Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.8K subscribers
31.8K photos
3.12K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha joylarda targ‘ibot ishlari olib borilmoqda

Bugun viloyatning Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on hamda Oltinsoy tumanlarida viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mas'ul xodimi hamda tuman mas'ullari hamkorligida "Ta'lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish" mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda hududdagi umumta'lim maktablari hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari hamda boshqalar ishtirok etishdi.

Unda korrupsion holatlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshiriladigan vazifalar belgilandi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Sherobod_tumani

Viloyat rahbarining topshirig‘iga asosan bugun Sherobod tumanidagi yakka tartibda ta'lim oladigan ijtimoiy himoyaga muhtoj 50 nafar o‘g‘il-qizlarga tuman sektor rahbarlari hamda maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi mas'ullari tomonidan 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat sovg‘alar yetkazib berildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍4👏1
Forwarded from Boysun Tumani Hokimligi (ЮНУС ХОЛИЁРОВ ШАВКАТОВИЧ)
👨‍💼 Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi

Tuman hokimi tomonidan 2023-yil 17-avgust kuni tasdiqlangan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari hamda ishsiz fuqarolar uchun mehnat yarmakasi o‘tkazish to‘g‘risidagi chora-tadbirlar rejasiga asosan Boysun tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan tumandagi 2-son umumta'lim maktabida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi.

Ushbu mehnat yarmarkasida tumandagi 66 ta korxona, tashkilot hamda muassasalar o‘zlaridagi mavjud 260 ta bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.

O‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasida jami 101 nafar bitiruvchilar va ishsiz fuqarolar ishtirok etdi.

Yarmarkada ishtirok etganlardan 65 nafariga iqtisodiyotning turli sohalaridagi bo‘sh va yangi ish o‘rinlariga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi.

Bundan tashqari 30 nafar fuqarolar kasb-hunarga qayta o‘qitishga yuborildi. Shuningdek, 30 nafar fuqarolarga mehnatga oid qonunchilik va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha huquqiy maslaxatlar berildi.

👉 Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/boysunaxborotxizmati

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5