Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
42.4K subscribers
29.4K photos
2.79K videos
92 files
9.45K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Sherobod_tumani

Bir ayol bilimli bo'lsa, kelajak avlod bilimli bo'ladi

Xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirish, o'quvchilarni kasb-hunarga, ilm olishga jalb qilish maqsadida Sherobod tumanidagi ta'lim muassasalarida "Bir ayol bilimli bo'lsa, kelajak avlod bilimli bo'ladi" shiori ostida tadbir tashkil etildi.

Unda o'quvchi qizlar bilan suhbat olib borilib, qiziqishlari, kelgusidagi orzu va istaklari bilan o'rtoqlashildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Yodimdasiz

Har bir insonning hayotida shunday ustozi bo‘ladiki, maktabni tugatgandan keyin necha yil o‘tgan bo‘lmasin, doimo iliqlik va minnatdorchilik bilan eslaydi. Bu insonlar hayotimizda yillar davomida o‘chmas va yorqin iz qoldiradi.

1-Oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Yodimdasiz ustoz!» chellenjini eʼlon qiladi.

Chellenj doirasida hayotingizda so‘nmas iz qoldirgan ustozingiz bilan bog‘liq xotirani yodga olib, agar bo‘lsa ularning suratlari bilan joylashingiz lozim.

Eng yorqin postlar vazirlikning rasmiy sahifalarida eʼlon qilinadi.

Barchangizni chellenjda faol bo‘lishga chorlab qolamiz!

Bayram arafasida ustozlaringizni yodga oling va ularning ko‘ngillarini xushnud qiling!
#Termiz_tumani

Baxtli oila formulasi

Maktabdagi o'quvchi qizlarni hayotga tayyorlab borish, ularda ezgu fazilatlarni shakllantirish maqsadida Termiz tumanidagi ta'lim muassasalarida baxtli oila formulasi yuzasidan davra suhbatlari tashkil etildi.

Suhbat davomida o'quvchi qizlar o'zlarining baxtli oila haqidagi tasavvurlarini so'zlab berishdi. Ularga tajribali ayollar tomonidan turli maslahat va ko'rsatmalar berib o'tildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Raqamli_avlod
#5_fakt

Yoshlarning axborot texnologiyalariga qiziqishi borasidagi ishlar "Raqamli avlod qizlari" loyihasi misolida

⚡️
Yoshlarning axborot texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularni zamonaviy kasblarga o‘qitish maqsadida "Raqamli avlod qizlari" loyihasi amalga oshirib kelinmoqda.

1️⃣ Mazkur loyiha 2021-yildan buyon muntazam tashkil etib kelinmoqda va hozirga qadar 5 marta o‘tkazilgan.

2️⃣ 2022-yilda "Raqamli avlod qizlari" loyihasida ishtirok etish uchun 1500 nafar qizlar ro‘yxatdan o‘tgan va 60 nafar qizlar offlayn darslarda ishtirok etgan bo'lsa, bu yil Termiz, Nukus va Namanganda bo'lib o'tgan loyiha mashg‘ulotlarida 300 nafar qizlar qatnashishdi.

3️⃣ Joriy yilda Termiz shahrida bo‘lib o‘tgan "Raqamli avlod qizlari" IT oromgohida 20 nafar afg‘onistonlik qizlar ham ishtirok etishdi.

4️⃣ "Raqamli avlod qizlari" IT oromgohi brending (fashion), biznes analitika, SMM&PR, dasturlash, grafik dizayn, robototexnika va start-up kabi yo‘nalishlarda tashkil etib kelinmoqda.

5️⃣ Mazkur loyiha doirasida umumta'lim maktablari o‘quvchilari, Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari hamda zaif eshituvchi bolalar maktablari tarbiyalanuvchilari qamrab olingan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Kun_hikmati

Ko‘rinishing chiroyli bo‘lsa, ko‘zlar seni unutmaydi,
Xulqing chiroyli bo‘lsa, qalblar seni unutmaydi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Qumqoʻrgʻon_tumani

Musiqa maktabiga sayohat

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qumqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabining musiqa va san'atga qiziquvchi o'quvchilari uchun tumandagi 11-sonli bolalar musiqa va san'at maktabiga sayohat uyushtirildi.

Manzilda yigit-qizlar musiqa maktabidagi sinflarda dars jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi. Sohaga oid o'zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javob olishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#ustozlar_ardoqda

"Muallim-qalb me'mori" shiori ostida tadbir bo'lib o'tdi

1-oktabr "O'qituvchi va murabbiylar" kuni munosabati bilan Maktabgacha ta'lim fakulteti tomonidan Termiz shahar 16-sonli Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida "Muallim-qalb me'mori" mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda bolajonlar tomonidan tayyorlangan bayram dasturi namoyish etildi va yig'ilganlarga xushkayfiyat bag'ishladi.

Batafsil ma'lumot uchun.

✍️  TerDPI axborot xizmati

|Telegram |Facebook |Veb sayt  |Youtube |Instagram|