Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
32.2K subscribers
30.9K photos
2.97K videos
96 files
9.99K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Xon_atlas_festivali
#Chellendj
#Sherobod_tumani

"Xon atlas"
festivalida sherobodlik ta'lim sohasi vakillari faol ishtirok etishmoqda.

Kulganida gulday yuzi gulga havas,
Mushku anbar isi kelar olsa nafas.
Yal-yal yonib turganida kim tanimas,
Humoralar atlas ko'ylak kiyib yursa.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Denov_Sherobod

FARZANDINING KELAJAGIGA BEFARQ BO'LMAGAN OTALAR JAM BO'LDI

Denov hamda Sherobod tumanlaridagi maktablarda ham bugun "Otalar yig'ilishlari" o'tkazildi.

Yig'ilishlarda tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi vakillari, sektor rahbarlari va boshqa mas'ullar ishtirok etib, otalarning farzand tarbiyasidagi rolini oshirish bo'yicha taklif va tavsiyalarini berib o'tishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sizdan_boshlanadi_asli_tafakkur

Denov tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi jamoasi
barcha aziz o'qituvchi va murabbiylarni kasb bayramlari bilan qutlaydi!

Qadri bilinadi endi menga goh,
Olis maktabimni, oʼsha behasham.
Navoiy-ku bizga ustozdir, biroq,
Kimdir oʼqitganku Navoiyni ham.
Shunday ulugʼ zotga harf oʼrgatgan kim?-
Oddiy muallimda, oddiy muallim.
..

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xon_atlas_festivali
#Chellendj

"Xon atlas"
festivalida Surxondaryoning ta'lim sohasi vakillari, o'qituvchi va o'quvchi xotin-qizlar faol ishtirok etishmoqda.

Nozi go'zal nozlansalar oyday to'lib,
Tovon o'pgan kokillarin qirqta o'rib.
Kimlar oshiq bo'lmas ahir bitta ko'rib,
Madinalar atlas ko'ylak kiyib yursa.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Forwarded from Hilola Umarova
So‘nggi yillarda mamlakatimizda maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish maqsadida davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkorlar bilan keng hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Prezidentimiz tashabbuslari bilan tadbirkorlarga nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil qilish maqsadida imtiyozli shartlarda kreditlar ajratilishi yo‘lga qo‘yildi.

Natijada 2018–2023-yillar davomida davlat-xususiy sheriklik asosida 1657 ta nodavlat bog‘chalar tashkil qilinishi orqali 144 mingdan ortiq bolalar o‘rni yaratildi.

Davlat va xususiy sheriklik asosida bog‘chalar tashkil etgan tadbirkorlar tomonidan so‘nggi kunlarda mazkur imtiyozli kredit davrini uzaytirish bo‘yicha juda ko‘plab murojaatlar kelib tushdi. Ushbu tadbirkorlarning muammolarini hal qilish va ularni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida bugun Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori (PQ–316-son, 27.09.2023-y.) o‘z vaqtida qabul qilingani ayni muddao bo‘ldi.

Ushbu Qaror bilan 2018–2022-yillarda davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etgan tadbirkorlarning ajratilgan imtiyozli kreditlar bo‘yicha imtiyozli davr muddati 2024-yilning 1-oktabriga qadar uzaytirildi.
Imtiyozli kreditlarning tabaqalashgan foiz stavkalari va muddatlari tadbirkorlar uchun qulay shartlar asosida qayta belgilandi. Bunda kredit muddatlari uzaytirilib, foiz stavkalari kamaytirildi.

Shuningdek, mazkur qaror bilan davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish uchun tijorat banklarining mablag‘lari hisobidan kreditlar ajratilganda, ular bo‘yicha foiz stavkasining tabaqalashtirilgan foiz stavkalaridan oshadigan (asosiy stavkaning 1,75 baravarigacha) qismi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kompensatsiya qilinishi belgilandi.

Mazkur Qarorning imzolanishi Davlatimiz rahbari tomonidan ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini yanada qo‘llab-quvvatlash, bolajonlarimizni maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirishga qaratilgan yana bir muhim qadam bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz.

Shu o‘rinda ta’lim sohasi rivojiga hissa qo‘shayotgan barcha tadbirkorlarimizga faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilab qolaman.