Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.8K subscribers
31.8K photos
3.12K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Sherobod_tumani

Aholi va hududning seysmik xavfsizligini ta’minlashga oid o'quv amaliy mashg'ulot o'tkazildi

Sherobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi va tuman Favqulodda vaziyatlar bo'limi hamkorligida ta'lim muassasasining o`quvchi yoshlari orasida zilzila binolar, yo‘llar, ko‘priklar va boshqa obyektlarga jiddiy zarar yetkazganda, shuningdek jarohatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan hodisalarning oldini olish, zilzila paytida o‘zini himoya qilish, vahimaga qo‘ymaslik, xotirjamlikni saqlash, obyektlar tushishi mumkin bo‘lgan joylardan saqlanish, birinchi yordam ko‘rsatish borasida amaliy o'quv harakatlari tushuntirib o'tildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍3
#Besh_tashabbus_olimpiadasi

Fotoreportaj:
Viloyatning barcha hududlarida maktab o'quvchilari o'rtasida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning yengil atletika turi bo'yicha va "Quvnoq startlar" musobaqalarining tuman bosqichlari o'tkazildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
1
#Kun_hikmati

Shira maysani, zang temirni, yolg'on esa qalbni kemiradi.

Chexov

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍5🥰1
#Boysun_Bandixon
#Besh_tashabbus_olimpiadasi

Maktab o'quvchilari o'rtasida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi sport musobaqalari uyushqoqlik bilan tashkil etilmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍2
ISH KUNI DAVLAT MADHIYASI BILAN BOSHLANDI

Madhiya – qalbida o‘z Vataniga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bor har qanday kishida milliy g‘urur, o‘ziga xos faxr, eng muhimi yurtga mehr uyg‘otadi. Bu milliy timsolda xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagi, shuningdek, ziynati, orzu-o‘yi, maslak-maqsadi mujassam.

Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i X.Mamadiyev boshchiligida barcha xodimlar jam bo‘lib, yangi ish kunini boshlashdan avval O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini jonli ijroda kuylashdi. Shundan so‘ng boshqarmada yangi ish kuni a'lo kayfiyatda boshlandi.

Davlat ramzlari ham vatanparvarlik fazilatini shakllantiruvchi, shu aziz yurtimizni jon-u dildan sevishga undovchi muhim vositadir. 

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍10
Navbatdagi yig‘ilishda qator masalalar muhokama qilindi

Bugun viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi xodimlari uchun boshqarma boshlig‘i X.Mamadiyev rahbarligida o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishda dastlab tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Shundan so‘ng ta'lim muassasalarida kuz-qish mavsumiga puxta hozirlik ko‘rish, davomat masalalari muhokama qilinib, mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi va ijrosi qat'iy nazoratga olindi.

Shuningdek, ijro intizomi, berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida ijro etish holati tahlil qilinib, zarur chora-tadbirlar belgilandi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍4