Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
60K subscribers
27.9K photos
2.63K videos
91 files
9.01K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
SURXONDARYO TA'LIMIGA XORIJIY MUTAXASSISLAR JALB ETILMOQDA

Davlatimiz rahbarining topshirig'iga asosan, xorijiy tillarni ommalashtirish, o'quvchi yoshlarning chet tillarini puxta o'zlashtirishini ta'minlash maqsadida "Til egasi" bo'lgan xorijiy o'qituvchilar O'zbekiston maktablariga jalb etilmoqda. Xususan, Surxondaryo viloyatida ham bugungi kunda ushbu yo'nalishda qator sa'y-harakatlar amalga oshirilmoqda.

Bugun viloyatimiz ta'lim-tarbiya tizimiga o'z hissasini qo'shish maqsadida shahrimizga yetib kelgan hindistonlik ingliz tili fani o'qituvchisi Kandregula Ganga Bhavani Santhosh Kumari viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mas'ullari, Termiz shahridagi 26-maktab jamoasi tomonidan yuqori kayfiyatda kutib olindi.

Shundan so'ng 26-maktabda xorijlik pedagog o'quvchi yoshlar va o'qituvchilar jamoasi bilan uchrashib, kelgusidagi istiqbolli rejalar borasida fikr almashdi. Endilikda xorijlik o'qituvchi 26-maktab o'quvchilariga ingliz tilidan saboq beradi.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Sherobod_tumani

Sherobodda 90 oʼrinli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti ish boshladi

Tumanning “Bahor” mahallasida Investitsiya dasturi asosida loyiha qiymati – 3 mlrd 527 mln soʼm boʼlgan 90 oʼrinli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi. “Bahor” mahallasida 394 nafar 3 yoshdan 6 yoshgacha boʼlgan bolalar mavjud boʼlsa, ularning 90 nafari ushbu davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga qamrab olinishi koʼzda tutilgan.

Tashkilotda zamonaviy maxsus mebellar, yangi toʼshaklar bilan jihozlangan yotoqxonalar, xavfsiz qattiq va yumshoq oʼyinchoqlar, bolalar uchun maxsus kutubxona, keng yorugʼ xonalar, yozgi ayvonchalar, oʼyin maydonchalari, koʼrkam va fayzli oshxona bolajonlarning doimiy xizmatida boʼladi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
RADDIYA: Qumqo'rg'on maktablari kuz-qish mavsumiga tayyor

📖Maqola matni👉bu yerda

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Huquqiy_savodxonlik

Korrupsiyaviy harakatlar
xodim tomonidan bevosita yoki bilvosita shaxsan yoki uchinchi shaxslar orqali pora beruvchi manfaatlari yoʼlida harakat yoki harakatsizlik uchun moddiy manfaatdor boʼlishi, shu jumladan pul, qimmatbaho qogʼoz, boshqa koʼrinishdagi mulk va mulkiy huquqlar, mulkiy xarakterdagi xizmatlar olish, talab qilish, undirish, taklif qilish yoki berish, pora berish yoki olish yoki bunda vositachilik qilishda, rasmiyatchiliklarni soddalashtirish uchun toʼlovlar undirish (pora olish) va boshqa noqonuniy maqsadlarda oʼz xizmat vazifalaridan noqonuniy foydalanish.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube