Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
52.4K subscribers
27.6K photos
2.59K videos
91 files
8.89K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Sariosiyo_tumani

Fotoreportaj: Sariosiyoda maktablar yangi o‘quv yiliga hozirlanmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Xorijiy_hamkorlik
#Turkiya

Vazirlik delegatsiyasi Ta'lim instituti vasiylik yig'ilishida ishtirok etmoqda

Ayni paytda Turkiyaning Istanbul shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) huzuridagi Ta’lim instituti Vasiylik kengashining IV yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

❗️Unda O‘zbekiston Respublikasi vakili sifatida Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi delegatsiyasi ilk bora ishtirok etmoqda.

📍Tadbirning birinchi kuni, 4-avgustda Vasiylik kengashi ekspertlari yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda tashkilotga a’zo davlatlar delegatsiyalari kun tartibidagi masalalarni ko‘rib chiqib, fikr-mulohazalar almashishdi.

Ekspertlar yig‘ilishidan so‘ng, delegatsiya rahbarlari o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuvlar tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev Turkiya Milliy ta’lim vaziri, professor Yusuf Tekin bilan uchrashdi.

✔️ Uchrashuv davomida tomonlar ikki davlat rahbariyati o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar hamda har tomonlama strategik sheriklik kundan-kunga mustahkamlanayotganligi va ta’lim sohasidagi hamkorlik eng muhim yo‘nalishlardan biri ekanligini alohida e’tirof etishdi.

⚡️Unda, xususan pedagoglar malakasini oshirish hamda ikki davlat yoshlari o‘rtasida almashinuv dasturlarini tashkil etish, maktab
o’quvchilari o'rtasida fan olimpiadalarini va qardosh maktablar dasturini kengaytirish yo'nalishlari muhokama qilindi.

🔴 Hozirda anjumanning asosiy qismi - Vasiylik kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Бугун туғилган кун — Улуғбек Қосимов

Сурхондарё вилояти ҳокими
Улуғбек Қосимов 1983 йилда туғилган, маълумоти олий, ҳуқуқшунос. 2005 йилда Самарқанд давлат университетини тамомлаган.

Меҳнат фаолиятининг дастлабки йилларида Сурхондарё вилояти прокуратураси органларида турли лавозимларда ишлаган. Кейинчалик Бош прокуратура бошқарма прокурори, Қумқўрғон тумани прокурори, Музработ ва Денов туманлари ҳокими, Сурхондарё ва Фарғона вилоятлари, шунингдек, Тошкент шаҳар прокурори бўлган.

У. Қосимов 2022 йил декабрь ойидан буён Сурхондарё вилояти ҳокими вазифасини бажарувчи, 2023 йилнинг март ойидан Сурхондарё вилояти ҳокими лавозимида ишлаб келмоқда.

🌐 https://t.iss.one/AOKA_Surxondaryo

📲 Telegram | Facebook | Web-site
#Qumqoʻrgʻon_tumani

Fotoreportaj: Qumqo‘rg‘onda maktablar yangi o‘quv yiliga tayyorlanmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Forwarded from Denov tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi (Mansurbek в сети)
YANGI OʻQUV YILIGA TAYYORGARLIK JARAYONLARI DAVOM ETMOQDA....

▫️ Tumanda tashkil etilgan 4-ishchi guruh aʼzolari 2-sektor hududida joylashgan 8-maktabning yangi 2023-2024-oʻquv yiliga tayyorgarlik jarayonlarini oʻrgandi.

▫️ Oʻrganish jarayonida ishchi guruh aʼzolari tomonidan mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan oʻz taklif va koʻrsatmalarini berdi.

🕰 Sana: 05.08.2023 yil

✍️ Denov tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi matbuot xizmati

🌐 Kanalga ulanish: https://t.iss.one/denov_mmtb

I
Facebook I Telegram
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Uzun tuman tibbiyot birlashmasida tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun o‘qituvchilardan pul talab qilinayotganligi yuzasidan yo‘llangan murojaat bo‘yicha quyidagilarni ma'lum qilamiz:

Ushbu murojaat Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda Uzun tumani hokimligi mas'ullari tomonidan o‘rganildi.

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i asosida yurtimizda joriy yilning 1-iyulidan 1-avgustiga qadar "O‘qituvchilar salomatligi oyligi" deya e'lon qilingan edi.

Ma'lum bo‘lishicha, joriy yilning 19-iyul kuni tumandagi 4-maktabning o‘qituvchisi G‘.Q. mazkur oylik doirasida bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tish maqsadida Uzun tuman tibbiyot birlashmasiga keladi va rentgendan o‘tish jarayonida rentgen shifokorining "Har bir hujjat uchun 5 ming so‘mdan pul ketadi", - degan so‘zlari yuzasidan o‘qituvchi va shifokor o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik vujudga kelgan.

Mazkur holat tibbiyot birlashmasida faoliyat yuritadigan shifokorlar hamda murojaatchi ishtirokida muhokama qilinib, ularga kelgusida bu kabi voqealar takrorlanmasligi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Uzun_tumani

Fotoreportaj: Viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mas'ullari tomonidan maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube