Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.8K subscribers
31.8K photos
3.12K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Live
#Besh_tashabbus_olimpiadasi

Ayni damda Termiz shahridagi 26-maktabda maktab o'quvchilari o‘rtasida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida 1-11-sinflar o‘rtasida shaxmat, 5-11-sinflar o‘rtasida shashka sport turi bo‘yicha musobaqalarning viloyat bosqichi boshlandi.

Unda tuman bosqichlarida g‘oliblikni qo'lga kiritgan o‘quvchi yoshlar ishtirok etishmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍21
SURXONDARYO TA'LIMIGA XORIJIY MUTAXASSISLAR JALB ETILMOQDA

Davlatimiz rahbarining topshirig'iga asosan, xorijiy tillarni ommalashtirish, o'quvchi yoshlarning chet tillarini puxta o'zlashtirishini ta'minlash maqsadida "Til egasi" bo'lgan xorijiy o'qituvchilar O'zbekiston maktablariga jalb etilmoqda. Xususan, Surxondaryo viloyatida ham bugungi kunda ushbu yo'nalishda qator sa'y-harakatlar amalga oshirilmoqda.

Bugun viloyatimiz ta'lim-tarbiya tizimiga o'z hissasini qo'shish maqsadida shahrimizga yetib kelgan hindistonlik ingliz tili fani o'qituvchisi Kandregula Ganga Bhavani Santhosh Kumari viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mas'ullari, Termiz shahridagi 26-maktab jamoasi tomonidan yuqori kayfiyatda kutib olindi.

Shundan so'ng 26-maktabda xorijlik pedagog o'quvchi yoshlar va o'qituvchilar jamoasi bilan uchrashib, kelgusidagi istiqbolli rejalar borasida fikr almashdi. Endilikda xorijlik o'qituvchi 26-maktab o'quvchilariga ingliz tilidan saboq beradi.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍61🎉1🤩1
#Sherobod_tumani

Sherobodda 90 oʼrinli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti ish boshladi

Tumanning “Bahor” mahallasida Investitsiya dasturi asosida loyiha qiymati – 3 mlrd 527 mln soʼm boʼlgan 90 oʼrinli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi. “Bahor” mahallasida 394 nafar 3 yoshdan 6 yoshgacha boʼlgan bolalar mavjud boʼlsa, ularning 90 nafari ushbu davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga qamrab olinishi koʼzda tutilgan.

Tashkilotda zamonaviy maxsus mebellar, yangi toʼshaklar bilan jihozlangan yotoqxonalar, xavfsiz qattiq va yumshoq oʼyinchoqlar, bolalar uchun maxsus kutubxona, keng yorugʼ xonalar, yozgi ayvonchalar, oʼyin maydonchalari, koʼrkam va fayzli oshxona bolajonlarning doimiy xizmatida boʼladi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍3👏2
RADDIYA: Qumqo'rg'on maktablari kuz-qish mavsumiga tayyor

📖Maqola matni👉bu yerda

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍2👏2