Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.8K subscribers
31.8K photos
3.12K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Bugun viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i X.Mamadiyev Jarqo‘rg‘on, Qumqo'rg'on va Sho‘rchi tumanlaridagi qator ta'lim muassasalarida bo'ldi.

Tashrif davomida asosan, maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, moddiy-texnik bazasi o'rganildi.

Shuningdek, boshqarma boshlig‘i mutasaddilarga kuzgi ta'til mobaynida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, turli musobaqa va tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha taklif hamda tavsiyalar berib o‘tdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍71👏1
#Kun_hikmati

Tilning rohati kam gapirishda,
Chunki ko'p gapirish qoqilishdir.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍7🥰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Surxondaryo_MTRK

“Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish”. Oʼzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi maktabgacha taʼlim agentligi tomonidan ayni mavzuda Denov tumanida oʼquv kursi tashkil etildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍3
Navbatdagi apparat yig'ilishi o'tkazildi

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasida bugun boshqarma boshlig'i X.Mamadiyev rahbarligida navbatdagi apparat yig'ilishi o'tkazildi. Yig'ilishda dastlab xodimlarning odob-axloq qoidalari, ichki tartib-intizomga to'liq rioya etishlari bo'yicha so'z yuritildi. Shundan so'ng ijro intizomi bilan bog'liq masalalar muhokama qilindi.

Qolaversa, yig'ilish davomida kuzgi ta'tilni maroqli tashkil etish, bog'cha va maktablarni obodonlashtirish, ma'naviy-marifiy ishlar samaradorligini yanada oshirishga oid vazifalar belgilandi va bu bo'yicha mas'ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Yig'ilish kun tartibidan o'rin olgan boshqa masalalar ham tegishli tartibda ko'rib chiqildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍3🥰1
#Kuzgi_taʻtil

Surxondaryo viloyatidagi maktablarda kuzgi ta'til maroqli va mazmunli tashkil etilmoqda.

Xususan, ta'lim muassasalarida turli to'garaklar faoliyat yuritmoqda. O'tkazilayotgan tanlov va musobaqalarda o'g'il-qizlar faol ishtirok etishmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍3🥰1
#Kuzgi_taʻtil
#Sayohat

Kuzgi ta'tilni maroqli o'tkazish maqsadida Bandixon va Sariosiyo tumanidagi maktab o'quvchilari uchun viloyatimizdagi turli diqqatga sazovor manzillarga sayohat tashkil etildi.

Ekskursiya davomida o'g'il-qizlar vohamiz tarixini chuqur o'rganish barobarida miriqib dam olib, madaniy hordiq chiqarishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍2