ, Шеробод, Қизириқ ҳамда Жарқўрғон туманларида боғдорчилик учун ажратилган ер майдонларидан самарали фойдаланилиши билан танишилди. Давлатимиз раҳбарининг куни-кеча мазкур йўналишда берган топшириқларига асосан ишларни ташкил этиш бўйича чора-тадбирлар белгилаб олинди.

Сурхондарё вилояти ҳокимлиги Матбуот хизмати

Каналга уланиш:
t.iss.one/axborot_xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍4