Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.8K subscribers
31.8K photos
3.12K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Uzun_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi

"O'ZBEK TILI BAYRAMI KUNI"

Ixtisoslashtirilgan  ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Uzun tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 21-oktabr  “O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun”ning o’ttiz to'rt yilligi “O’zbek tili bayrami kuni” keng nishonlandi. Tadbir O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi, O’zbek tiliga davlat tili maqomining berilish tarixi, ona tili hadidagi sherlar, sahna ko’rinishlari, allomalar siymosi, kuy va qo’shiqlar  bilan yanada go‘zallashdi.

📖 "Millatning millat ekanini belgilovchi birlamchi omil-uning tili va adabiyotidir".
                                                                        A.Avloniy

Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram| Instagram| Facebook|
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
21-oktabr - O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun

Milliy til – xalqlar va millatlarning asosiy muloqot manbaidir. Til xalqlarni birlashtiradi, tarbiyalaydi, o‘qitadi, urf-odat, an’ana va madaniyatlarni saqlaydi, avloddan-avlodga o‘tishini ta’minlaydi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
1
"O‘zbek tili xalqimizni birlashtiradigan, jamiyatimizni ulug‘ maqsadlar sari safarbar etadigan qudratli kuchdir"

Mamlakatimiz bo'ylab o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan har bir ta'lim muassasalarda, tashkilotlarda, mahallalarda bayram tadbirlari o'tkazilmoqda. Shuningdek, 21-oktabr "O‘zbek tili bayrami kuni" shahrimizda ham keng nishonlanilmoqda.

Jumladan, Termiz shahar 12-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Ona tilim-iftixorim!" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining o'rinbosari B.Toshpo'latov, Termiz shahar hokimi maslahatchisi B.Usmonov, Termiz shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mudiri S.Tashmurodov, shahar maktablarining ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari hamda 320 nafar o'quvchi yoshlar ishtirok etdi.

Bayramda ona tilimizni tarannum etuvchi she'r va g'azallar, sahna ko'rinishlar va buyuk siymolarimizning hayot yo'llariyu ijodlariga bag'ishlangan chiqishlar tomoshabinlarga ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/termizshh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
21 октябрь – Ўзбек тили байрами куни. Шу муносабат билан жойларда “Тил – давлат тимсоли, мулки, руҳи, миллатнинг маданий ва маънавий бойлиги” мавзусида маънавий-маърифий тадбирлар, давра суҳбатлари ташкил этилаяпти. https://t.iss.one/tvsurxon
👍1
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma

Qadrli yurtdoshlar, aziz ustoz va murabbiylar!


Barchangizni chinakam milliy tantanamiz, g‘urur va iftixorimiz bo‘lgan O‘zbek tili bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.

Insoniyat o‘z milliy tilini “ona tili” deb sharaflashi bejiz emas.

Chunki bunday ulug‘ e’tirof bizga har lahzada o‘z tilimizni onamizdek e’zozlab, qadrlashimiz zarurligini anglatib turadi. Ona tilimiz bizning jahonda alohida xalq, millat sifatida mavjudligimizni belgilovchi muhim asoslardan biridir.

Inson tug‘ilajak Vatani va tilini tanlamaydi – bu unga Yaratgan ato etgan bebaho ne’matlardir. Ana shu ne’matlarni qadrlab, Vatanimiz taraqqiyoti, o‘zbek tili ravnaqi yo‘lida sidqidildan xizmat qilish va mehnatlarimiz samarasini ko‘rish saodati barchamizga nasib etsin!

Ona tilimiz ruhiyatimizga nur, tafakkurimizga yog‘du, qalbimizga g‘urur baxsh etib abadiy gullab yashnasin!

O‘zbek tili bayrami yana bir bor muborak bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
👍1
#Denov_2-IMI
#jarayon

"TIL-MILLAT KO'ZGUSI"

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Denov tuman 2- son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida   21-oktyabr - O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan "Til-millat ko'zgusi" mavzusida bayram tadbiri o'tkazildi.Tadbirni maktab-internati direktori N.M.Sapiyeva ochib berdi.
Shundan so'ng o'quvchilar tomonidan tayyorlangan til haqida maqollar, she'rlar, chiroyli sahna ko'rinishlari, qo'shiqlar taqdim etildi. Ayniqsa jonli tarzda kuylangan ona allasi, o'zbek tili ravnaqiga hissa qo'shgan, bu tilda o'lmas asarlar yaratgan ijodkorlar haqidagi sahnaviy ko'rinish tomoshabinlarda katta taasurotlar qoldirdi.
Tadbir O'zbekiston24 televideniyasi tomonidan suratga olindi.

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:👇
|Telegram |Facebook |Instagram
👍4