Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
57.6K subscribers
27.6K photos
2.59K videos
91 files
8.89K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Termiz_tumani
#Otalar_yigʻilishi

Bugun Termiz tumanidagi 15-umumta'lim maktabida viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi vakillari, maktab rahbariyati boshchiligida navbatdagi "Otalar yig‘ilishi" o‘tkazildi.

Unda maktab o‘quvchilarining otalari ishtirok etishdi. Yig‘ilishda farzand tarbiyasida otaning rolini oshirish masalasiga e'tibor qaratildi.

Shuningdek, ishtirokchilarning taklif va mulohazalari ham tinglanib, ularga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Diqqat_tanlov!

📣📣 Aziz o’quvchilar!

1-oktabr - O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ustozingizni noodatiy yo'l bilan xursand qilmoqchimisiz?

Unda biz sizga shunday imkon beramiz!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi bugungi kunda yuqori sinf o’quvchilarining ijtimoiy tarmoqdagi faolliklari, ular tomonidan ishlanayotgan roliklarning trendga chiqayotganini inobatga olib, ushbu mahorat evaziga rag'batga ega bo'lishga chorlab qoladi.

❗️O'qituvchingiz haqida rolik suratga oling va ustozingiz uchun sovg'a yutib oling!

⚠️Xo’sh, buning shartlari qanday?

Rolik davomiyligi 2 daqiqadan oshmasligi kerak;

Ushbu postni o‘z sahifangizda bo‘lishishingiz lozim (bo‘lishganda sahifangiz ochiq bo‘lsin);

Ijodiy ishingizni #Ustozimga xeshtegi bilan o‘z sahifangizda ham, vazirlikning Facebook sahifasida ushbu tanlov e'lon qilingan post ostida ham bo‘lishing.

✔️ Jamoatchilik tomonidan eng ko'p layk yiqqan ijodiy ish tanlov g’olibi deb topiladi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan taqdirlanadi.

🥇1-o'rin - monoblok
🥈2-o'rin - kompyuter
🥉3-o'rin - noutbuk

Roliklarni tayyorlashda ijodiy yondashuv olqishlanadi.

❗️Tanlovda qatnashish huquqiga faqat barcha shartlarni bajargan ishtirokchilar ega bo’ladi.

⚡️Tanlov g'oliblari 28-sentabr kuni soat
1️⃣5️⃣:0️⃣0️⃣ da e'lon qilinadi.

Vaqt ketdi!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ochiq_eshiklar_kuni

Denov tuman 1-son ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari, "Vatan tayanchi" otryadi a‘zolari hamda maktabning YoVRTB direktor o'rinbosari va maktab psixologi harbiy qismda "Vatan muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir" shiori ostida tashkil etilgan "Ochiq eshiklar kuni"ga amaliy tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida oʻquvchilar harbiy qismda harbiy xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, harbiy qism kutubxonasi, qurol-yarogʻlar va harbiy texnikalar hamda harbiy xizmatchilar yotoqxonalari va yosh harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar bilan tanishdilar.
🏆 Bundan tashqari o'quvchilar harbiy xizmatchilar bilan tashkil etilgan harbiy biatlon musobaqasi va "Zakovat" o'yinlarida ishtirok etishib faxrli o'rinlarni qo'lga kiritishdi.
Oʻquvchilar harbiy qismda harbiy fahriylar bilan ham ushrashuv o'tkazishdi va katta taʼsurotga ega boʻlishdi. O'quvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga ofitserlar tomonidan javoblar olishdi.

Telegram / Facebook / Instagram
"Inklyuziv ta'lim" loyihasi doirasidagi o‘quv-seminarlari yakunlandi

Termiz shahridagi afg‘on bolalar ta'lim oladigan maktablarning pedagoglari va psixologlari, shuningdek, maktab rahbarlari uchun tashkil etilgan 1 haftalik seminar bugun yakunlandi.

Seminarda ishtirokchilar yangidan-yangi bilimlarni o‘zlashtirishdi, tajriba almashishdi.

Pedagoglar yakunda xorijlik eksportlarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishib, kelgusidagi istiqbolli rejalar yuzasidan kelishib olishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube