Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
41.4K subscribers
30.2K photos
2.89K videos
96 files
9.73K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Surxondaryo maktablari yangi o‘quv yiliga hozirlanmoqda

Viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan tuzilgan ishchi guruhi a'zolari ayni kunlarda viloyatning barcha hududlarida bo‘lib, maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rganishmoqda.

Ma'lumot o‘rnida, bugungi kun holatiga ko‘ra viloyatdagi 935 ta umumta'lim maktablarining 96 tasida qurilish-ta'mirlash ishlari yakunlanmoqda. Qolgan maktablar esa yangi o‘quv yiliga shay.

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i X.Mamadiyev bugun Denov tumanidagi 72- hamda 100-sonli maktablarda olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlari, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi.

Boshqarma boshlig‘i yangi o‘quv yilini ko‘tarinki kayfiyatda boshlash uchun yuqori saviyada tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha o‘zining taklif va tavsiyalarini berib o‘tdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Murojaatlar bilan ishlash tizimi tahlil qilindi

Viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i X.Mamadiyev rahbarligida boshqarma xodimlari uchun o'tkazilgan navbatdagi yig'ilishda ijro intizomi, murojaatlar bilan ishlash tizimidagi xato va kamchiliklar qattiq tanqid qilindi.

Boshqarma xodimlariga har bir murojaat ortida inson hayoti mujassam ekanligi, uni xolis va aniq o'rganib, murojaat egasiga o'z vaqtida va ishonchli javob qaytarish lozimligi ta'kidlandi.

Bu borada xatoga yo'lgan mas'ullar tegishli tartibda ogohlantirildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Hududlar_bo‘ylab_o‘quv_seminar
(Surxondaryo viloyati) 2-bosqich


📣 Umumta’lim maktablari kutubxonachilarining malakasini, kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha o‘quv-seminar

Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan joriy yilning 14-19-avgust kunlari tizimdagi  umumta’lim maktablari kutubxonachilari uchun ikki bosqichli o‘quv-seminarlar kaskad usulida o‘tkazib kelinmoqda.

15- avgust kuni Surxondaryo viloyati bolalar kutubxonasi tomonidan Qumqo'rg'on tumanidagi maktab kutubxonachilari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.


📂 Ushbu o‘quv-seminarga tashrif buyurgan maktab kutubxonachilariga kataloglar turlari, kitoblarga ishlov berish tartibi, bibtexnikalar to‘plami, kitob fondidan chiqarilayotgan kitoblar, jamlama hisobga olish kitobi, kitobxon formulyari namunasi, kitobning indeksi, jurnal va gazetalarni hisobga olish tartibi haqida so'z yuritildi.


#Surxondaryo viloyat  Bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

📱Telegram🎞You tube📱Facebook📹Instagram 🌐Web site
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖐Ta’lim muassasalaridagi o’quvchi-talabalar o'rtasida “Besh tashabbus” olimpiadasining 2-mavsumiga start berilmoqda!

Joriy yilning, sentabr-noyabr oylarida maktab o’quvchilari o’rtasida:

shashka
yengil atletika
stol tennisi
mini-futbol
voleybol
quvnoq startlar musobaqasi
zakovat intellektual o’yini
quvnoqlar va zukkolar ko’rik-tanlovi;

Professional ta’lim va akademik litsey o’quvchilari o’rtasida:

voleybol
shaxmat-shashka
quvnoqlar va zukkolar ko’rik-tanlovi
zakovat intellektual o’yini;

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida:

stol tennisi
voleybol
mini-futbol
bilimli yoshlar uchun intellektual olimpiada tanlovlari o’tkaziladi.

Arizalar 5tashabbus.uz sayti orqali qabul qilinmoqda.

#beshtashabbus #fiveinitiatives

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Ikkinchi ustozlar forumi: ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining o'qituvchilari bir manzilda jam bo'lishdi

"Sifatli ta'lim - kuchli jamiyat" shiori ostida Termiz shahridagi Prezident maktabida tashkil etilgan ikkinchi ustozlar forumida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab va maktab-internatlari o'qituvchilari qatnashishdi.

Forum avvalida viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari o'qituvchilarga boshlanajak yangi o'quv yili avvalidan omad va zafarlar tilab, sohada faollik ko'rsatib kelayotgan bir guruh pedagoglarni taqdirladi.

Shundan so'ng o'qituvchilar uchun yangi baholash tizimining yutuqlari va yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish mavzusidagi treninglar tajribali trenerlar tomonidan qizg'in tarzda olib borildi. Bu orqali pedagoglar o'zaro tajriba almashish barobarida o'quvchilarning amaliy ko'nikmalarini rivojlantirish borasida yangi bilimlarga ham ega bo'lishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube