Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
63.2K subscribers
28K photos
2.64K videos
91 files
9.04K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Umumta'lim maktablarida ilk bor choraklik-summativ baholash imtihonlari boʻlib oʻtmoqda

2023-2024-oʻquv yilida Respublika miqyosida 500 ta umumtaʼlim maktabida oʻquvchilar bilimini formativ va summativ baholash tizimi tajriba-sinov tariqasida joriy etilganidan xabaringiz bor.

🔴 Bugun mazkur tajriba-sinov maktablarining 5-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida 2023-2024-oʻquv yilining I chorak yakuni boʻyicha choraklik-summativ baholash (CHSB) jarayonlari bo'lib o'tmoqda.

🔗 Unda oʻquvchilar ona tili, matematika, biologiya fanlaridan CHSB imtihonlarini topshirishmoqda.

❗️Imtihon materiallari o'zbek, qoraqalpoq va rus tillarida chop etilgan.
__________
✔️ Fotolavhalarda Buxoro, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo va Andijon viloyatlaridagi jarayonlar aks etgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Kun_hikmati

Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang.

               Coco Chanel

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Diqqat_yoʻlovchi
#Angor_tumani

"Diqqat, bolalar!" targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

🏫 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining 2023-yil 27-oktabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-iyuldagi PQ-316-sonli qarori ijrosi yuzasidan "Diqqat, yo‘lovchi!, Diqqat, bolalar!" nomli profilaktik tadbirlarni o‘tkazish to‘g‘risida"gi rejasiga asosan Angor tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari va davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

🚦Targ‘ibot tadbirlarida o‘quvchi-yoshlarga yo‘l belgilar va boshqa yo‘l jihozlari haqida, aynan piyodalarga oid qoidalar hamda yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha zaruriy tushunchalar berildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Surxondaryo_MTRK

TA'LIM VA TARAQQIYOT
: Surxondaryo maktablarida xorijlik o‘qituvchilar soni ortmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
4-NOYABRDAN ASOSIY FAN OLIMPIADASINING VILOYAT BOSQICHIGA START BERILADI

Joriy yilning 4-10-noyabr kunlari respublikamizning barcha hududlari kabi Surxondaryo viloyatida ham asosiy fan olimpiadasining III(viloyat) bosqichi o'tkaziladi.

Mazkur jarayonlarni shaffof va adolatli o'tkazilishini ta'minlash, jarayonlarni ota-onalarga, uztozlarga xolis yetkazib berish maqsadida OAV vakillari, jurnalistlar, blogerlarni xolis kuzatuvchilikka va hamkorlikka chaqiramiz.

Matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan bo'lib o'tadigan olimpiadalarda o'quvchilarning javob varaqlarini maxsus telegram kanallarida kuzatib borish imkoniyati ham mavjud!

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Forwarded from Termiz tumani hokimligi
“Янги Ўзбекистон – мактаб остонасидан бошланади” мавзусида маънавий-маърифий тадбир бўлиб ўтди

Республика Маънавият ва маърифат маркази, Ўзбекистон фахрийларини ижтимоий фаолиятини қўллаб-қувватлаш “Нуроний” жамғармаси ҳамда Сурхондарё вилояти ҳокимлиги билан ҳамкорликда Термиз туманидаги 34-сонли умумтаълим мактабида “Янги Ўзбекистон – мактаб остонасидан бошланади” шиори остида уч авлод учрашуви ташкил этилди.

Тадбирда сўз олганлар ёшлар тарбиясида нуронийларнинг бой ҳаётий тажрибасидан унумли фойдаланиб, ўқувчилар ўртасида турли кўнгилсиз ҳолатларнинг олдини олиш, ёшларга яратилган имкониятлардан унумли фойдаланиш борасида сўз юритилди.

Шунингдек, меҳмонлар таълим муассасасида ўқувчиларга яратилган шарт-шароитлар билан танишиб, ўқувчиларнинг келгусидаги режалари ва фикр-мулоҳазалари билан ўртоқлашишди.

Термиз тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати

Каналга уланиш:
t.iss.one/termiztumanhokimligi
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter