Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
64.6K subscribers
27.7K photos
2.6K videos
91 files
8.92K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Maktablarni jinoyatchilik va huquqbuzarliklardan xoli hududga aylantirish - muhim vazifamiz

Bugun Muzrabot tumanida viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari M.Normurodov rahbarligida o'tkazilgan yig'ilishda tumandagi barcha maktablarning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari hamda boshqa mas'ullar qatnashishdi.

Yig'ilishda asosan, ma'naviy-ma'rifiy sohada olib borilayotgan izchil islohotlar yuzasidan so'z yuritildi. O'quvchilar o'rtasida jinoyatchilik va huqubuzarliklarning oldini olish bo'yicha huquq-tartibot, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, ma'naviy-ma'rifiy sohadagi boshqa dolzarb masalalar ham keng muhokama qilindi va kelgusidagi istiqbolli rejalar belgilandi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ochiq muloqot: Surxondaryodagi 948 ta maktabda ichki imkoniyatdan kelib chiqib o'quvchilarga ikkinchi xorijiy til va kasb-hunar o'rgatish bosqichma-bosqich keng yo'lga qo'yilmoqda

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Jamiyat hayotining joni va ruhi — maʼnaviyat

Sherobod tumanidagi barcha maktablarning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari uchun viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari M.Normurodov rahbarligida tashkil etilgan yig'ilishda asosan ma'naviy-ma'rifiy sohada amalga oshirilgan ishlar, xato va kamchiliklar, kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

Maktablarda sog'lom ma'naviy muhitni shakllantirish, o'quvchilarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, o'g'il-qizlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish orqali turli yot g'oyalardan asrash borasida tizimli ishlar bo'yicha fikr bildirildi.

"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi turli ko'rik-tanlov hamda musobaqalarni maktablarda yuqori saviyada tashkil etish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Сурхондарё вилоятининг шаҳар ва туманларида Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг ўттиз икки йиллиги байрам тантаналари ўтказиладиган манзиллар билан танишинг:

📍Термиз тумани – 25 август "Марварид" дам олиш маскани;

📍Бойсун тумани – 25 август Туман марказий ўйингоҳи ва "Ёшлар" истироҳат боғи;

📍Ангор тумани – 26 август Туман марказий ўйингоҳи;

📍Қумқўрғон тумани – 26 август "Ёшлар" истироҳат боғи, "Алпомиш" ўйингоҳи;

📍Сариосиё тумани – 26 август “Шахтиёрлар” спорт майдони;

📍Шўрчи тумани – 27 август “Марказий спорт майдони "Чароғон" истироҳат боғи;

📍Шеробод тумани – 27 август “Чўйинчи” маҳалласидаги янги спорт мажмуаси;

📍Денов тумани – 27 август “Шароф Рашидов” кўчаси марказий чорраҳаси;

📍Қизириқ тумани – 28 август Марказий ўйингоҳи;

📍Олтинсой тумани – 28 август "Янги Ўзбекистон" маданият ва истироҳат боғи;

📍Музработ тумани – 28 август
Спорт мактаби майдони ва "Шодлик" истироҳат боғи;

📍Жарқўрғон тумани – 28 август Марказий "Пахтакор" ўйингоҳи ва истироҳат боғи;

📍Узун тумани – 29 август "Турон" марказий ўйингоҳи;

📍Бандихон тумани – 29 август Туман марказий ўйингоҳи;

📍Вилоятнинг асосий байрам тадбири - 30 август
Термиз шаҳридаги Санъат саройи "Алпомиш" амфитеатри
(Термиз шаҳри билан бирга)

❗️Байрам муносабати билан ўтказиладиган концерт дастурлари 19:00 дан бошланади.

Байрам тадбирларига марҳамат азиз воҳадошлар!

Сурхондарё вилояти ҳокимлиги Матбуот хизмати

Каналга уланиш:
t.iss.one/axborot_xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
#Bandixon_tumani

Fotoreportaj:
Bandixon tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mas'ullari tomonidan yakka tartibda ta'lim oladigan bolalarga 12 turdagi o'quv qurollaridan iborat sovg'alar yetkazib berildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Qumqoʻrgʻon_tumani

Maktablarga musiqa asboblari va sport anjomlari topshirildi

Muxtaram prezidentimizning "Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta'minlash, qolaversa o‘quvchi yoshlarni sportga keng jalb qilish maqsadida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan berilgan 7 turdagi musiqa asboblari hamda 5 turdagi sport anjomlari bugun Qumqo‘rg‘on tumanidagi 2-sonli umumta'lim maktabida Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi mas'ullari tomonidan tumandagi barcha maktablarning vakillariga tantanali ravishda topshirildi.

Endilikda ushbu musiqa asboblari va sport anjomlari o‘g‘il-qizlarni musiqa va sportga oshno etishda uzoq yillar mobaynida samarali xizmat qiladi degan umiddamiz.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan vazifalar belgilandi

Viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari M.Normurodov rahbarligidagi navbatdagi yig‘ilishlar viloyatning Bandixon hamda Qiziriq tumanlarida o‘tkazildi.

Unda tumanlardagi barcha maktablarning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari qatnashishdi. Yig‘ilishda dastlab ma'naviy-ma'rifiy sohada uchrayotgan xato va kamchiliklar e'tirof etilib, ularni bartaraf etish yuzasidan so‘z yuritildi.

Shuningdek, yangi o‘quv yilida amalga oshiriladigan istiqbolli rejalar bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube