Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.9K subscribers
31.8K photos
3.12K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Asosiy_olimpiada

📣📣Asosiy olimpiadaning II bosqichiga start berilmoqda!

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan o‘quvchi-yoshlarning iqtidorini va ijodiy qobiliyatini aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, o‘quvchilarni fanlarni chuqur o‘rganishga bo‘lgan intilishni va qiziqishlarini oshirish, kelajakda kasblarni to‘g‘ri tanlashiga ko‘maklashish maqsadida anʼanaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan asosiy olimpiadaning II bosqichiga start berilmoqda.

❗️Olimpiada barcha fanlardan test sinovlari shaklida tashkil etiladi. Har bir fandan 30 ta test savollari taqdim qilinadi. Ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 3 nafar g‘olib aniqlanadi va asosiy olimpiadaning III (viloyat) bosqichida ishtirok etadi.

⚡️Asosiy olimpiadaning II (tuman) bosqichi ishtirokchilariga omad tilab qolamiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KORRUPSIYASIZ JAMIYAT SARI

Bugun viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi xodimlari uchun boshqarma binosida Adliya boshqarmasi mas'ullari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan seminar o'tkazildi.

Unda mutaxassislar tomonidan yig'ilganlarga korrupsiyaning kelib chiqish sabablari va uni bartaraf etish bo'yicha ma'lumot berildi. Shuningdek, qonunchilikdagi o'zgarishlar, huquqiy sohadagi islohotlar ham tushuntirib o'tildi.

Yig'ilish ishtirokchilari o'zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javob olishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍21🥰1
Сурхондарё вилояти ҳокимига янги ўринбосар тайинланди

Амиров Алишер Хуррамович
Сурхондарё вилояти ҳокимининг қурилиш, коммуникациялар, коммунал хўжалик, экология ва кўкаламзорлаштириш масалалари бўйича ўринбосари лавозимига тайинланди.

У 1977 йил Бойсун туманида туғилган. 2001 йилда Тошкент автомобиль-йўллари институтини, 2014 йилда Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Давлат бошқаруви академиясини тамомлаган. Маълумоти бўйича мутахассислиги – ер усти транспорти тизимлари муҳандиси.

А.Амиров меҳнат фаолияти давомида Ўзбекистон автомобиль ва дарё транспорти агентлиги Тошкент вилояти бўлими шўъба мудири, “Ўзавтойўл” давлат-акциядорлик компаниясида бошқарма бошлиғи, бошқарув раисининг ўринбосари, Сурхондарё вилояти ҳокимининг ўринбосари, Шеробод тумани ҳокими лавозимларида меҳнат қилган.

Мазкур лавозимга тайинлангунга қадар 2021 йилдан буён Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги ҳузуридаги автомобиль йўллари қўмитаси минтақавий йўлларга буюртмачи бошқармаси бошлиғи лавозимида фаолият юритаётган эди.

Сурхондарё вилояти ҳокимлиги Матбуот хизмати

Каналга уланиш:
t.iss.one/axborot_xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍7
#Qumqoʻrgʻon_tumani

O‘quvchilarga "Qizil kitob" sovg‘a qilindi

Qumqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilariga  O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tashabbusi bilan chop etilgan 24 dona "Qizil kitob" sovg‘a qilindi.

Maqsad yosh avlodning ekologik ongi va madaniyatini yanada oshirish, bolalarda tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish ko‘nikmasini shakllantirishdir.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍1
#Kun_hikmati

Devordan boshqasiga etma orqangni omonat.
Hatto vallomatning ham ichida bordir bir oz xiyonat.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍8🔥1💯1
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Boysun tumanidagi maktablarning oʼqituvchilariga oktabr oyining 10-sanasi boʼlishiga qaramay oylik maoshi vaqtida berilmayotgani bo'yicha tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz:

Boysun tumanida jami 59 ta umumtaʼlim maktablari mavjud boʼlib, 2023-yil sentabr oyi ish haqi va unga tenglashtirilgan toʼlovlar boʼyicha hisob-kitob ishlari 5-oktabr holatiga ko'ra toʼliq yakunlangan.

UzАSBO dasturiy majmuasida texnik nosozliklar kelib chiqqanligi bois 2023-yil 11-oktabr kuni 50 ta umumtaʼlim maktablarida, 13-oktabr kuni 9 ta umumtaʼlim maktablarida faoliyat koʼrsatayotgan xodimlarning sentabr oyi ish haqi va unga tenglashtirilgan toʼlovlari toʼlab berilganligini ma'lum qilamiz.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍31