Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
59.1K subscribers
28.1K photos
2.66K videos
91 files
9.09K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Navbatdagi apparat yig'ilishi o'tkazildi

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasida bugun boshqarma boshlig'i X.Mamadiyev rahbarligida navbatdagi apparat yig'ilishi o'tkazildi. Yig'ilishda dastlab xodimlarning odob-axloq qoidalari, ichki tartib-intizomga to'liq rioya etishlari bo'yicha so'z yuritildi. Shundan so'ng ijro intizomi bilan bog'liq masalalar muhokama qilindi.

Qolaversa, yig'ilish davomida kuzgi ta'tilni maroqli tashkil etish, bog'cha va maktablarni obodonlashtirish, ma'naviy-marifiy ishlar samaradorligini yanada oshirishga oid vazifalar belgilandi va bu bo'yicha mas'ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Yig'ilish kun tartibidan o'rin olgan boshqa masalalar ham tegishli tartibda ko'rib chiqildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Kuzgi_taʻtil

Surxondaryo viloyatidagi maktablarda kuzgi ta'til maroqli va mazmunli tashkil etilmoqda.

Xususan, ta'lim muassasalarida turli to'garaklar faoliyat yuritmoqda. O'tkazilayotgan tanlov va musobaqalarda o'g'il-qizlar faol ishtirok etishmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Kuzgi_taʻtil
#Sayohat

Kuzgi ta'tilni maroqli o'tkazish maqsadida Bandixon va Sariosiyo tumanidagi maktab o'quvchilari uchun viloyatimizdagi turli diqqatga sazovor manzillarga sayohat tashkil etildi.

Ekskursiya davomida o'g'il-qizlar vohamiz tarixini chuqur o'rganish barobarida miriqib dam olib, madaniy hordiq chiqarishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Termiz tuman 32-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabi o'quvchilari Termiz shahrida "5 tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning gimnastrada turi bo‘yicha 15 ta tuman (shahar)lardagi jamoalar o‘rtasida boʻlib oʻtgan viloyat bosqichi bellashuvida faol ishtirok etib I-o‘rinni qo'lga kiritdi hamda estalik sovg‘a va diplomlar bilan taqdirlandi.

🔹Termiz tuman MMTB axborot xizmati.
📌Kuzgi ta'til kutubxona bilan

Viloyatdagi umumta'lim maktab kutubxonalarida kuzgi ta'til davomida  Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ular o'rtasida kitobxonlikni targ'ib qilish orqali boʻsh vaqtlariini mazmunli tashkil etish maqsadida kitobsevarlar to'garagida kitobxonlik tadbirlari o'tkazilmoqda.

Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram📹You tubeFacebook💟Instagram 🌐Web site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM