Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
63.1K subscribers
27.8K photos
2.62K videos
91 files
8.98K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Boshqarma boshlig'i maktab jamoasi bilan birgalikda yangi o'quv yilini qarshi oldi

Boysun tumanidagi 1-sonli umumta'lim maktabi viloyatda ilk tashkil etilgan ta'lim dargohi bo'lib, 1176 nafar o'quvchiga mo'ljallangan. O'tgan o'quv yilida maktabni 49 nafar bitiruvchilar tamomlagan bo'lib, joriy o'quv yilida 118 nafar 1-sinf o'quvchilari ushbu maskanga qabul qilinmoqda. Yangi o'quv yilida maktab o'quvchilarining soni 1132 nafarni tashkil etdi.

Bugun ushbu maktabda yangi o'quv yili boshlanishi munosabati bilan "Yangi hayot uchun, yangi O'zbekiston uchun" shiori ostida tashkil etilgan tadbirda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i X.Mamadiyev ishtirok etib, barchani yangi o'quv yili bilan qutladi. Tadbir davomida turli badiiy chiqishlar namoyish etildi.

Maʼlumot uchun, joriy oʼquv yilida viloyatimizdagi maktablarga
62 ming 956 nafar oʼgʼil-qizlar 1-sinfga qabul qilinmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Sherobod_tumani

Yangi o'quv yilida Sherobod maktablariga 4 ming 322 nafar
1-sinflar o'qishga bordi

Viloyatning barcha hududlarida bo'lgani kabi bugun Sherobod tumanidagi maktablarda ham yangi o'quv yili o'zgacha kayfiyatda munosib qarshi olindi.

"Yangi hayot uchun, yangi O'zbekiston uchun!" shiori ostida tashkil etilgan tadbirlarda sektor rahbarlari, tuman hokimi o'rinbosarlari ishtirok etib, yangi o'quv yilida ta'lim jonkuyarlariga yangidan-yangi muvaffaqiyatlar tilashdi. Maktab yoshiga yetib, 1-sinfga qadam qo'ygan bolajonlarga 12 nomdagi o'quv qurollaridan iborat "Prezident sovg'alari" topshirildi.

Ma'lumot uchun, Sherobod tumanidagi 75 ta umumta'lim maktablarida o'quvchilarning soni joriy o'quv yilida
37 ming 640 nafarni tashkil etdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
📢 Maktab o’quvchilari uchun e’lon

👨‍👨‍👦‍👦“Besh tashabbus olimpiadasi” shu vaqtga qadar faqat mahalla yoshlari o’rtasida o’tkazilar edi…

📅Joriy yil #ikkinchi mavsumidan boshlab, #maktab_oʻquvchilari oʻrtasida ham olimpiada o’tkazilishini e’lon qilamiz.

👫Endi maktab oʻquvchilari 9 ta loyihada, #jumladan 7 sport turlari va 2 ta tanlovlarda ishtirok etishi mumkin.

📰Loyihalar bilan ushbu taqdimotda batafsil tanishishingiz mumkin.

❗️Ha aytgancha olimpiada doirasidagi loyihalarda ishtirok etish uchun #5tashabbus_uz saytidan elektron ro’yxatdan o’tishni esingizdan chiqarmang, aks holda loyihalarda to’g’ridan-to’g’ri borib ishtirok etolmaysiz.

🤝Olimpiadada ko’rishguncha Aziz o’quvchi-yoshlar.

@beshtashabbus_uz

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Surxondaryo_MTRK

Termiz shahridagi 9-umumta'lim maktabida yangi o'quv yili munosib qarshi olindi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Surxondaryo maktablariga 62 mingdan ortiq 1-sinf o'quvchilari qabul qilinmoqda

Boysun tumanining “Pulhokim” mahallasida 620 oʼrinli, 3,2 mlrd soʼmga rekonstruksiya qilingan 28-sonli maktabning yangilangan binosi bugun viloyat hokimi U.Qosimov hamda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i X.Mamadiyev ishtirokida tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

"Birinchi qo'ng'iroq" tadbiridan so'ng maktabning 1-sinfiga qabul qilingan 56 nafar oʼgʼil-qizlarga 12 nomdagi o'quv qurollaridan iborat “Prezident sovgʼalari", shuningdek, maktab jamoasiga kutubxona uchun kitoblar jamlanmalari ham topshirildi.

Maʼlumot uchun, oʼtgan oʼquv yilida viloyatdagi maktablarning
1-sinfiga 60 ming 938 nafar oʼquvchilar qabul qilingan va 32 ming 865 nafar yigit-qizlar 11-sinfni tugatgan.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Talabchanlik, tartib-intizom, mas’uliyatni kuchaytirish – islohotlar muvaffaqiyatini ta’minlashning asosiy omili

Viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasida bugun boshqarma xodimlari uchun boshqarma boshlig'ining birinchi o'rinbosari B.Tashpulatov rahbarligida yig'ilish o'tkazildi.

Yig'ilishda asosan, tizimda uchrayotgan xato va kamchiliklar tanqid qilinib, samaradorlikni yanada oshirish yuzasidan fikr bildirildi. Xodimlarga ichki tartib-intizomga qat'iy rioya qilgan holda, har bir ishga mas'uliyat bilan yondashish lozimligi tushuntirildi.

Shuningdek, 1-sinflar uchun keltirilgan "Prezident sovg'alari"ni o'z manzillariga to'liq yetkazilish holatini nazorat qilish va boshqa masalalar yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriq va ko'rsatmalar berildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube